Xartum – Sudanning poytaxti. Mamlakatning eng yirik shahri, savdo, moliya, sanoat va madaniyat markazi. Koʻk Nilning chap va Oq Nilning oʻng sohilida, ular qoʻshilgan yerda 380 m balandlikda joylashgan. Aholisi 1 mln. kishi (1998). Iqlimi tropik, quruq va issiq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 23°, iyulniki 32°. Yillik yogʻin 160 mm. Transport yoʻllari chorrahasi, daryo porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Xartumda xorijiy va davlat banklari, savdo firmalari shtabkvartiralari joylashgan. Oziq-ovqat, paxta tozalash, trikotaj, toʻqimachilik, koʻnteri, rezinatexnika, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. universitet, Qohira universiteti filiali, teatr va muzeylar bor.[1]

Shaharga 1822-yilda misrliklar harbiy lager sifatida asos solgan, 1825-yildan Sudan poytaxti. 1898-yilda inglizlar bosib olgan. 1956-yildan mustakil Sudan poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklaridan Respublika saroyi (1889), Jome masjidi (1900) va boshqa saqlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 "Xartum" OʻzME. X-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy