Content-Length: 109437 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Truba

Truba - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Truba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Truba (qad. nem. trumba — quvur) — yuqori registrli mispuflama soz; yorqin va kuchli ovozga, keng texnik (virtuoz) imkoniyatlarga ega. Nayi bir aylana bukilgan, kanalining uz. 1500 mm atrofida. Qadimdan maʼlum boʻlib, oʻrta asrlarda harbiy, signal musiqa cholgʻusi sifatida keng tarqalgan. Jez yoki mis va rux qotishmasidan yasaladi. 19-asr boshidan pompa yoki ventil mexanizmli T.lar paydo bulgan. Hozirda, asosan, si bemol (in V) va do (in S) tonidagi T.lar qoʻllanadi. Yakkanavoz, ansambl va orkestr sozi sifatida ishlatiladi. Oʻzbekiston T. ijrochiligi va taʼlim tizimida V. Pulatov, V. Verigin, M. Muhiddinovlar tanilgan. Oʻzbek kompozitorlaridan S. Karimhoji (2 ta — 1967, 1968), M. Bafoyev (1979), P. Xoliqov (1987) va boshqa T. uchun konsertlar yaratishgan.












ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Truba

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy