Kontent qismiga oʻtish

Yesil (tuman, Shimoliy Qozogʻiston viloyati)

Koordinatalari: 54°21′0″N 68°27′0″E / 54.35000°N 68.45000°E / 54.35000; 68.45000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yesil tumani
qoz. Есіл ауданы
tuman
Tarkibida Shimoliy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Yavlenka
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Nurakayev Yerik Yesimovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2010) 33,054
Zichligi 6,4 kishi./km²
Millatlar tarkibi Ruslar - 48,38%
Qozoqlar - 43,12%
Ukrainlar - 2,79%
Olmonlar - 2,55%
Tatarlar - 0,62%
Beloruslar - 0,50%
Polyaklar - 0,41% [1][2]
Dinlar tarkibi Xristianlar, Musulmonlar
Maydoni 5,14 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71543[3]
Pochta indeksi 150500-150520[4]
Avtomobil raqami kodi T, 15
Rasmiy sayti http://www.esl.sko.kz
Xaritada
Yesil tumani xaritada
54°21′0″N 68°27′0″E / 54.35000°N 68.45000°E / 54.35000; 68.45000

Yesil tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining janubi-gʻarbiy qismidagi hududda joylashgan. Yesil tumani 1997-yilning 17-aprelgacha Lenin, undan keyin Moskva nomlari bilan ataldi. Viloyat markazidan 74 km uzoqlikda joylashgan. Maydoni 5,14 ming km2. Aholisi 33 054 kishi (2010). Tuman markazi — Yavlenka qishlogʻi.

Tuman aholisi 1-yanvar 2010-yilgi statistika boʻyicha 33 054 kishini tashkil qildi.[1][2] Tuman aholisining zichligi 6,4 kishi/km².

Aholining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:

Iqlimi keskin kontinentli: yanvarda oʻrtacha harorat −19 °C, iyulda 20 °C. yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 300 – 350 mm. Yer havzasi suvlarini, tuman hududining janubi-gʻarbidan oqib oʻtuvchi Yesil daryosining oʻrta qismi va oz miqdordagi koʻllar tashkil qiladi. Katta koʻllari: Yesilning soʻng tomonidagi Alba, Kindikti, Qamisti, oʻng tarafidagi Jaltirkoʻl, Tarankoʻl, Sarikoʻl, Jilandi, Baliqti.

Aholi punktlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katta qishloqlari: Yavlenka, Amangeldi, Petrovka, Nikolaevka, Pokrovka, Ilinka, Besqudiq, Bulaq, v.h.

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yesil tumani asosan, qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Qishloq xoʻjaligiga foydalanadigan yer maydoni 454,9 ming ga.ni tashkil qiladi. Ekinzorining 70 %-ga yaqinini bashoqli oʻsimliklar tashkil qiladi. Chorvachiligida asosan sigir, yilqi, qoʻy va choʻchqa boqaladi. Tumanda 2 moy zavodi, non kombinati faoliyat yuritmoqda.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda 1 kasbiy-texnik maktab, 1 qishloq xoʻjalik kolledji, 54 oʻrta maktab, 56 shifokorlik punkt, 3 kasalxona, 10 shifokorlik ambulatoriya, 43 feldsher-akusherlik punkt faoliyat yuritmoqda.

pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy