Content-Length: 102221 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Pskov

Pskov - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Pskov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

PskovRossiya Federatsiyasi Pskov viloyatidagi shahar. Velikaya daryosi boʻyida. Temir yoʻl va avtomobil yullari tuguni. Aholisi 204,2 ming kishi (1998). P. 12— 13-asrlarda Novgorod respublikasi tarkibida, 14—15 a.larda Pskov respublikasi knyazligining markazi boʻlgan. 13—16-asrlarda P. — yirik savdo-iqtisodiy va madaniy markaz. 1510-yildan markazlashgan Rossiya davlati tarkibida. 1777-yildan P. noibligi markazi. P. 1944-yil 23 avgustdan viloyat markazi. Ikkinchi jahon urushi davrida shaharning 94% turar joy binolari vayron kilingan. P. — mu-him sanoat markazi. Yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik. Elektr jihozlari, ra-diodetallar, telefon apparaturasi va uzoq aloqa apparaturasi, sunʼiy va sintetik tola ishlab chiqarish mashinalari tayyorlanadi. Yengil (tikuvchilik, kunchilik, zigʻir tola) va oziqovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chikariladi.

Pedagogika instituti, 2 teatr, suratlar galereyasi, Xalk, sanʼati muzeyi, tarix-badi-iyot va meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasi bor. Shaharning eng qad. qismi — Krom (Pskov kremli). Mirojskiy (1156-yilgacha), Ivanovskiy (1243-yilgacha), Snetogorskiy (1310) monastirlarining soborlari, Gorkada Vasiliy (1413), Primostyeda Kosma va Damian (1463), Vzvozda Georgiyning (1494) naqshindor prixod cherkovlari, Pogankinlarning tosh palatalari (1645-yilgacha).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil












ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Pskov

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy