Content-Length: 76405 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Bayramxon

Bayramxon - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Bayramxon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bayramxon (asl ismi Muhammad Bayramxon ibn Sayf Alibek) (? – 1561.1.2) – boburiylar davri siyosiy arboblaridan, shoir. Akbarjon otaligʻi (qarang Otaliq). Turkmanlarning qora qoʻyunli urugʻidan. Yoshligida Badaxshonda boburiylar xizmatiga kiradi. 1534-yil muhrdorlik mansabiga tayinlanadi. 1540-yil Shershoh isyoni sababli Humoyun bilan Eronga ketadi va 1545-yil Humoyunning inilari Mirzo Askariy va Komronlardan Qandahor hamda Kobulni qaytarib olish uchun qilingan urushda qatnashadi. Bayramxon shundan soʻng 10 yilcha Qandahorda yashaydi va badiiy ijod bilan shugʻullanadi. 1555-yil „Xoni honon“ (bosh xon) unvoniga sazovor boʻladi. Bayramxon hajga ketayotib Gujarotning Patton degan joyiga yetganda lohani urugʻidan boʻlmish Muborakxon tomonidan oʻldirilib, dastlab Shayx Husomiddin maqbarasiga dafn etilgan, keyinchalik uning xoki Dehliga, 1563-yilda esa Mashhadga keltirilib, Imom Rizo maqbarasi yoniga qoʻyilgan. Bayramxonning turkiy, forsiy tillardagi sheʼrlaridan iborat devoni bizgacha yetib kelgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil












ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Bayramxon

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy