Xonsyu, Xondo — Yaponiya arxipelagidagi eng katta orol, Yapon dengizi bilan Tinch okean oraligʻida. Maydoni 230,4 ming km² (atrofidagi orollar bilan birga 231 ming km²), uz. 1400 km dan ziyod. Orolda mamlakat axrlisining taxminan 80% yashaydi. Relyefi, asosan, togʻli. Orolning markaziy kismini yirik togʻ tizmalari (Ou, Xida, Kiso, Akaisi) egallagan. Vulkan koʻp, Fudziyama vulkani Yaponiyadagi eng baland choʻqqi (3776 m). Teztez kuchli zilzila boʻlib turadi. Sohil qismi kambar tekislik. Oltingugurt, qoʻrgʻoshin, pyx, neft, gaz konlari bor. Iklimi mussonli, okean iklimi, shimolida moʻʼtadil, janubida subtropik. Kuzda tayfunlar boʻladi. Daryolari qisqa, serostona, gidroenergiya zaxirasiga boy. Eng katta koʻli — Biva. Togʻlar keng bargli oʻrmonlar bilan krplangan, janubida subtropik doim yashil va igna bargli oʻrmonlar bor. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. X. — Yaponiyaning iqgisodiy jihatdan eng rivojlangan hududi. Tekisliklarda aholi zich, dehqonchilik rivojlangan. Yirik shaharlari: Tokio, Osaka, Nagoya, Kioto, Yokoxama, Kobe. Xoʻjaligi haqida Yaponiya maqolasiga q.

Xonsyu
Geografiya
Maydoni 227 939,66[1] va 88 968[2] km2
Dengiz sathidan balandligi m.
Eng baland nuqtasi Fudziyama
Ma'muriyat
Davlat Yaponiya
Demografiya
Aholisi 104 000 000
Qo'shimcha ma'lumot




  1. (unspecified title)Geospatial Information Authority of Japan. — С. 83.
  2. Part 2 - The World of Wealth: Regions and Problems > Chapter Ten - Japan: A Unique Pattern of Development > The Japanese Environment > Table 10:2 Population and Area of Main Islands of Japan // (unspecified title)Wiley. — С. 265.
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy