Madeyra
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Madeyra — Atlantika okeanidagi vulkan orollari guruhi, Afrikaning shim.-gʻarbiy qirgʻoklari yaqinida joylashgan. Portugaliya hududi. Maydoni 797 km². Eng yirik oroli — Madeyra (eng baland joyi 1861 m, Piku-Ruyvu vulkani). Iklimi Oʻrta dengiz atrofiga xos, okean iqlimi. Yiliga oʻrtacha 740 mm yogʻin tushadi. Oʻrta dengiz boʻyi oʻsimliklari (makvis, subtropik savanna, togʻlarda lavr oʻrmonlari) oʻsadi. Aholi tropik dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Uzum, shakarqamish, banan yetishtiriladi, vinochilik rivojlangan. Qishki kurortlar bor. Asosiy shahri va porti — Funshal.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |