Content-Length: 92622 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Aranjirovka

Aranjirovka - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Aranjirovka

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aranjirovka (fransuzcha: „arranger“ — tartibga solish, tuzatish) — 1) musiqa asarini aslida nazarda tutilmagan oʻzga cholgʻu asbobi (yoki asboblar), xonanda (yoki xonandalar) ovoziga moslash; masalan, operani fortepiano joʻrligida ijro etish, orkestr uchun moʻljallangan asar (simfoniya)ni bir yoki bir necha fortepiano uchun aranjirovka qilish va hokazo. Muallif moʻljallagan musiqa asbobining oʻzida asar ijrosini osonlashtirishi ham aranjirovka deyiladi;

2) jaz yoki estradada bevosita ijro jarayonida kiritiladigan va ijroning uslubi bilan bogliq turli (garmonik, fakturali) oʻzgarishlar;

3) oʻzbek xalq ijrochiligida keng oʻrin olgan ashula yoʻllarini cholgʻu kuylar sifatida ijro etish (masalan, „Surnay yoʻllari“) va cholgʻu kuylarini ashulalashtirish („Munojot“, „Choʻli iroq“, „Nasrulloyi“ ashula yoʻllari kabi) jarayoni aranjirovkaga yaqin[1][2][3].

  1. "Aranjirovka" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  3. I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 











ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Aranjirovka

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy