Madhya-pradesh - Hindistonning markaziy qismidagi shtat. Maydoni 308 ming km². Aholisi 60,4 mln. kishi (2001); 90% aholisi hind tili va unga yaqin tillarda, qolgan qismi marathi va rojastoni kabi tillarda soʻzlashadi. Maʼmuriy markazi — Bhopal shahri

Madhya-Pradesh

Madhya-pradesh hududi miloddan avvalgi 3—2-asrlarda Mauriyalar kuldorlik davlati tarkibida boʻlgan. Mil. boshlaridan 14-asrgacha bir qancha davlatlar, 15-asrda Bahmaniy sultonligi viloyati edi. 16-asr oxirlaridan Boburiylar qoʻl ostiga oʻtdi. 1818-yilda Ost-Indiya kompaniyasi egalladi. 1956-yildan Hindiston shtati. 2000-yil noyabr oyida yangi Chxattisgarx shtatini tuzish maqsadida Madhya-pradesh xududining bir qismi ajratib olindi.

Shtatning yer yuzasi yassitogʻlik va past togʻlardan iborat. Eng baland joyi 1353 m. Shimoliy qismi Hind-Gang tekisligiga tutashgan. Iqlimi tropik, mussonli ikdim, shim.-gʻarbida quruq, jan. va janubi-sharqida sernam. yanvarning oʻrtacha temperaturasi 17—24°, iyulniki 27—29°. Yillik yogʻin 700–1600 mm. Daryolari serostona; eng yirik daryosi — Narbada. Shtat hududining 1/3 qismi oʻrmon, tik, sal kabi qimmatbaho yogʻochli daraxtlar usadi.

Madhya-pradesh sanoati tez rivojlanayotgan agrar shtat. Aholisining 75% qishloq xoʻjaligida band. Asosan, tariq, bugʻdoy, sholi, paxta, moyli oʻsimliklar ekiladi. Ipak qurti boqiladi. Madhya-pradeshda marganets va temir rudalari, boksit, kumir, oʻtga chidamli gil qazib olinadi. Pannada mamlakatda yagona olmos koni mavjud. Issiklik elektr stansiyalari bor. Ishlab beruvchi sanoatining qad. va asosiy tarmogʻi — ipgazlama sanoati. Shuningdek, metallurgiya, neft kimyosi, elektronika, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, yirik qogʻoz fabrikasi, oyna-keramika, sement, asbest-beton zavodlari bor. Hunarmandchilikda mato, oʻymakorlik buyumlari tayyorlanadi. Shtat xududidan yirik shosse yoʻllar va Hindiston shim.ni uning jan. qismi bilan bogʻlovchi temir yoʻl oʻtgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy