pFad - Phone/Frame/Anonymizer/Declutterfier! Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

URL: https://uz.wiktionary.org/wiki/ot

tpref-\w+$|[^\w-]+/g,'')+'-clientpref-\\w+( |$)'),'$1'+pref+'$2');});}document.documentElement.className=className;}());RLCONF={"wgBreakFrames":false,"wgSeparatorTransformTable":[".\t,",",\t "],"wgDigitTransformTable":["",""], "wgDefaultDateFormat":"dmy","wgMonthNames":["","yanvar","fevral","mart","aprel","may","iyun","iyul","avgust","sentyabr","oktyabr","noyabr","dekabr"],"wgRequestId":"5a665a89-4ff2-4259-941b-fe2336e6f04d","wgCanonicalNamespace":"","wgCanonicalSpecialPageName":false,"wgNamespaceNumber":0,"wgPageName":"ot","wgTitle":"ot","wgCurRevisionId":620953,"wgRevisionId":620953,"wgArticleId":9099,"wgIsArticle":true,"wgIsRedirect":false,"wgAction":"view","wgUserName":null,"wgUserGroups":["*"],"wgCategories":["Oʻzbek tili","Oʻzbek tilining etimologik lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar","Oʻzbekchada turkiy soʻzlar","Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar","Oʻzbekchada ot soʻzlar","Ozarbayjon tili","Ozarbayjonchada ot soʻzlar","Qrim Tatarchasi tili","Qrim-tatarchada ot soʻzlar","Qoraqalpoq tili","Qoraqalpoqchada sifat soʻzlar","Novial tili","Romansh tili","Romanshchada ot soʻzlar","Shved tili","Jinsi yoʻq shvedcha maʼnoga ega boʻlgan moddalar" ,"Shvedchada ot soʻzlar","Turk tili","Turkchada ot soʻzlar","Turkman tili","Turkmanchada ot soʻzlar"],"wgPageViewLanguage":"uz","wgPageContentLanguage":"uz","wgPageContentModel":"wikitext","wgRelevantPageName":"ot","wgRelevantArticleId":9099,"wgUserVariant":"uz","wgIsProbablyEditable":true,"wgRelevantPageIsProbablyEditable":true,"wgRestrictionEdit":[],"wgRestrictionMove":[],"wgNoticeProject":"wiktionary","wgCiteReferencePreviewsActive":true,"wgMediaViewerOnClick":true,"wgMediaViewerEnabledByDefault":true,"wgVisualEditor":{"pageLanguageCode":"uz","pageLanguageDir":"ltr","pageVariantFallbacks":"uz-latn"},"wgMFDisplayWikibaseDescriptions":{"search":true,"watchlist":true,"tagline":false,"nearby":true},"wgWMESchemaEditAttemptStepOversample":false,"wgWMEPageLength":10000,"wgULSCurrentAutonym":"oʻzbekcha / ўзбекча","wgCentralAuthMobileDomain":false,"wgEditSubmitButtonLabelPublish":true,"wgULSPosition":"interlanguage","wgULSisCompactLinksEnabled":false,"wgVector2022LanguageInHeader" :true,"wgULSisLanguageSelectorEmpty":false,"wgCheckUserClientHintsHeadersJsApi":["architecture","bitness","brands","fullVersionList","mobile","model","platform","platformVersion"]};RLSTATE={"ext.globalCssJs.user.styles":"ready","site.styles":"ready","user.styles":"ready","ext.globalCssJs.user":"ready","user":"ready","user.options":"loading","skins.vector.search.codex.styles":"ready","skins.vector.styles":"ready","skins.vector.icons":"ready","ext.wikimediamessages.styles":"ready","ext.visualEditor.desktopArticleTarget.noscript":"ready","ext.uls.interlanguage":"ready","ext.wikimediaBadges":"ready"};RLPAGEMODULES=["site","mediawiki.page.ready","mediawiki.toc","skins.vector.js","ext.centralNotice.geoIP","ext.centralNotice.startUp","ext.urlShortener.toolbar","ext.centralauth.centralautologin","mmv.head","mmv.bootstrap.autostart","ext.visualEditor.desktopArticleTarget.init","ext.visualEditor.targetLoader","ext.echo.centralauth","ext.eventLogging","ext.wikimediaEvents","ext.navigationTiming", "ext.uls.interface","ext.checkUser.clientHints"]; Kontent qismiga oʻtish

ot

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ot

Aytilishi

Etimologiyasi

OT I ’ism’. Ukangning o t i nima? Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu soʻz a:t tarzida talaffuz qilingan (ЭСТЯ, I, 198; Devon, I, 107), oʻsha davrlardayoq a:    unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan (ПДП, 361; DS, 64); oʻzbek tilida a unlisi â unlisiga almashgan: a:t > at > ât.

OT II ’yirik ish-ulov hayvoni’. Yaxshi o t g a bir qamchi, yomon o t g a ming qamchi (Maqol). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu soʻz at tarzida talaffuz qilingan (ПДП, 361; DS, 65); Mahmud Qoshgʻariy bu soʻzni "qattiq talaffuz qilinadigan alif bilan" deb alohida taʼkidlaydi (Devon, I, 70); oʻzbek tilida a unlisi â unlisiga almashgan: at > ât.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 1 Yakka tuyoqlilarga mansub oʻtxoʻr, sutemizuvchi yirik ish-ulov hayvoni. ◆ Oq ot. Qashqa ot. Yoʻrgʻa ot. Ot abzali. Otga taqa qoqmoq. Otga minmoq. Yaxshi otga bir qam-chi, yomon otga ming qamchi. Maqol . m ◆ Sidiq-jon egarga yaxshiroq oʻrnashib, otning ji-lovini silkidi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chi-rokdari“ . ◆ Uzoqdan ot yeldirib keluvchi otliq-ni koʻrgan Sodiq koʻchaning oʻrtasida toʻxtadi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

Ot zavodi Ot naslini yaxshilash va nasl-dor, yuqori sifatli otlarni koʻpaytirish bilan shugʻullanuvchi maxsus xoʻjalik, kor-xona. Ot kuchi maxe. 75 kg/m sekundga yoki 0,736 kvtga teng quvvat. ◆ 80 ot kuchiga ega boʻlgan traktor. Ot sporti Otda yurish, „mashq qilish musobaqalarining umumiy nomi“ . ◆ Olimpiada oʻyinlari dasturiga ot spor-tining bir necha turlari kiritilgan. Ot oʻyin esk. 1) ayn. sirk. ◆ -Shu, teatr degani nima, ot oʻyinimi? — Abdishukurdan soʻradi choyfurush Sadriddin boyvachcha. Oybek, Tanlangan asarlar; 2) ayn. karusel.

2 Otning boshiga oʻxshatib yasalgan shaxmat donasi, asp. ◆ Otni yurmoq. Ot bshgan shoh bermoq.

3 Muchal yil hisobida yettinchi yil nomi. Uning yili ot.

Ot yili Muchal yil hisobida yettinchi yil (q. muchal). Ot mindirmoq Ot sovgʻa qil-moq, ot bilan mukofotlamoq. ◆ Eshitganlar shoirga rahmat aytib, biri tun kiydirib, biri ot mindiribdi. Shukrullo, „Saylanma“ . ◆ Bugun biz kanal qazish muddatini tezla-tishga tashabbuskor boʻlgan ikki dongdor quruvchiga ot mindirmoqchimiz. S. Ahmad, „Ufq“ . Ot solmoq ayn. ot qoʻymoq 2. Ot qoʻymoq 1) otning jilovini boʻsh qoʻyib yeldirmoq; 2) mingan otini biror kimsa tomon yoʻnal-tirib hujum qilmoq. ◆ Kecha-kunduz togʻma-togʻ dushmanga qarshi ot qoʻyib, ypyui ochamiz. M. Muhamedov, „Mashq“ . Otday boʻlib ketmoq So-gʻaymoq, kasallikni unutib yubormoq. ◆ Ota, tashvish tortmang, sal oʻtmay otday boʻlib ketasiz. "Sharq yulduzi" . Otdan tushsa ham, egardan tushmaydi Ilgarigi mavqey yoki martabasidan tushgandan keyin ham takab-burligini tashlamagan kishi haqida. Otni qamchilamoq q. qamchilamoq.

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ot

Aytilishi

Etimologiyasi

II 1 Kishining shaxsiy ismi, nom. Chaqaloqqa ot qoʻymoq. Oti(ng) oʻchsin (oʻchgur)! qargʻ. Oti(ng) qursin (qurgʻur)! qargʻ. shsh /Mirzakarimboy:

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

◆ Oting nima jiyan?-Otim Yoʻlchi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Yaxshi qiz, kechirasiz, otingizni bilmayman, s iz xo-tirjam boʻling, biron joyi bir nima boʻlsa, oʻzim tuzatib beraman. S. Ahmad, „Ufq“ .

2 Oʻrgatilgan hayvonlarning nomi; la-qab. ◆ Buning oti Toʻrtkoʻz emas. Arslon.

3 Umuman, narsalarning, hodisalar-ning nomi, nom biddiruvchi soʻz. ◆ Bu.. togʻning oti Muzloqedi. M. Ismoiliy, „Fargʻonat“ .o. ◆ Mingoʻrik mavzei otidan ham maʼlum — bunda ming chogʻliq oʻrik daraxti oʻsgani uchun.. edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ [Safar boʻzchi:] Choʻzma kekirdagingni, buqoq.. andishaning otini qoʻrqoq qoʻydingmi?! A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ . ◆ [Jannat opa:] Qih.. haligi oti qursin.. Malikboyning maydonida! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

Ot qoʻymoq Nom bermoq, atamoq. Oti yoʻq evf. Chayon haqida aytiladi. Otiga(gina) Shunchaki, koʻrinishga, nomiga. ◆ U otigagina rais, hamma ish muovin qoʻlida. yash Otigagina xon boʻlib oʻtiruvchi Xudoyorxon, Musul-monqul maydondan olinguncha oʻzining qoʻgʻir-choq sifat yura berishini tushundi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . Otimni boshqa qoʻyaman
Qasam, ontni ifodalovchi ibora. ◆ Boshlangan ishni oxirigacha olib bormasam, otimni boshqa qoʻyaman. Oydin, „Sadagʻang boʻlay, komandir“ .

4 Unvon, mansab, nom. ◆ Bir qari odamga "kuyovlik" otini berish ham uni kuyov boʻl-ganday quvontiradi. S. Ayniy, „Qullar“ .

5 s. t. Zot, urugʻ. ◆ [Sunnat:] Kel, oʻsha Mu-harraming boʻlmasa, boshqasi-da, qiz oti qu-rib ketibdimi? Shuhrat, „Shinelli yillar“ .

6 Shuqrat, dong. ◆ Yaxshidan ot qolar, yomondan dod qolar. Maqol . ◆ gsh Izlar boʻldim Qorajonning qizini, Ot koʻtargan Zulxu-morning oʻzini. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli .

Ot chiqarmoq Nom chiqarmoq, dong ta-ratmoq, shuhrat qozonmoq, mashhur boʻlmoq, tanilmoq. ◆ Qoʻlingdan kelgancha chiqar yaxshi ot. Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot! Ergash Jumanbulbul oʻgʻli .

7 Shaʼn, nomus, gʻurur. ◆ [Usta Olim:] Sizga xabar berib oʻtirishni yigitlik otiga ep bilmay, menga ham bir narsa sezdirmagan. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

8 tlsh. Predmetni bildirib, "kim?" yoki "nima?" soʻrogʻiga javob boʻladigan soʻz. ◆ Turdosh ot. Atoqli ot. Mavhum ot. shsh Biror shaxs, narsa yoki joyga atab qoʻyilgan nomlar atoqli opiar sanaladi. "Ona tili" darsligi .

Sinonimlari

Antonimlari

ОТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ot

ot (koʻplik otlar)

Tillarda

ot I
1 конь, лошадь; // лошадиный, конский; конный; ◆ ot chopmoq (или choptirmoq) скакать на лошади; ◆ otda yurmoq ездить верхом на лошади; ◆ yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi посл. хорошей лошади довольно одного удара, а плохой - и тысячи мало; ◆ ot tepkisini ot koʻtarar посл. удар лошади выдержит (только) лошадь; ◆ otni kamchin bilan emas, yem bilan qayda посл. подгоняй лошадь не плетью, а кормом (соотв. не гони коня кнутом, а гони его овсом); ◆ ot olmay oxur tuzat посл. исправь стойло до покупки лошади (во всяком деле надо быть предусмотрительным); ◆ ot oriqlikda koʻrimsiz, qiz - yetimlikda посл. лошадь неприглядна в худобе, девушка в сиротстве; ◆ otingni yaxshi koʻrsang, ayilini mahkam tort посл. если любишь свою лошадь - подтяни подпругу потуже (если любишь своего ребёнка - держи его в строгости); ◆ otdan tushsa ham, egardan tushmaydi посл. см. egar; ◆ ot solmoq (или qoʻymoq) скакать на коне (нападая на кого-л., догоняя кого-л.); совершить конный рейд, конный набег; ◆ aravakash ot ломовая лошадь; ◆ salt ot верховая лошадь; ◆ ot zavodi конный завод; ◆ ot kuchi физ. лошадиная сила; ◆ ot yili год лошади (седьмой год двенадцатилетнего животного цикла; см. muchal); ◆ ot-ulov тягло, тягловая сила; рабочий скот; ◆ ot-ulovsiz xoʻjalik хозяйство, не имеющее тягловой силы; ◆ ot-arava (букв. лошадь и арба) повозка;
2 шахм. конь; ◆ 

  • ot oʻyin уст. 1) карусель 2) цирк; ◆ ot sovutar 1) проводка лошади; 2) отдых, передышка.


ot II
1 имя; название; ◆ otingiz nima? как ваше имя?; как вас зовут?; ◆ ot qoʻymoq или ◆  ot bermoq назвать, дать (присвоить) имя;
2 известность, слава; ◆ ot chiqarmoq прославиться; ◆ oti borning oti chiqar посл. конный славу себе добудет (игра слов, основанная на омонимии); ◆ yomon ot chiqarmoq получать дурную славу; приобретать плохую репутацию;
3 грам. имя существительное; ◆ otga koʻchgan sifat субстантивированное прилагательное; ◆ 

  • oti yoʻq (букв. безымянный) эвф. скорпион; ◆ otiga(gina) только и славы (что); только и названия; только номинально; ◆ otimni boshqa qoʻyaman выражение клятвы; я изменю своё имя (если..., если не...), я буду не я (если.., если не...).

Ozarbayjoncha (az)

Ot

ot

dori, oʻt, zahar

Qrim-tatarcha (crh)

Ot

ot

Qoraqalpoqcha (kar)

Pak qiz

Sifat

ot


Novialcha (nov)

Andoza:nov-adj


Romanshcha (rm)

Ot

ot

Shvedcha (sv)

Ot

ot

Turkcha (tr)

Ot

ot

Turkmancha (tk)

Ot

ot

pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad © 2024 Your Company Name. All rights reserved.





Check this box to remove all script contents from the fetched content.



Check this box to remove all images from the fetched content.


Check this box to remove all CSS styles from the fetched content.


Check this box to keep images inefficiently compressed and original size.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy