Content-Length: 63811 | pFad | http://uz.wikipedia.org/wiki/Narziqulov_Hoshim

Hoshim Narziqulov - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Hoshim Narziqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Narziqulov Hoshimdan yoʻnaltirildi)

Hoshim Narziqulov (1900 - Samarqand — 1963.9.1) — aktyor, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1939). Nasim Hoshimov otasi. Ijodiy faoliyatini 1918-yilda Abdulla Badriy rahbarligidagi "Samarqand" musulmon truppasida boshlagan. 1927—1930 yillar "Koʻk koʻylak" teatrida, 1930-yildan Hamid Olimjon nomidagi Samarqand davlat oʻzbek drama teatrida aktyor, truppa boshligʻi, rejissyor 1944—1948 yillar Samarqand viloyat madaniyat boshkarmasining boshligʻi, 1948—1957 yillar Madaniyat ishlari vazirligida teatr boʻyicha masʼul xodim boʻlib ishlagan. Mirkomilboy (A.Badriy, "Shoʻring qursin, Mirkomilboy!"), Muslim (F. Zafariy, "Halima"), Ibrohim (Komil Yashin, M. Muhamedov, "Ichkarida"), Xusrav (Xurshid, "Farhod va Shirin"), Xon Boboxon, Qorabotir (S. Abdulla, "Toxir va Zuxra"), Sultonbek (U. Hojibekov, "Arshin mol olon") singari obrazlari bilan oʻzbek teatri sanʼatiga munosib hissa koʻshdi. "Arshin mol olon", "Farhod va Shirin", "Poʻrtana" (S. Abdulla), "Gʻunchalar" (Z. Fatxullin) kabi spektakllarni saxnalashtirgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil












ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: http://uz.wikipedia.org/wiki/Narziqulov_Hoshim

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy