Content-Length: 97735 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Viborg

Viborg - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Viborg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Viborg (fin: Viipuri, shvedcha: Viborg, nemischa: Wiburg) — RF Leningrad viloyatidagi shahar. Fin qoʻltigʻi sohilidagi orol va yarim orollarda joylashgan. Saymen kanali yaqinidagi muhim dengiz porti, temir yoʻl tuguni. Aholisi 81 ming kishi (1999). 1293 yilda Viborgda shvedlar qalʼa kurgan, keyinchalik shu qalʼa atrofida shahar vujudga kelgan. 1721 y. Nishtadt sulh shartnomasiga muvofiq Viborgni Rossiya egallagan. 1918—40 yillarda Finlandiya (Viipuri deb atalgan) tarkibida. 1940 y. yana Rossiyaga qoʻshib olingan. Viborg atrofi dengiz boʻyi iklim kurorta. Viborgda elektr asboblari, baliq ovlash sanoati uskunalari, qurilish materiallari ishlab chiqariladi, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari hamda tibbiy bilim yurti, oʻlkashunoslik muzeyi va b. muzeylar bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil








ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Viborg

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy