Atsetilsellyuloza
Atsetilsellyuloza – sellyu-lozaning atsetat efiri. Oq amorf modda. A. olishda xom ashyo sifatida asosan paxta momigʻi, ayrim hollardagina sel-lyuloza ishlatiladi. Sellyuloza kata-lizatorlar ishtirokida sirka angidrid yoki atsetil xlorid bilan atsetillansa, tar-kibida bogʻlangan 62,4% sirka kislota qoldiqlari boʻlgan triatsetilsellyu-loza faqat ba’zi organik erituvchilar (sirka kislota, xloroform va metilen xlorid)da eriganligi uchun undan keng koʻlamda foydalanib boʻlmaydi. U deyarli nam tortmaydi. A. elektr izolyatsiya materiallari, sun’iy tola va yonmay-digan kinoplyonka olishda ishlatiladi. Triatsetilsellyulozaning 92 – 96% li sirka kislotadagi eritmasi katali-zator – sulfat kislota ishtirokida qisman gidrolizlansa, ikkilamchi A. hosil boʻladi. Uning tarkibida boglan-gan 52 – 57% sirka kislota boʻlib, bir qancha arzon erituvchilar (atseton, siklo-geksan, atseton bilan spirt aralashmasi, etilatsetat, butilatsetat va boshqalar)da eriydi. A. ishqorlar va mineral kislotalar ta’siriga beqarorroq, ammo nur ta’siriga chidamli, yonmaydi. Shuning uchun ham A. kinoplyonkalar, boʻyoq va plastmassalar ishlab chiqarishda yonuvchi nitrotsellyuloza oʻrnini tobora koʻp egallamoqda.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |