0% found this document useful (0 votes)
4K views25 pages

Ingliz Tilidagi Zamonlar

Ass
Copyright
© © All Rights Reserved
We take content rights seriously. If you suspect this is your content, claim it here.
Available Formats
Download as PDF, TXT or read online on Scribd
0% found this document useful (0 votes)
4K views25 pages

Ingliz Tilidagi Zamonlar

Ass
Copyright
© © All Rights Reserved
We take content rights seriously. If you suspect this is your content, claim it here.
Available Formats
Download as PDF, TXT or read online on Scribd
You are on page 1/ 25

#1 Present simple tense | Hozirgi oddiy zamon

Formulasi:

Positive Negative Question

I work I do not work. Do I work?

He/she/it works He/she/it does not work. Does he/she/it work?

We/you/they work. We/you/they do not work. Do we/you/they work?

Eslatma: Hozirgi oddiy zamon fe’lining tuslanishi shaxslarga qarab oʻzgaradi.

III shaxs birlikda (he, she, it) asosiy fe’lga darak gaplarda -s harfi qoʻshiladi.

Agar fe’l –o, -ch, -sh, -ss, -s, -x harflari bilan tugasa, fe’lga –es harflari qo’shilishi

lozim.Agar -y harfi bilan tugasa -y harfi -i harfiga o'zgaradi va keyin -es qo'shiladi.

He works, she goes, it washes, he studies

I work, they go, we wash, you study

▪️ Soʻroq va inkor gaplarda III shaxs birlikda does yordamchi fe’li qoʻllanilganligi

tufayli asosiy fe’lga hech qanday harf qoʻshilmaydi.

He doesn’t work, she doesn’t go, it doesn’t wash.

Does he work? Does she go? Does it wash?


Present Simple Tense ning qoʻllanish holatlari:

1️. Doimiy yoki takroriy ravishda sodir boʻladigan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.

Ish-harakat kecha, bugun va ertaga ham shunday tarzda sodir boʻladi va

oʻzgarmaydi.

I go to work by bus every day.= Men xar kuni maktabga avtobusda boraman.

She always gets up at 6 oʻclock.= U qiz doim soat 6da turadi.

Many people think that if a black cat crosses your way it is bad luck.= Ko'p

odamlar agar qora mushuk yo'lingni kesib o'tsa bu baxtsizlik deb o'ylashadi.

2️. Dunyoda har doim haqiqat (fakt) boʻlgan voqea-hodisalar mavjud. Masalan,

tabiat hodisalari boʻlgan quyosh chiqishi, yerning quyosh atrofida aylanishi, kuzda

qushlarning issiq oʻlkalarga uchib ketishlari va hakozo. Undan tashqari, jamiyatda

oʻrnatilgan umumiy qoidalar, kasblar, insonlar va boshqa voqea-hodisalar haqida

umumiy fikr bildirilganda ham hozirgi oddiy zamon fe’li qoʻllaniladi.

The sun rises in the east.

Cats live on mice.

Water boils at 100ᵒC.

Carpenters make things of wood.

When ladies enter the room, gentlemen stand up and greet them.

3️. Ingliz tilida fikrga qoʻshilish, va'da berish, tavsiya qilish uchun bir qancha fe’llar

ishlatiladi. Bunday fe’llar “performative verbs” deb ataladi va nutqda juda keng

qoʻllaniladi. Misol sifatida “to agree/think/ suggest/ recommend/ insist/ promise/


apologise/ refuse” fe’llarini keltirish mumkin. Mazkur fe’llar ham odatda hozirgi

oddiy zamonda qoʻllaniladi.

I promise I won’t be late.

What do you suggest I do?

He insists that we should come with him.

4️. Hozirgi oddiy zamon fe’li quyidagi payt ravishlari bilan qoʻllaniladi:

▫️ always ▫️ usually ▫️ often ▫️ sometimes ▫️ rarely ▫️ never ▫️ hardly ever ▫️ frequently ▫️

occasionally ▫️ seldom ▫️ all the time ▫️

every+day/morning/night/Monday/week/month/other day/year

Jim always gets up at 6 oʻclock.

He never lies to his parents.

We frequently see that man on the beach.

#2 Present Continuous tense | Hozirgi davomiy

zamon

Formulasi:

Positive Negative Question

I am working I am not working Am I working?

He/she/it is working He/she/it is not working Is he/she/it working?


We/you/they are working We/you/they are not Are we/you/they working?

working

Present Continuous zamonining qoʻllanish holatlari:

1️. Ayni paytda sodir bo'layotgan ish-harakatni ifodalash uchun qo'llaniladi.

▪️ Ish-harakat soʻzlovchi nutqi davomida sodir boʻlayotgan va tugallanmagan

bo'lishi lozim, asosan atrofimizda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarni tasvirlash

uchun qoʻllaniladi.

Look! The dog is running after the child. (Qarang! It bolakayning orqasidan

quvlayapti.)

Take away the crib! The teacher is looking at you.

Listen! The way he is singing is quite wrong.

2️. Ba'zan ish-harakat ayni paytda sodir bo'lmayotgan, lekin boshlangan va hali

tugallanmagan boʻlishimi mumkin.

▪️Misol uchun quyidagi vaziyatni koʻrib chiqamiz:

Tom and Ann are sitting in a café. Tom is drinking coffee (Birinchi qoida

bo'yicha).

▫️ Ann: What are you doing these days, Tom?

▫️ Tom: You know, I am preparing for my exams.

Yuqoridagi misolda, Tom kafeda oʻtirib, kofe ichayotgan boʻlsa ham, ayni kunlarda
imtihonlarga tayyorgarlik koʻrayotganini aytmoqda. Bu yerda Tomning

imtihonlarga tayyorgarlik koʻrayotganligi boshlanib, hali davom etayotgan va

tugallanmagan ish-harakat sifatida ifodalangan.

▪️ Yana misollar:

I am learning English nowadays.

What is Tom doing for living?

3️. Vaqtinchalik, faqatgina ma’lum bir muddat sodir boʻlib turgan ish-harakatlar

uchun ham hozirgi zamon davomiy fe’li qoʻllaniladi.

I usually go to work by bus, but this week I am going by taxi. (Men odatda ishga

avtobusda ketaman, lekin bu hafta taksida boryapman.)

Tom is living with his friends until he finds a flat. (Tom kvartira topgunicha

do’stlari bilan yashayapti.)

4️. Vaqt oʻtgan sayin oʻzgarib borayotgan ish-harakatlar uchun ham hozirgi

davomiy zamon fe’li qoʻllaniladi.

▪️Quyidagi fe'llar odatda mazkur qoida boʻyicha qoʻllaniladi.

▫️ get ▫️ change ▫️ become ▫️ increase ▫️ rise ▫️ fall ▫️ grow ▫️ begin ▫️ start ▫️improve

The population of the world is rising very fast. (Dunyo aholisi juda tez oshib

bormoqda.)
Is your English getting better?

The number of people without jobs is increasing.

5️. Hozirgi zamon davom fe’li odatda quyidagi payt ravishlari bilan qoʻllaniladi:

▫️ now ▫️today ▫️ this month ▫️ still ▫️ at the moment ▫️ this week ▫️ this season ▫️ for

the time being ▫️ nowadays ▫️ these days ▫️ day after day

We are still waiting for the train.

Tom is having a bath at the moment.

I am meeting a lot of people today.

We are learning Japanese this year.

#3 Present Perfect Simple Tense | Hozirgi tugallangan

zamon

Formulasi:

Positive Negative Question

I have eaten/ worked. I have not eaten/ worked. Have I eaten/ worked?
He/she/it has eaten/ He/she/it has not eaten/ Has he/she/it eaten/

worked. worked worked?

We/you/they have We/you/they have not Have we/you/they

eaten/worked. eaten/worked. eaten/worked?

Present Perfect Simple tense qo'llanish holatlari

▪️ Qoʻllanish holatlari:

1️. Yaqin oʻtmishda sodir boʻlgan va hozirga aloqador boʻlgan ish-harakatlar

uchun qoʻllaniladi. Ahamiyatli jihati, bu yerda ish-harakat yoki voqeaning qachon

boʻlib oʻtganligining ahamiyati yoʻq.

▪️ Masalan, yangiliklar yoki xabarlarni yoritishda bu zamonning qoʻllanishiga e'tibor

beramiz.

Have you heard the news? Tom and Jill have got married. (Yangilikni

eshitdingizmi? Tom va Jil turmush qurishdi.)

A French yachtsman has broken the record for sailing round the world single-

handed.

The film star Jim Cooper has died of cancer at the age of 56. (Film yulduzi Jim

Kuper saraton kasalligidan 56 yoshida vafot etdi.)

2️. Oʻtgan zamonda sodir boʻlgan va natijasi hozirda ayon boʻlgan ish-harakatlar

uchun ham qoʻllaniladi.

My car is clean. I have just washed it. (Mashinam toza. Men uni hozirgina

yuvdim.)

He cannot walk very fast. He has hurt his leg.


Yuqoridagi qoidalarda qoʻllaniladigan payt ravishlarini koʻrib chiqamiz:

▫️ already ▫️ recently ▫️ lately ▫️ just ▫️ yet ▫️ today ▫️ this week ▫️ this month ▫️ this year

▫️ in the last/in the past few days/weeks…

▪️ already - allaqachon, just - hozirgina payt ravishlari gapda asosiy va yordamchi fe'l

orasida qoʻllaniladi.

I have already done my homework.

He has just come.

▪️ lately, recently, yet va yuqoridagi boshqa payt ravishlari odatda gap oxirida

qoʻllaniladi.

Have you seen Tom recently?

Tom hasn't found a job yet.

yet darak gapda qo'llanilgandan hali degan inkor ma’noda qo'llaniladi, bunda

asosiy fe’l infinitiv (to learn) shakliga oʻtadi.

John has yet to learn the material. (= John hasn’t learned the material yet.)

3️. Hozirgi tugallangan zamon oʻtgan zamondan hozirgacha davom etib turgan

muddat ichida sodir boʻlgan, ba’zan hozirgacha davom etayotgan ish-harakatlar

uchun ham qoʻllaniladi.

▪️ Misol sifatida biror shaxsning hayoti davomida qilgan ishlarini koʻrsatish mumkin.

Sarvar has been to England many times. (Sarvar Angliyada koʻp marotaba

boʻlgan.)

He has never ridden a horse. ( U hech qachon ot minib koʻrmagan.)

Has he ever met a famous person?


Yuqoridagi qoida ish-harakatning qachon sodir boʻlib oʻtganligini koʻrsatmaydi,

ya'ni hozirgi tugallangan zamon biror ish-harakat sodir boʻlgan yoki boʻlmaganligini

koʻrsatadi, xolos.

▪️ Ushbu qoidada qoʻllaniladigan payt ravishlarini koʻrib chiqamiz.

▫️never ▫️ever ▫️never … before ▫️until now ▫️so far ▫️up to now ▫️always ▫️the

first/second/third time ▫️all my/her/his life

▪️Misollar:

We are travelling across Europe. We have visited 5 countries so far.

Have you ever eaten sushi? No, I have never had it.

Tom is very nervous. It's the first time he has driven a car.

He has always wanted to go to the Moon on a space-ship.

▪️ Agar ish-harakat qachon sodir boʻlganligini koʻrsatmoqchi boʻlsangiz, oʻtgan

zamondagi fe'lni (past simple tense) qoʻllash kerak boʻladi.

He has been to England many times. (ish-harakat qachon sodir boʻlganligi

koʻrsatilmagan)

He went to England in 1996. (ish-harakat qachon sodir boʻlganligi koʻrsatilgan)

▪️ Bu zamon umrimizda yoki biror muddat ichida bir necha marta takrorlangan

ish-harakatlar uchun ham ishlatiladi. Bunda once - bir marta, twice - ikki marta,

three times - uch marta soʻzlari qoʻllaniladi.

I have been to England three times.

Jill has been late twice this week.


▪️Sifatning orttirma darajasi bilan hozirgi tugallangan zamon ishlatiladi.

This is the best meal I've ever eaten.

#4 Present Perfect Continuous tense | Hozirgi davomiy

tugallangan zamon

Formulasi:

Positive Negative Question

I have been eating/ I have not been eating/ Have I been eating/

working working. working?

He/she/it has been eating/ He/she/it has not been Has he/she/it been eating/

working. eating/ working working?

We/you/they have been We/you/they have not Have we/you/they been

eating/working. been eating/working. eating/working?

Present Perfect Continuous tense qo'llanish holatlari

1. Mazkur zamon oʻtgan zamonda boshlanib, hozirgacha davom etib turgan

va gapda ushbu ish-harakat qancha muddat (qachondan beri) davom etib

turganligi koʻrsatilgan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.


▪️ Ish-harakat qancha muddat davom etib turganligi since - dan beri, for - dan buyon,

how long - qachondan beri soʻzlari yordamida koʻrsatiladi.

It has been raining since 3️ oʻclock. (Soat uchdan beri yomg'ir yog'yapti)

It has been raining for two hours. (Ikki soatdan buyon yomg'ir yog'yapti)

How long has it been raining? (Qachondan beri yomg'ir yog'yapti?)

2. Mazkur zamon oʻtgan zamonda davom etib turgan, lekin hozirga kelib

tugallangan va natijasi ayon boʻlgan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Bu

yerda ish-harakat qancha davom etganligi koʻrsatilishi shart emas.

I am tired. I have been working in the garden. (Men charchaganman. Men

bog'da ishlayotgan edim)

▪️ Yuqoridagi misolda birinchi gap hozirgi zamondagi natijani (charchaganlikni)

va ikkinchi gap esa charchashga olib kelgan va biroz oldin davom etib turgan

ish-harakatni koʻrsatmoqda.

Tom's hands are dirty. He has been repairing his car. (Tomning qoʻllari kir. U

mashinasini tuzatayotgan edi)

▪️ Yuqoridagi misollarda ish-harakat qancha davom etganligini ham koʻrsatish

mumkin, lekin bu narsa unchalik muhim emas. Bu qoida davomiy ish-harakat

natijasida kelib chiqqan natijani ko'rsatish uchun qoʻllaniladi.

I am tired . I have been working in the garden (all day).

Davomiy zamonlarda qoʻllana olmaydigan holat fe'llari Present Perfect

Continuous zamonida emas, Present Perfect Simple zamonida qoʻllaniladi.

I have known Jack for five years. (have been knowing emas)
#5 Past simple tense | Oddiy o'tgan zamon

Formulasi:

Positive Negative Question

I worked I did not work. Did I work?

He/she/it worked He/she/it did not work. Did he/she/it work?

We/you/they worked We/you/they did not Did we/you/they work?

work.

Past simple tense qo'llanish holatlari

1️. Mazkur zamonning o'ziga xosligi shundaki, odatda oʻtgan zamon payt ravishlari

bilan qo'llaniladi, ya'ni ish-harakat(voqea) o'tgan zamonda sodir bo'lganligi payt

ravishlari bilan yaqqol ko'rsatiladi.

We went to the theatre last week. (Biz o'tgan hafta teatrga bordik)

I saw Jack at the cinema yesterday.

I didn't go out last night.

2️. Shu bilan birga, o'tgan zamon payt ravishlarisiz, tarixda sodir boʻlgan voqealar

uchun qollaniladi. Bu vaziyatda matn mazmunidan ish-harakat tarixda sodir

bo'lganligi anglashiladi:

Aristotel was a great philosopher. (Aristotel juda o'tkir faylasuf bo'lgan)

Shakespeare wrote Hamlet.

The Chinese invented printing. (Xitoylikdan kitob bosishni kashf qilishgan)


▪️ Oʻtgan zamonning odatiy payt ravishlari quyidagilardan iborat:

▫️ last+night/week/Monday/month/year… ▫️ a day /a week/two years/six minutes+ago

▫️ yesterday ▫️ in the 1960's ▫️ the other day ▫️ in the 19thcentury ▫️ in the past ▫️ just

now ▫️ in the Bronze Age ▫️ in the Middle Ages ▫️ the last time

'just now' payt ravishi "hozirgina, '"bir necha daqiqa oldin" ma'nolarida o'tgan

zamonda qo'llaniladi.

I saw him just now.

#6 Past Continuous Tense | Oʻtgan zamon davom

fe'li

Formulasi:

Positive Negative Question

I was working I was not working Was I workingi?

He/she/it was working He/she/it was not Was he/she/it working?

working

We/you/they were We/you/they were not Were we/you/they

working working working?

Past continuous tense qo'llanish holatlari

1️. Oʻtgan zamon davom fe'li oʻtgan zamonda aniq paytni koʻrsatadigan payt

ravishlari bilan qoʻllaniladi.


I was watching a football match at 5️ oʻclock yesterday. (Kecha soat 5da men

futbol oʻyinini koʻrayotgandim)

What were you doing at this time last week?

He was working in a bank this time last year.

2️. Oʻtgan zamon davom fe'li ba'zan esa payt ravishlarisiz, oʻtgan zamondagi biror

tugallangan ish-harakat bilan qoʻllaniladi.

I was watching TV when the postman came. (Xat tashuvchi kelganida, men

televizor koʻrayotgan edim)

We broke the window while we were playing football.

She was carrying a heavy bag, so I hurried to help her.

Holat fe'llari, masalan to want/like/know va boshqa fe'llar oʻtgan zamon davom

fe'lida emas, oddiy oʻtgan zamonda qoʻllaniladi.

I didn't know what to do when he asked me for some money. (wasn't knowing

emas…)

3️. Oʻtgan davomiy zamon payt ravishlari quyidagilardan iborat:

▫️ at this time yesterday/last year/last month ▫️ the whole evening/morning/day ▫️

at that time

#7 Past Perfect Simple tense | O’tgan tugallangan

zamon

Formulasi:
Positive Negative Question

I had worked I had not worked Had I worked?

He/she/it had worked He/she/it had not worked Had he/she/it worked?

We/you/they had worked We/you/they had not Had we/you/they worked?

worked.

Past perfect simple tense qo'llanish holatlari

1️. Uzoq o'tgan zamon odatda yo'lg'iz o'zi emas, boshqa o'tgan zamondagi (past

simple) ish-harakat bilan ko'p qo'llaniladi. Bunda uzoq o'tgan zamonda ifodalangan

ish-harakat o'tgan zamondagi ish-harakatdan oldin bo'lib o'tganligi ko'rsatiladi.

Tom had already gone home when I arrived at the party. (Men ziyofatga

kelganimda (o'tgan zamon), Tom allaqachon uyiga ketgan ekan (uzoq o'tgan

zamon).

2️. Uzoq o'tgan zamon as soon as/after/before/by the time/when/until

bog'lovchilari bilan ham qo'llaniladi.

After we had found a place to stay we went to a restaurant. (Yashashga joy

topganimizdan keyin biz restarantga yo'l oldik)

Tom had washed his car before we set off a journey.

The film had already started by the time we got to the cinema.

As soon as he had finished his homework, he was allowed to watch TV.

We had packed all the necessary things by the time Tom came.

when bog'lovchisi o'tgan zamondagi fe'l bilan ham qo'llanishini avvalgi mavzularda

ko'rib o'tgan edik. Uzoq o'tgan zamonda qo'llanilganda esa when after (keyin)
bo'g'lovchi ma'nosida qo'llaniladi.

When (After) I had repaired the car, we could continue our trip.

3.Ingliz tilida inkor ma'noli ravishlar - hardly/barely/scarcely (deyarli yo'q, zo'rg'a) -

uzoq o'tgan zamonda juda ko'p qo'llaniladi.

I had barely heard of him until that day. (U haqda men o'sha kungacha deyarli

hech narsa bilmasdim.)

4️. Uzoq o'tgan zamon (past perfect simple) hozirgi tugallangan zamon (present

perfect simple) ning o'tgan zamon shakli sifatida qo'llaniladi, ya'ni o'tgan zamonda

natijasi ayon bo'lgan ish-harakatni bildiradi. Qiyoslang:

My car is clean. I have washed it. (Hozirda natijasi ayon bo'lgan ish-harakat)

My car was clean. I had washed it. (O'tgan zamonda natijasi ayon bo'lgan ish-

harakat)

#8 Past Perfect Continuous tense | Hozirgi tugallangan

davomiy zamon

Positive Negative Question

I had been eating/ working I had not been eating/ Had I been eating/

working. working?
He/she/it had been eating/ He/she/it had not been Had he/she/it been eating/

working. eating/ working working?

We/you/they had been We/you/they had not been Had we/you/they been

eating/working. eating/working. eating/working?

Past perfect continuous tense qo'llanish holatlari:

1️. O'tgan zamonda biror ish-harakatdan oldin ma'lum muddat davom etib turgan

ish-harakatni bildiradi. Ish-harakat qancha davom etganligini ko'rsatuvchi for/since

payt ravishlari va so'roq gaplarda how long so'roq olmoshi gapda qatnashadi.

Nutqda qo'llanilganda, odatda o'tgan zamondagi gap bilan qo'llaniladi.

When I arrived at the party, Tom and Ann had been dancing for an hour.

How long had you been reading the book when I came?

It was cold and windy. It had been raining since morning.

2️. Past perfect continuous tense o'tgan zamondagi natijaga olib kelgan

davomiy ish-harakatni ham ifodalaydi, ya'ni Present perfect continuous tensening

o'tgan zamon shakli sifatida qo'llaniladi.

His hands are dirty. He has been repairing the car. (Uning qo'llari kir. U

mashinani tuzatmoqda…hozirgi zamondagi vaziyat)

His hands were dirty. He had been repairing the car. ( Uning qo'llari kir edi. U

mashinani tuzatayotgan edi… o'tgan zamondagi vaziyat)

Qiyoslash uchun:

▪️ O'tgan zamon davom fe'li (past continuous tense) o'tgan zamonda aniq vaqtda
davom etib turgan ish-harakatni bildiradi.

I was sleeping at 5 o'clock yesterday.

▪️ Past Perfect Continuous tense esa o'tgan zamonda biror bir ish-harakat qancha

davom etganligini ham bildiradi. Muddatni esa for+ [muddatni bildiruvchi so'z]

ifodalaydi.

When I arrived at the party, Tom and Ann were dancing. (past continuous

tense…muddat yo'q)

When I arrived at the party, Tom and Ann had been dancing for an hour. (Past

Perfect Continuous tense…muddat bor)

#9 Future simple | Kelasi oddiy zamon

Formulasi:

Positive Negative Question

I will work I will not work. Will I work?

He/she/it will work He/she/it will not work. Will he/she/it work?

We/you/they will work. We/you/they will not Will we/you/they work?

work.

▪️ Qoʻllanish holatlari:
1️. Oddiy kelasi zamon kelajakda sodir boʻladigan, ya’ni sodir boʻlishi kutilayotgan

harakatlar uchun qoʻllaniladi.

Christmas will be on a Saturday this year. (Bu yil Rojdestvo shanba kuniga toʻg'ri

keladi.)

It will rain tomorrow. (Ertaga yomg'ir yog'adi)

We will be in Japan next year.

I think they won't buy our car. It's very expensive.

Will you be at home tonight?

2️. Kelajak zamonni bildiruvchi payt ravishlari quyidagilardan iborat.

▫️ next week ▫️ next month ▫️ next Friday ▫️ next year ▫️ tomorrow ▫️ soon ▫️ in 2021 ▫️

in the future

3️. Zamonaviy ingliz tilida I va we shaxslari uchun oddiy kelajakda shall yordamchi

fe'li oʻrniga will yordamchi fe'lini qoʻllash ommalashgan.

We shall be in Japan next year. (eskirgan)

We will be in Japan next year. (hozirda ommabop)

Bilib qoʻygan yaxshi

▪️'shall' yordamchi fe'li yuridik matnlar va shartnomalarda (rasmiy hujjatlarda)

uchinchi shaxslarning huquq va majburiyatlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Bu

vaziyatlarda shall modal fe'l sifatida ishlatilib barcha shaxslar bir xil qo'llaniladi.

The hirer shall be responsible for the maintenance of the vehicle. (Ulovning

umumiy holati uchun ijaraga oluvchi javobgar hisoblanadi)

The buyer shall pay remaining amount of the money not later than five days after
the goods are delivered. (Sotib oluvchi mahsulot yetkazib berilganidan keyin besh

kundan kechiktirmasdan qolgan pul summasini to'laydi.)

Umumiy mazmundagi matnlarda esa bunday vaziyatlarda will/should/must modal

fe'llari ishlatiladi.

#10 Future Continuous | Kelasi davomiy zamon

Formulasi:

Positive Negative Question

I will be working I will not be working Will I be working?

He/she/it will be working He/she/it will not be Will he/she/it be working?

working

We/you/they will be We/you/they will not be Will we/you/they be

working working working?

Qoʻllanish holatlari:

1️. Kelajakda aniq bir vaqtda davom etib turgan ish-harakatni bildiradi.

At this time next week I will be swimming in the Black Sea. (Keyingi hafta mana

shu paytda men Qora dengizda cho'milayotgan bo'laman)

What will you be doing at this time tomorrow? (Ertaga mana shu paytda nima
qilayotgan bo'lasan?)

He will be sleeping at 8 oʻclock this evening.

2️. Kelajakdagi shaxsiy rejalarni bildirish yoki birovning rejalari haqida soʻrash uchun

ham qoʻllanilishi mumkin.

I'll be going to the city centre later. Can I get you anything? (Men birozdan keyin

shahar markaziga oʻtaman. Sizga biror narsa olib kelaymi?)

Will you be passing the post-office when you go out? - Yes, why?

Mazkur zamonda eng ko'p xatolik 'be' yordamchi fe'lini tushurib qoldirishdir.

I will swimming in the sea at this time next week. (noto'g'ri)

I will be swimming in the sea at this time next week. (to'g'ri)

#11 Future Perfect Simple | Kelasi tugallangan

zamon

Formulasi:

Positive Negative Question

I will have eaten/ worked. I will have not eaten/ Will I have eaten/ worked?

worked.

He/she/it will have eaten/ He/she/it will have not Will he/she/it have eaten/

worked. eaten/ worked worked?


We/you/they will have We/you/they will have not Will we/you/they have

eaten/worked. eaten/worked. eaten/worked?

Qo'llanish holatlari:

1️. by … + [kelasi zamondagi payt ravishi] bilan:

I will have written this book by the end of May. (Men bu kitobni may oxirigacha

yozib bo'laman.)

Mrs. and Mr.Johnson will have been married for 25 years next year.

They will have produced 200,000 cars by the year 2020.

2. by the time/before + [kelajakdagi ish-harakat] bilan qo'llaniladi.

We will have checked all the passengers by the time the police come. (Politsiya

kelgunicha biz hamma yo'lovchilarni tekshirib bo'lgan bo'lamiz)

Will you have done the housework before we go out?

Future simple va Future perfect simple zamonlarini qiyoslaymiz:

▪️ Future simple tense (oddiy kelasi zamon) kelajakdagi sodir boʻladigan,

tugallanmagan ish-harakatni bildiradi.

They will begin to produce this car next year. (Ular bu mashinani keyingi yil ishlab

chiqara boshlashadi)

We will do the final test in May.

▪️ Future perfect simple (tugallangan kelasi zamon) esa kelajakda ma'lum bir vaqtga

borib tugallanadigan ish-harakatni bildiradi.


They will have produced 200,000 cars by the end of the year. (Ular yilning

oxiriga borib 200,000 mashina ishlab chiqargan bo'lishadi)

We will have done the test by the end of May.

#12 Future Perfect Continuous Simple | Kelasi

tugallangan davomiy zamon

Formulasi:

Positive Negative Question

I will have been working. I will not have been Will I have been working?

working.

He/she/it will have been He/she/it will not have Will he/she/it have been

working. been working. working?

We/you/they will have We/you/they will not have Will we/you/they have

been working. been working. been working?

▪️ Qo'llanish holatlari:

1️. by … + [kelasi zamondagi payt ravishi] bilan:

My mother will have been working as a teacher for ten years by 2020. (2020

yilda onam o'qituvchi bo'lib ishlab kelayotganlariga 10 yil bo'ladi)


On Saturday we will have been living in this house for 30 years.

Next year I will have been working in the company for 5 years.

2️. by the time/before + [kelajakdagi ish-harakat] bilan qo'llaniladi.

I will have been watching TV for four hours by the time Dilshod comes. (Dilshod

keladigan paytga biz televizorni to'rt soat davomida ko'rib o'tirgan bo'lamiz)

Ingliz tilidagi holatni bildiruvchi fe'llar, ya'ni know/have/like/want va hakozolar

Future perfect continuousda emas, Future perfect simple da qoʻllaniladi.

I will have known Jack for ten years next year.

They will have been married for six year next year.

You might also like

pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy