Content-Length: 95878 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Monotsitlar

Monotsitlar - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Monotsitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Monotsitlar (grekcha: μονος [mono] — bir va κύτοςhujayra) — donasiz leykotsitlar agranulotsitlarning bir turi. Koʻmikning boshlangʻich oʻzak hujayralaridan hosil boʻladi. Monotsitlar periferik qon tarkibidagi eng katta hujayra, uning hajmi 12—20 mkm. Yadrosi protoplazmaga nisbatan katta, ovalsimon, koʻpincha "taqa" koʻrinishida, rangi (neytrofil leykotsitlar va limfotsitlarnikiga nisbatan) ochroq; protoplazmasi leykotsitlarning zangori, och koʻk rangiga qaraganda och. Protoplazmada bir necha vakuolalar boʻlib, ular hujayra yadrosi atrofida joylashgan. Sogʻlom odam qonida Monotsitlar leykotsitlarning 3—10% ini tashkil qiladi. Monotsitlar fagotsitoz qilish xususiyatiga ega va qondan toʻqimaga oʻtganda makrofaglarta aylanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil











ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Monotsitlar

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy