Content-Length: 134184 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Saarland

Saarland - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Saarland

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saar Olmoniya yerlaridan biridir. Poytaxti - Saarbrücken. Maydoni - 2 568,7 km2. 1 030 324 nafar aholi istiqomat qiladi (2008).

Saar — Olmoniya yeri. Mamlakatning gʻarbiy qismida, Saar va Mozel daryolari havzasida. Fransiya va Lyuksemburg bilan chegaradosh. Maydoni 2570 km². Aholisi 1,06 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Saarbryukken sh. Saar — mamlakatning sanoati rivojlangan yerlaridan. Iqtisodiy faol aholining yarmidan ortigʻi sanoatda band. Yetakchi sanoat tarmogʻi — ogʻir sanoat (xususan, toshkoʻmir, k,. Caap-Lotaringiya kumir havzasi) va metallurgiya. Shuningdek, umumiy mashinasozlik, elektrotexnika, poʻlat va nikel konstruksiyalar i.ch., toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati korxonalari ham mavjud. Qora metallurgiya sanoatining asosiy markazlari: Felklingen, Nyoynkirxen, Saarbryukken sh.lari. Kimyo va neftni qayta ishlash sanoatlari ham rivojlangan. Avtomobil vagonsozlik, oynasozlik, shisha, keramika korxonalari bor. Isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida donli, sabzavot va yem-xashak ekinlari ekiladi. Tokzorlar barpo qilingan. Chorvachilikda kramol, choʻchqa boqiladi.

Oʻtgan asrlarda Saar hududida faflik boʻlgan. 1815-yildan Saar Prussiya (1871-yildan Olmoniya imperiyasi) tarkibida. 1919-yilda Millatlar Ligasi komissiyasi boshqaruvi ostiga oʻtgan. 1935-yildan yana Olmoniyaga qoʻshilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin S. Fransiyaning Olmoniyadagi okkupatsiya zonasi edi. 1956-yildagi Fransiya va Olmoniya oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, 1957-yil 1 yanvardan yana Germaniya tarkibida.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil












ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Saarland

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy