Content-Length: 71856 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Radiopelengator

Radiopelengator - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Radiopelengator

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Radiopelengator (radio... va gollandcha peling — yoʻnalish) — uzatuvchi radiostansiya yoʻnalishini aniqlashga (pelenglashga) imkon beradigan radioqabul qurilmasi. R. pelenglanayotgan obyektdan tarqalayotgan radiotoʻlqinlarni qabul qiluvchi antenna — fiderli tizim (AFS) va qabul qiluvchi indikatordan iborat. Indikatorda qabul qilinayotgan radiotoʻlqinlar AFS da hosil qilayotgan oʻzgaruvchan elektr yurituvchi kuchlarning amplitudalarini taqqoslash (amplituda usuli bilan radiopelenglashda) yoki fazalar farqini oʻlchash (fazaviy usul bilan radiopelenglashda) natijasida pelenglanayotgan obyekt yoʻnalishi bilan hisob boshi deb qabul qilingan asosiy tekisliklar orasidagi burchaklar haqida maʼlumot olinadi. Universal (ikki koordinatali) R.da bu yoʻnalishni aniklovchi ikkala burchak, azimutal R.da ulardan bittasi (azimut) oʻlchanadi. Dengiz navigatsiyasida R. yordamida azimutni oʻlchash radiopelenglash deyiladi.

Oʻlchash ishlarining avtomatlashganlik darajasiga qarab, R. noavtomat i k (tovushli) — pelenglash obyektining signallari minimal va maksimal eshitilishiga qarab indikatsiyalaydigan; yarimavtomatik (vizual) — strelkali indikatorli yoki elektronnurli indikatsiyalaydigan; avtomatik — oʻlchanadigan parametrlarni raqamli hisoblaydigan xillarga boʻlinadi. Antenna xillarining oʻziga xosligi va amplituda usuli bilan radiopelenglashga asoslangan yoʻnalishli qabul hodisasini A. S. Popov qayd qilib oʻtgan. R. radioastronomiya, meteorologiya, dengiz, havo va kosmik navigatsiyada keng qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil













ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Radiopelengator

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy