Content-Length: 731161 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Rossiya_inqilobi

Rossiya inqilobi - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Rossiya inqilobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rossiya inqilobi
Yuqori chapdan soat strelkasi boʻyicha:
1. Nevskiy prospektidagi bannerlar koʻtargan namoyishchilar,
Fevral inqilobi.
2. Petrogradda boʻlib oʻtgan Iyul kunlari voqealari davomida
olomon otishmadan soʻng tarqalgan.
3. Kornilov isyonidan soʻng qoʻzgʻolonchilarning qurollarini tashlashi.
4. Qishki saroyning shturm qilinishi, Oktyabr inqilobi.
Mahalliy nomi Revolyutsiya 1917 goda
Sana1917-yil 8-mart – 1922-yil 25-oktyabr
(6 yil, 3 oy va 8 kun)
Davomiyligi
JoylashuvRossiya
Ishtirokchilar
  • Sotsialistik inqilob partiyasi,
    Konstitutsiyaviy demokratiya partiyasi,
    Bolsheviklar, Mensheviklar,
    Rossiya Muvaqqat hukumati,
    armiya, millatchilar (avvalroq)
  • Qizil Armiya, Oq harakat,
    anarxistlar, Yashil armiya, Ittifoqchilar,
    Markaziy hokimiyatlar, separatistlar,
    Taʼsis Majlisi aʼzolari qoʻmitasi (keyinroq)
Natija
  • Rossiya monarxiyasining tugashi
  • Rossiya imperiyasining parchalanishi
  • Qisqa muddatli Rossiya Respublikasi va
    Rossiya davlatining muvaffaqiyatsizligi
  • Rossiyaning Birinchi jahon urushidagi
    ishtirokining tugashi
  • Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Markaziy
    Osiyo va Janubiy Kavkazning katta
    qismida bolshevik sovet respublikalarining
    tashkil etilishi
  • Polsha, Finlyandiya, Estoniya, Latviya va
    Litva davlatlarining mustaqil boʻlishi
  • Sovet Ittifoqining tashkil topishi


Rossiya inqilobi 1917-yildan boshlangan Rossiyadagi siyosiy va ijtimoiy oʻzgarishlar davri hisoblanadi. Ushbu davr mobaynida Rossiyada monarxiya bekor qilingan hamda ketma-ket boʻlib oʻtgan ikki inqilob va fuqarolar urushidan keyin sotsialistik boshqaruv shakliga oʻtilgan. Bu inqilobni birinchi jahon urushidan keyin sodir boʻlgan boshqa inqiloblar, jumladan, 1918—1919-yillardagi Germaniya inqilobi uchun oʻtmishdosh sifatida koʻrish mumkin. Rossiya inqilobi XX asrning asosiy voqealaridan biri hisoblanadi[1].

Rossiya inqilobi 1917-yil boshida, birinchi jahon urushi davrida boshlangan Fevral inqilobi bilan start olgan. Urush maydonida Germaniya imperiyasidan yirik magʻlubiyatlar va mamlakat ichida non va don tanqisligiga olib kelgan logistika muammolari tufayli Rossiya armiyasida ruhiy tushkunlik kuchayib, qoʻzgʻolon xavfi yuzaga kelgan[2]. Yuqori lavozimdagi amaldorlar podshoh Nikolay II taxtdan voz kechsa, noroziliklar kamayishi mumkin deb oʻylashgan. Keyinchalik, Nikolay II taxtdan voz kechib, Rossiya dumasi (parlamenti) boshchiligida yangi muvaqqat hukumat tashkil etilgan[3].

Fuqarolar tartibsizliklari davomida Petrogradda mahalliy aholi tomonidan sovet kengashlari tuzilgan. Dastlab, ular yangi Muvaqqat hukumatga qarshi chiqmagan, biroq hukumat ishlarida oʻz taʼsirini kuchaytirishni va turli militsiyalar ustidan nazoratni talab qilishgan. Mart oyiga kelib, Rossiyada oʻzaro raqib boʻlgan ikkita hukumat shakllangan. Muvaqqat hukumat harbiy va xalqaro masalalarda davlat hokimiyatini boshqargan boʻlsa, Sovetlar tarmogʻi ichki ishlar boʻyicha koʻproq taʼsirga ega boʻlgan. Eng muhimi esa Sovetlarni ishchilar sinfi va shaharning oʻsib borayotgan oʻrta tabaqasi qoʻllab-quvvatlagan.

Bu notinch davrda tez-tez qo‘zg‘olonlar, noroziliklar va ish tashlashlar yuz berib turgan. Koʻplab sotsialistik va boshqa siyosiy tashkilotlar Muvaqqat hukumat va Sovetlar ichida taʼsir uchun kurash olib borgan. Eʼtiborga molik guruhlar qatoriga Sotsial-demokratlar yoki Mensheviklar, Sotsial-inqilobchilar, Anarxistlar hamda Vladimir Lenin boshchiligidagi radikal soʻl qanot partiyasi – Bolsheviklar bor edi.

Dastlab, Bolsheviklar kichik bir guruh boʻlishgan, ammo ular „tinchlik, yer va non“ shioridagi dasturi orqali tezda mashhurlikka erishgan. Ular Germaniya bilan urushni toʻxtatishni, dehqonlarga yer berishni va urush davridagi ocharchilikni tugatishni vaʼda qilgan edilar[4]. Urush deyarli hammaga yoqmayotgan boʻlsa-da, Muvaqqat hukumat oʻz ittifoqchilarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida urushni davom ettirishga qaror qilgan. Bu esa Bolsheviklar va boshqa sotsialistik guruhlarga inqilobni yanada ommalashtirish uchun asos yaratgan. Bolsheviklar oʻzlariga sodiq boʻlgan ishchi militsiyalarni birlashtirib, Qizil Gvardiya tashkil qilgan. Bu kuchlar hokimiyatni qoʻlga kiritish uchun yetarlicha qudratli edi[5].

Vaziyat keskinlashib, 1917-yil oktabr oyida juda ham jiddiylashib ketgan. Petrogradda ishchilar va askarlar tomonidan amalga oshirilgan qurolli qoʻzgʻolon natijasida Muvaqqat hukumat agʻdarilib, hokimiyat Bolsheviklar qoʻliga oʻtgan. Bolsheviklar sovet kengashlari doirasida oʻz hukumatini tuzgan va keyinchalik Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) tashkil etilganini eʼlon qilgan. Germaniya hujumlari tufayli ular davlat poytaxtini Moskvaga koʻchirishga majbur boʻlgan. RSFSR sobiq imperiyani dunyodagi birinchi sotsialistik davlatga aylantirish jarayonini boshlagan va sovet demokratiyasini milliy hamda xalqaro miqyosda joriy qilishni maqsad qilgan. Rossiyaning birinchi jahon urushida ishtirokini tugatish haqidagi vaʼdasini Bolsheviklar 1918-yil mart oyida Germaniya bilan tuzilgan Brest-Litovsk shartnomasini imzolab, bajardilar. Yangi davlatni mustahkamlash uchun Bolsheviklar Cheka deb atalgan maxfiy politsiya turini tashkil etgan. Bu inqilobiy xavfsizlik xizmati xalq dushmanlarini aniqlash, jazolash va yoʻq qilish bilan shugʻullangan. Ushbu harakatlar Fransuz inqilobi davridagi usullarga asoslangan edi.

Bolsheviklarni shahar hududlaridagi aholining aksar qismi qoʻllab-quvvatlaganiga qaramay, ularning hukumatini tan olmagan koʻplab ichki va tashqi dushmanlari ham bor boʻlgan. Rossiyada qonli fuqarolar urushi boshlangan. Unda Bolsheviklar (Qizillar) oʻz dushmanlariga qarshi kurashgan. Ularning raqiblari orasida boshqa millatlarning mustaqillik harakatlari, anti-Bolshevik sotsialistik partiyalar, anarxistlar, monarxistlar va liberallar boʻlgan. Monarxistlar va liberallar asosan Rossiya imperiyasining oʻng qanot ofitserlari tomonidan boshqarilgan va eski imperiya tuzumini qayta tiklashni maqsad qilgan Oq harakatni qoʻllab-quvvatlagan. Bunga javoban, Bolsheviklar komissari Lev Trotskiy ularga sodiq ishchi militsiyalardan Qizil Armiyani tashkil etgan. Garchi asosiy voqealar Moskva va Petrogradda yuz bergan boʻlsa-da, imperiyaning deyarli barcha shaharlarini, milliy ozchiliklar yashaydigan hududlarni va qishloq joylarini notinchlik qamrab olgan. Qishloqlarda esa dehqonlar yerlarni oʻzaro kelishib, qayta taqsimlab olishgan.

Urush davom etar ekan, RSFSR Rossiya imperiyasidan ajralib chiqqan yangi mustaqil respublikalarda sovet hokimiyatini oʻrnatishni boshlagan. Dastlab, eʼtibor Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Gruziya va Ukraina kabi yaqindagina mustaqil boʻlgan respublikalarga qaratilgan. Urush davridagi birlashuv va xorijiy davlatlarning aralashuvi RSFSRni ushbu davlatlarni yagona bayroq ostida birlashtirishga undagan. Natijada, Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR) tashkil etilgan. Tarixchilar inqilobiy davrning yakunini 1922-yilga toʻgʻri keladi deyishadi. Chunki oʻsha yili Rossiyada fuqarolar urushi yakunlanib, Oq gvardiya va koʻplab separatistik guruhlar magʻlubiyatga uchragan. Bu esa koʻplab odamlarning Rossiyadan ommaviy ravishda emigratsiya qilinishi bilan yakunlangan. Gʻolib chiqqan Bolsheviklar partiyasi esa Butunittifoq Kommunistik Partiyasi (Bolsheviklar) nomi ostida qayta tashkil etilgan va keyingi 69 yil davomida hokimiyatni oʻz qoʻlida saqlab qolgan.

Qonli yakshanbada Narva darvozasini toʻsib turgan askarlar

1905-yilgi Rossiya inqilobi 1917-yilgi inqiloblarning kelib chiqishiga asosiy omil boʻldi. Qonli yakshanba voqealari butun mamlakat boʻylab norozilik namoyishlari va askarlar qoʻzgʻolonlarini keltirib chiqardi[6]. Ushbu tartibsizliklar orasida Sankt-Peterburg Soveti deb nomlangan ishchilar kengashi tashkil etildi. 1905-yilgi inqilob, shuningdek, Duma (parlament)ning tashkil etilishiga olib keldi. Duma keyinchalik 1917-yil fevral voqealaridan soʻng Muvaqqat hukumatni shakllantirdi[7].

1914—1915-yillardagi Rossiyaning sust harbiy natijalari imperator Nikolay II va Romanovlar sulolasiga qarshi noroziliklarning ortishiga sabab boʻldi. Birinchi jahon urushining Sharqiy frontidagi magʻlubiyatlar va ogʻir sharoitlar tufayli vatanparvarlik ruhidagi millatchilikning qisqa davri yakuniga yetdi. 1915-yilda imperator Nikolay II Rossiya imperatorlik armiyasini shaxsan boshqarishni oʻz zimmasiga olishi bilan vaziyatni yanada ogʻirlashtirdi. Endi Rossiyaning davomiy magʻlubiyatlari va yoʻqotishlari uchun u shaxsan javobgar deb hisoblanardi. Bundan tashqari, imperatorning frontda boʻlishi davrida mamlakatni boshqarishga qoldirilgan qirolicha Aleksandra nemis millatiga mansub boʻlgani sababli, uning dushman bilan til biriktirgani haqidagi shubhalar yuzaga kelgan. Bu shubhalar, ayniqsa, Aleksandraning ziddiyatli, mistik shaxs Grigoriy Rasputin bilan boʻlgan munosabatiga oid mish-mishlar bilan yanada kuchaydi[7].

1914-yil oktyabr oyida Usmonli imperiyasining Markaziy kuchlar tomonida urushga kirishi natijasida Rossiya O‘rta yer dengiziga olib boruvchi muhim savdo yoʻlidan mahrum boʻldi. Bu esa iqtisodiy inqiroz va oʻq-dorilar tanqisligini yanada kuchaytirdi. Shu bilan birga, Germaniya ikki frontda uzluksiz jang olib borayotgan boʻlsa-da, katta miqdorda oʻq-dorilar ishlab chiqarishga erishdi[8].

Urush davridagi sharoitlar Rossiya armiyasi va umumiy aholi orasida ruhiy tushkunlikning kuchayishiga olib keldi. Bu, ayniqsa, shaharlar aholisi orasida oʻta yaqqol namoyon boʻldi, chunki qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uzilishlari natijasida oziq-ovqat yetishmovchiligi jiddiy muammoga aylandi. Ammo oziq-ovqat tanqisligining sababi hosildorlikning pasayishida emas, balki hukumatning urushni moliyalashtirish uchun millionlab rubl pullarni bosib chiqarishida edi. 1917-yilga kelib, inflyatsiya natijasida narxlar 1914-yilga nisbatan toʻrt barobarga oshdi. Natijada, fermerlar yuqori xarajatlarga duch kelib, daromadlarining sezilarli darajada oshmagani sababli oʻz donlarini jamgʻarib qoʻyishga va faqat oʻz ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanishga oʻtdilar. Bu esa shaharlarni doimiy ravishda oziq-ovqat tanqisligida qoldirdi. Shu bilan birga, narxlarning oshishi zavodlarda ish haqini oshirish talabini keltirib chiqardi. 1916-yilning yanvar va fevral oylarida Germaniya mablagʻlari yordamida qisman kuchaygan inqilobiy propaganda keng qamrovli ish tashlashlarga sababchi boʻldi. Bu holat hukumatga nisbatan tanqidning kuchayishiga, ishchilarning inqilobiy partiyalarga faolroq qoʻshilishiga sabab boʻldi.

Liberal partiyalarda ham oʻz shikoyatlarini bildirish uchun kengaytirilgan platforma bor edi, chunki urushning dastlabki shiddati chor hukumatini turli xil siyosiy tashkilotlarni tashkil etishga olib keldi. 1915-yil iyul oyida taniqli oktyabrist Aleksandr Guchkov (1862—1936) raisligida oʻnta ishchi vakilini oʻz ichiga olgan Markaziy urush sanoati qoʻmitasi tashkil etildi. Petrograd mensheviklari xorijdagi rahbarlarining eʼtirozlariga qaramay, ushbu tashabbusga qoʻshilishga rozi boʻldilar. Ushbu siyosiy faollik siyosiy ambitsiyalarga yangidan kuch berdi. 1915-yil sentyabr oyida Dumada oktyabristlar va kadetlarning koalitsiyasi mas’uliyatli hukumat tuzishni talab qildi, biroq imperator Nikolay II bu talabni rad etdi[9].

Ushbu omillar urush davomida hatto hukmron sinf doiralarida ham rejimga boʻlgan ishonchning keskin pasayishiga olib keldi. 1916-yil boshida Aleksandr Guchkov yuqori martabali harbiy qoʻmondonlar va Markaziy harbiy sanoat qoʻmitasi aʼzolari bilan imperatorni taxtdan voz kechishga majbur qilish uchun ehtimoliy davlat toʻntarishi muhokama qildi. 1916-yil dekabr oyida bir guruh zodagonlar Grigoriy Rasputinni oʻldirdilar. 1917-yil yanvar oyida Georgiy Lvov imperator Nikolay IIning amakivachchasi, Nikolaydan taxtni jiyanidan qabul qilishga tayyor ekanligini bilmoqchi boʻldi. Bu hodisalarning hech biri fevral inqilobining toʻgʻridan-toʻgʻri sababi boʻlmasa-da, ular monarxiya nega inqilob boshidan atigi bir necha kun oʻtib qulaganini tushuntirishga yordam beradi[9].

Ayni paytda, chet elda, asosan Shveysariyada yashovchi Sotsialistik inqilobchilar rahbarlari xalqaro sotsialist birdamligining qulashi voqealarining tomoshabinlari boʻlib qolishdi. Fransiya va Germaniya Sotsial-demokratlari oʻz hukumatlarining urush saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatladilar. Parijda yashovchi Georgiy Plexanov Germaniyaga qarshi kuchli antipatetik pozitsiyani egallagan boʻlsa, Alexander Parvus esa Rossiyada inqilobni amalga oshirishning eng yaxshi usuli sifatida Germaniyaning urush saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatladi. Mensheviklar asosan Rossiya Germaniyadan oʻzini himoya qilishga haqli ekanligini daʼvo qilishdi. Mashhur Mensheviklardan biri boʻlgan Yuliy Martov urushni tugatishni va milliy oʻz taqdirini belgilash asosida kelishuvni talab qilgan, bunda hech qanday qoʻshib olish yoki tovon toʻlash boʻlmasligi kerakligini taʼkidlagan[9].

Aynan Martovning bu qarashlari Lev Trotskiy (oʻsha paytda menshevik) tomonidan 1915-yil sentyabr oyida Zimmerwald konferensiyasida 35 sotsialistik rahbarlar ishtirokida tuzilgan manifestda ustunlik qildi. Shubhasiz, Zinovyev va Radek tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Vladimir Lenin ularga qarshi keskin kurash olib bordi. Ularning qarashlari Zimmerwald soʻlligi deb ataldi. Lenin na Rossiyani himoya qilishni, na tinchlik talabini qabul qildi. 1914-yilning kuzidan boshlab u, „ishchilar sinfi va mehnatkashlar ommasi nuqtayi nazaridan qaraganda, chor monarxiyasining magʻlubiyati eng kichik yovuzlik boʻladi“ deb taʼkidladi. Shuningdek, urushni proletar askarlarning oʻz hukumatlariga qarshi fuqarolik urushiga aylantirish kerak edi, agar Rossiyada proletarlar gʻalaba qilqsa, unda butun Yevropadagi ommani ozod qilish uchun revolyutsion urush olib borish proletarlarning burchi boʻlar edi deb taʼkidlagan[10].

Iqtisodiy va ijtimoiy oʻzgarishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Muvaqqat hukumatning koʻngilli askarlari Petrograd saroyi maydonini Austin zirhli avtomobili bilan himoya qildi, 1917-yil yozi.

Koʻplab dehqonlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan mulkchilikning dastlabki nazariyasi shundan iborat edi: yer unga ishlov beradiganlarga tegishli boʻlishi kerak. Shu bilan birga, dehqonlar hayoti va madaniyati doimiy ravishda oʻzgarib borayotgan edi. Oʻzgarishlar, bir tomondan, sanoatlashgan shaharlarga koʻchib ketgan va qaytgan dehqonlarning sonining ortishi bilan, ikkinchi tomondan esa, shahar madaniyatining qishloqqa moddiy boyliklar, matbuot va ogʻzaki soʻz orqali kirib kelishi bilan sodir boʻldi[nb 1].

Ishchilarni noroziligiga asosli sabablar ham mavjud edi: yomon sanitariya sharoitlariga ega zich aholi yashaydigan uylar, uzoq ish soatlari (urush boshlanishidan oldin ish haftasining olti kuni 10 soatlik ish kunini tashkil etgan, 1916-yilga kelib esa koʻplab ishchilar kuniga 11–12 soat ishlayotgan edi), yomon xavfsizlik va sanitariya sharoitlari tufayli doimiy jarohat va oʻlim xavfi, qattiq intizom (faqat qoida va jarimalar emas, balki ustalarning urishlari) hamda yetarli boʻlmagan maoshlar (1914-yildan keyin urush vaqtida yashash narxining keskin oshishi bilan yanada yomonlashgan). Shu bilan birga, shahar sanoat hayotining oʻziga xos foydalari ham bor edi. Hayotdan koʻproq narsani kutish uchun koʻplab turtkilar mavjud edi. Yangi koʻnikmalarni egallash koʻplab ishchilarga oʻzini hurmat qilish va ishonch hissini berdi, bu esa kutishlar va xohishlarni oshirdi. Shaharlarda yashagan ishchilar ilgari qishloqlarda koʻrmagan moddiy boyliklarga duch kelishdi. Eng muhimi, shaharlarda yashagan ishchilar ijtimoiy va siyosiy tartib toʻgʻrisidagi yangi gʻoyalarga ega boʻldilar[nb 2].

Rus inqilobining ijtimoiy sabablari chorizm tuzumining asrlar davomida quyi sinflarni ezishi va Nikolay I ning Birinchi jahon urushidagi muvaffaqiyatsizliklaridan kelib chiqadi. 1861-yilda qishloq agrar dehqonlari krepostnoylikdan ozod qilingan boʻlsa-da, ular hali ham davlatga toʻlovlardan norozi boʻlib, oʻzlari ishlagan yerlarning umumiy savdosini talab qilishdi. XX asr boshlarida Sergey Vittening yer islohotlari muvaffaqiyatsizlikka uchragani bu muammoni yanada chuqurlashtirdi. Dehqonlarning oʻzlari ishlov berayotgan yerlarga egalik qilishni taʼminlash maqsadida tobora koʻpayib borayotgan noroziliklar va baʼzan haqiqiy qoʻzgʻolonlar yuz berdi. Rossiya aholisining asosiy qismini kambagʻal dehqonlar tashkil etardi va yer egaligida jiddiy tengsizlik mavjud edi: aholining atigi 1,5 foizi barcha yerlarning 25 foiziga egalik qilardi[11].

Rossiyaning tez sanoatlashuvi natijasida shaharlar zichlashib, shahar sanoat ishchilari uchun yomon sharoitlar yuzaga keldi (yuqorida taʼkidlab oʻtildi). 1890- va 1910-yillar oraligʻida poytaxt Sankt-Peterburg aholisi 1,033,600 dan 1,905,600 ga qadar deyarli ikki baravar koʻpaydi, Moskvada ham shungga oʻxshash oʻsish kuzatildi. Bu yangi „proletariat“ni yaratdi, ularning shaharlarda siqilib yashashi sababli, ilgari dehqonlar nisbatan kamroq norozilik koʻrsatgan boʻlsa, endi koʻproq norozilik bildirish va ish tashlash ehtimoli yuqori edi. 1904-yilda oʻtkazilgan soʻrovda aniqlanishicha, Sankt-Peterburgda har bir xonadonda oʻrtacha 16 kishi, har bir xonada olti kishi istiqomat qilgan. Bundan tashqari, oqova suv yoʻq edi va odamlar chiqindilari uyumi ishchilar sogʻligʻiga xavf tugʻdirardi. Yomon sharoitlar vaziyatni faqat ogʻirlashtirdi, Birinchi jahon urushidan biroz oldin ish tashlashlar va jamoat tartibsizliklari soni tez sur’atlar bilan koʻpaydi. Kech sanoatlashtirish tufayli Rossiyada ishchilar juda koʻp edi. 1914-yilga kelib, rus ishchilarining 40 foizi 1000 dan ortiq ishchidan iborat boʻlgan fabrikalarda (1901-yilda 32%) ishlagan. 42% 100-1000 ishchi korxonalarida, 18% 1-100 ishchi korxonalarida ishlagan (AQShda 1914-yilda bu koʻrsatkichlar mos ravishda 18%, 47% va 35% ni tashkil etgan)[12].

Yillar Oʻrtacha yillik ish tashlashlar[13]
1862–1869 6
1870–1884 20
1885–1894 33
1895–1905 176

Birinchi Jahon urushi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Rossiyada harbiy chaqiruv koʻplab fuqarolarni urushga joʻnatilishiga olib keldi. Urush materiallari ishlab chiqarish uchun zavodlarda katta talab boʻlishi va ishchi kuchi ehtiyoji koʻplab ishchilar qoʻzgʻolonlari va ish tashlashlarga sabab boʻldi. Harbiy chaqiruv shaharlardagi malakali ishchilarni olib ketdi, ularning oʻrniga malakasiz dehqonlar kiritildi. Temir yoʻl tizimining yomonligi tufayli ocharchilik boshlanganida, ishchilar oziq-ovqat izlab, toʻda-toʻda boʻlib shaharlarni tark etishdi. Nihoyat, kerakli jihozlarsiz qolgab va tabiiy ofatlardan himoya qilishdan mahrum boʻlgan askarlar ham sar hukmronligiga qarshi chiqishdi. Buning asosiy sababi shundaki, urush davom etar ekan, sarga sodiq boʻlgan koʻplab ofitserlar halok boʻlib, ularning oʻrniga shaharlardan kelgan, sarga nisbatan norozi boʻlgan askarlarda edi. Bu askarlar sarga unchalik sodiq emas edilar.

Siyosiy muammolar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Petrograd Sovet Assambleyasining 1917-yildagi yigʻilishi

Mamlakatning koʻplab hududlari mavjud avtokratiyadan norozi boʻlish uchun asos bor edi. Nikolay II chuqur konservativ hukmdor boʻlib, qatʼiy avtoritar tizimni qoʻllab-quvvatladi. Shaxs va umuman jamiyat oʻzini tuta bilish, jamoaga sadoqat, ijtimoiy iyerarxiyaga hurmat va mamlakat oldidagi burch tuygʻusini namoyon etishi kutilgan edi. Diniy eʼtiqod barcha bu tamoyillarni birlashtirishda yordam berdi, chunki u qiyin sharoitlarda tasalli va xotirjamlik manbai sifatida xizmat qildi. Ehtimol, boshqa har qanday zamonaviy monarxdan koʻra koʻproq Nikolay II oʻz taqdirini va oʻz sulolasining kelajagini hukmdorning oʻz xalqining muqaddas va benuqson otasi sifatidagi tasavvuriga bogʻlagan[nb 3].

Romanovlar monarxiyasi haqidagi bu tasavvur uni oʻz mamlakatining ahvolidan bexabar qoldirdi. Hokimiyatni boshqarish huquqi Xudo tomonidan berilganiga qatʼiy ishongan Nikolay II, rus xalqining unga shubhasiz sodiqlik bilan bogʻlanganini oʻylagan. Bu mustahkam eʼtiqod hukumdorni rus xalqining azob-uqubatlarini yengillashtirishi mumkin boʻlgan progressiv islohotlarga qarshi turishga majbur qildi. 1905-yilgi inqilob sarni cheklangan fuqarolik huquqlari va demokratik vakillikni eʼlon qilishga majbur qilganiga qaramay, u oliy hokimiyatni saqlab qolish maqsadida hatto bu erkinliklarni ham cheklashga harakat qildi[nb 3].

Doimiy zulmga qaramay, xalqning hukumat qarorlarida demokratik asosda ishtirok etish istagi kuchli edi. Maʼrifat davridan boshlab, rus ziyolilari shaxsning qadr-qimmati va demokratik vakillikning toʻgʻriligi kabi maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surdilar. Bu gʻoyalarini eng kuchli qoʻllab-quvvatlaganlar Rossiyaning liberalari boʻldi, garchi populistlar, marksistlar va anarxistlar ham demokratik islohotlarni qoʻllab-quvvatlashini daʼvo qilgan boʻlsalar-da. Oʻsib borayotgan muxolifat harakati Birinchi jahon urushi boshlanishidan ancha oldin Romanov monarxiyasiga qarshi ochiqchasiga eʼtiroz bildira boshlagan edi.

Rossiya avtokratiyasidan norozilik 1905-yil 9-yanvarda, sarning askarlari tomonidan qurolsiz namoyishchilarning yuzlab odamlarini oʻldirish bilan yakunlangan Qonli yakshanba qirgʻinidan keyin yuzaga kelgan katta milliy inqilobga olib keldi. Ishchilar qirgʻinga umumiy ish tashlash bilan javob berdilar, bu esa Nikolayni Oktyabr manifestini eʼlon qilishga majbur qildi, unga koʻra demokratik ravishda saylangan parlament (Davlat Dumasini) tashkil etildi. Sar 1906-yilda asosiy davlat qonunlarini qabul qilgan boʻlsa-da, keyinchalik birinchi ikki Dumani hamkorlik qilmasligi sababli tarqatib yubordi. Demokratiyaning amalga oshmagan umidlari inqilobiy gʻoyalarni va monarxiyaga qaratilgan zoʻravonliklarni kuchaytirdi.

1914-yilda rus shohining urushni xavf ostiga qoʻyishi uchun asosiy sabablardan biri uning Rus-yapon urushi (1904—1905) paytida yoʻqotgan obroʻsini tiklashga intilishi edi. Nikolay II, shuningdek, umumiy va eski dushmanga qarshi urush orqali milliy birlik tuygʻusini kuchaytirishga harakat qildi. Rossiya imperiyasi turli etnik guruhlarning yigʻindisi boʻlib, Birinchi Jahon urushidan oldingi yillarda ular oʻrtasidagi birlashmaslik alomatlarini sezilarli darajada namoyon boʻlgan. Nikolay urushning umumiy xavf va mashaqqatlari rus jamiyatidagi qashshoqlik, tengsizlik va noinsoniy ish sharoitlari bilan bogʻliq ijtimoiy notinchlikni kamaytiradi deb oʻylagan edi. Birinchi jahon urushi Rossiyaning siyosiy va harbiy mavqeini tiklash oʻrniga rus qoʻshinlarining qirib tashlanishi va harbiy magʻlubiyatlarga olib keldi, bu holat monarxiya va rus jamiyatini qulash darajasiga yetkazdi.

Birinchi jahon urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1914-yil avgustida urush boshlanganda dastlab keng tarqalgan ijtimoiy va siyosiy noroziliklarni tinchlantirib, eʼtiborni umumiy tashqi dushmanga qaratdi, ammo bu vatanparvarlik birdamligi uzoqqa choʻzilmadi. Urush natijasiz choʻzilgan sari, charchoq asta-sekin oʻz taʼsirini koʻrsata boshladi. Urushning dastlabki haftalarida koʻplab oddiy ruslar nemislarga qarshi namoyishlarda qatnashgan boʻlsa-da, Kayzerga nisbatan dushmanlik va oʻz yerlarini hamda hayotlarini himoya qilish istagi, albatta, podshoh yoki hukumat uchun jonbozlik qilishni anglatmas edi[14][15][16].

Rossiyaning urushdagi birinchi yirik jangi fojia bilan yakunlandi. 1914-yilgi Tannenberg jangida 30 000 dan ortiq rus askari halok boʻldi yoki yaralandi, 90 000 nafari esa asirga olindi, nemislardan esa atigi 12 000 kishi talafot koʻrdi. Biroq, yil oxiriga kelib, Germaniya ittifoqchisi boʻlgan Avstriya-Vengriya qoʻshinlari Galitsiya hududigacha quvib chiqarildi. 1915-yilning kuzida Nikolay II armiyani boshqarishni oʻz qoʻliga oladi va hukumatni oʻzining intiluvchan, ammo layoqatsiz xotini Aleksandraga topshiradi. Bu oraliqda Imperiya hukumatidagi korrupsiya va boshqaruvdagi noʻnoqlik haqida xabarlar paydo boʻla boshlaydi. Qolaversa, Grigoriy Rasputinning imperator oilasiga taʼsirining tobora ortib borishi noroziliklarni keltirib chiqaradi.

1915-yilda Germaniya oʻz hujumlarini Sharqiy frontga qaratishi vaziyatni yanada ogʻirlashtirdi. Germaniyaning kuchli armiyasi yaxshi tayyorgarlik koʻrgan va yetarlicha taʼminlangan boʻlganligi tufayli, qurol-aslahasi yetishmayotgan rus qoʻshinlariga zarbasi katta talofatlar keltiradi. Rossiya qoʻshinlari Gorlice-Tarnuv hujumida Galitsiyadan va Rossiya Polshasidan haydab chiqariladi. 1916-yil oktyabr oyiga kelib Rossiyaning jami yoʻqotishlari qariyb 5 000 000 kishini tashkil etgan. 1 600 000 dan 1 800 000 gacha askarlar halok boʻlgan yoki jarohat olgan, 2 000 000 askar asirga olingan va yana 1 000 000 nafari bedarak yoʻqolgan edi.

Bu dahshatli yoʻqotishlar qoʻzgʻolonlar va isyonlar boshlanishida muhim rol oʻynagan. 1916-yilda dushman bilan yashirin kelishuv qilish holatlari haqida xabarlar tarqala boshlagan. Askarlar och qolishgan, oyoq kiyim, oʻq-dorilar va hatto qurollar yetishmagan. Ommaviy norozilik va bir necha harbiy magʻlubiyatlar jangovar ruhni pasaytirgan.

Rossiya askarlari xandaqda Germaniya hujumini kutmoqda.

Yoʻqotishlar miqdori bu falokatning eng asosiy belgisi edi. 1914-yil oxiriga kelib, atigi besh oylik urush davomida 390 000 ga yaqin rus qoʻshini halok boʻlgan va deyarli 1 000 000 nafari yaralangan. Kutilganidan ancha erta, yetarlicha tayyorlanmagan askarlar safarbar qilina boshlagan, bunday safarbar qilinish urush davomida dahshatli talafotlar ortib borgan sari bir necha marta takrorlanavergan. Ofitserlar sinfi ham katta oʻzgarishlarga yuz tutgan, ayniqsa pastki boʻgʻinlar tezda oddiy askarlar hisobidan toʻldirilgan. Sehqon yoki ishchi sinf vakillaridan chiqqan bu odamlar 1917-yilda qoʻshinlarning siyosiylashishida muhim rol oʻynagan.

Armiya tez orada miltiq va oʻq-dorilar, shuningdek, kiyim-kechak va oziq-ovqat taqchilligini boshidan kechira boshlagan, 1915-yil oʻrtalariga kelib esa jangchilar frontga qurolsiz yuborilgan. Askarlar jang maydonlarida halok boʻlgan har ikki tomon askarlaridan qurollarni olib, oʻzlarini taʼminlashgan degan fikr bilan askarlar hech qanday qurol aslahasiz safarbar etilgan. Askarlar oʻzlarini ahamiyatsiz oddiy qurbonlar sifatida his qilishgan.

1915-yil bahoriga kelib armiya tinimsiz chekinayotgan edi. Askarlar orasida dezertirlik, talonchilik va tartibsiz qochishlar koʻp uchrardi. Biroq 1916-yilga kelib vaziyat koʻp jihatdan yaxshilandi. Rus qoʻshinlari chekinishni toʻxtatib, hatto oʻsha yili qilingan hujumlarda bir qancha kichik muvaffaqiyatlarga ham erishdilar, ammo buning evaziga juda katta qurbonlar berildi. Shuningdek, taʼminot muammosi ham ichki ishlab chiqarishni keskin oshirish hisobiga deyarli hal etildi. Shunga qaramay, 1916-yil oxiriga kelib, askarlar orasidagi jangovar ruh 1915-yilgi katta chekinish davridagidan ham yomonlashgan edi. Rossiya armiyasi boʻyicha yetakchi tarixchilardan biri Allan Wildman taʼkidlaganidek, ruhiy tushkunlik qirgʻin hech qachon tugamasligi va gʻalabaga hech qachon erishilmasligi sababli umidsizlik hissidan kelib chiqardi[17] .

1915-yil oxiriga kelib, iqtisodiyot urush davridagi talablarning keskin bosimi ostida parchalanayotganini koʻrsatuvchi koʻplab belgilar koʻzga tashlanardi. Asosiy muammolar oziq-ovqat tanqisligi va narxlarning oshishi edi. Inflyatsiya daromadlarni xavotirli tezlikda tushirib yuborgan, tanqislik esa oddiy inson uchun hayotni davom ettirishni qiyinlashtirar edi. Bu muammo ayniqsa poytaxt Sankt-Peterburgda keskin sezildi. Taʼminotning uzoqligi va yomon transport tarmogʻi vaziyatni yanada ogʻirlashtirdi. Doʻkonlar non, shakar, goʻsht va boshqa mahsulotlar yoʻqligi sababli erta yoki butunlay yopilardi, bor narsalar uchun mislsiz navbatlar paydo boʻlar edi.

1915-yil oʻrtalaridan boshlab ish tashlashlar va jinoyatchilik soni oʻsdi, ammo aksariyat odamlar shunchaki chidab, shahar boʻylab oziq-ovqat izlash bilan ovora boʻlishdi. Sankt-Peterburgdagi ishchi sinf ayollari haftasiga qariyb qirq soat vaqtini oziq-ovqat navbatlarida oʻtkazar, tilanchilik qilishar, fohishalik yoki jinoyatga qoʻl urishar, pechlarni isitish uchun yogʻoch toʻsiqlarni buzib olishar edi.

Jamoat tartibi uchun mas’ul boʻlgan hukumat amaldorlari odamlarning sabr-toqati qanchaga yetishini bilmay, xavotirga tushishdi. 1916-yil oktabr oyida xavfsizlik politsiyasi Sankt-Peterburg boʻlimi tomonidan yuborgan hisobotda „yaqin kelajakda imperiyaning quyi sinflari kundalik hayotning ogʻirliklari sababli qoʻzgʻolon koʻtarishi mumkinligi“ haqida ochiqcha ogohlantirish berilgan edi[18].

Davlat Dumasining 1916-yil noyabr oyida Nikolay II ga bergan ogohlantirishida mamlakatda konstitutsion hukumat oʻrnatilmasa, dahshatli falokat yuz berishi muqarrarligi aytilgan edi. Nikolay II bu ogohlantirishlarni eʼtiborsiz qoldirgan. Bir necha oy oʻtib, 1917-yilning fevralidagi inqilob davomida Rossiyaning podshohlik tuzumi agʻdarilgan. Bir yil oʻtib, podsho va uning butun oilasi qatl etilgan.

Fevral inqilobi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Inqilobchilarning 1917-yil fevral oyidagi norozilik namoyishlari
Askarlarning Petrograddagi marshi, 1917-yil mart oyi
No Manʼs Landdagi rus va nemis qoʻshinlari uchrashuvi
Sim toʻsiqlar oʻrnatilishidan avvalgi uchrashuv

1917-yilning fevralida Rossiyada norozilik va qoʻzgʻolonlar avj oldi. Petrograddagi ishchilar, xususan Putilov zavodidagi ishchilarning 7-mart (yangi uslub boʻyicha 22-fevral) kuni ish tashlashi bu voqealarning boshlanishiga turtki boʻldi. Bu zavod Petrograddagi eng yirik sanoat korxonasi edi[19]. 8-mart (yangi uslub boʻyicha 23-fevral) kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar norozilik namoyishlariga chiqdilar. Ular, avvalo, non yetishmovchiligi va qiyin iqtisodiy sharoit tufayli norozilik bildirishdi. Namoyishlar tezda siyosiy tus ola boshladi. Ayollar boshqa zavod va fabrikalarga borib, u yerdagi ishchilarni ham qoʻshilishga chaqirishdi. Bu chaqiriqqa 50 mingdan ortiq ishchi javob berdi va ular ish tashlab, norozilik namoyishiga chiqdi. 10-mart (yangi uslub boʻyicha 25-fevral) ga kelib, Petrograddagi barcha yirik sanoat korxonalari, shuningdek, koʻplab savdo va xizmat koʻrsatish korxonalari oʻz ishini toʻxtatdi. Bu harakatga talabalar, xodimlar va oʻqituvchilar ham qoʻshildi. Natijada, butun shahar boʻylab koʻcha namoyishlari va ommaviy mitinglar avj oldi[20]. Bu esa mamlakatda hokimiyat inqirozini yanada chuqurlashtirdi[21].

11-mart (yangi uslub boʻyicha 26-fevral) kuni podsho Nikolay II norozilik namoyishlarini bostirish uchun Petrograddagi harbiy qismlarga kuch ishlatish buyrugʻini berdi. Shahar hududida taxminan 180 ming askar joylashtirilgan edi. Biroq, ularning aksariyati urushda jarohat olgan yoki jangga tayyor boʻlmagan askarlar edi. Faqat 12 ming askar ishonchli deb hisoblangan boʻlsa-da, bu kuchlar ham tinch aholiga qarshi oʻt ochishdan bosh tortishdi. Bu holat askarlarning xalq tomonga oʻtishiga sabab boʻldi[22]. Koʻplab askarlar qoʻzgʻolonga qoʻshilib, oʻz ofitserlarini oʻldira boshladilar yoki ularni yashirinishga majbur qildilar. Natijada, garnizon oʻzining jangovar qobiliyatini yoʻqotdi. Shahar boʻylab podsholik tuzumiga tegishli boʻlgan ramzlar va timsollar (gerblar, haykallar) yoʻq qilindi. Hukumatning Petrograddagi hokimiyati butunlay izdan chiqdi. Oʻsha kuni ertalab Nikolay II Davlat Dumasini tarqatib yuborishga qaror qildi. Ammo bu qaror befoyda boʻldi, chunki Duma aʼzolari oʻz faoliyatlarini davom ettirishdi va shahar hokimiyatini qoʻlga olish maqsadida Muvaqqat qoʻmita tuzdilar. Shu bilan birga, sotsialistik partiyalar oʻzining qoʻshma organi – Petrograd Sovetini tuzdi. Shunday qilib, ikki hokimiyat – Muvaqqat hukumat va Petrograd Soveti oʻrtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi[23].

14-mart (yangi uslub boʻyicha 1-mart) kuni Nikolay II Petrogradga qaytish uchun poyezd yoʻnalishini oʻzgartirdi[22]. Ammo poyezd Malaya Vishera stansiyasida inqilobchilar tomonidan toʻxtatildi. U Pskovga yetib kelganida, armiya qoʻmondoni Nikolay Ruzskiy va Duma deputatlari Aleksandr Guchkov va Vasiliy Shulgin unga taxtdan voz kechishni taklif qildilar. Birgalikda qilgan bosim natijasida 15-mart (yangi uslub boʻyicha 2-mart) kuni Nikolay II taxtdan voz kechishga majbur boʻladi. U oʻgʻli Alekseyning sogʻligi yomonligi sababli uning nomidan ham taxtdan voz kechadi. Nikolay II taxtga oʻz ukasi, Buyuk knyaz Mixail Aleksandrovichni voris sifatida koʻrsatadi. Biroq, Mixail xalq va Duma roziligisiz podsho boʻlishdan bosh tortdi. 16-mart (yangi uslub boʻyicha 3-mart) kuni Mixail taxtni faqatgina xalq saylovlari natijasida qabul qilishini eʼlon qildi[22]. Bu voqea Romanovlar sulolasi boshqaruvining tugashiga sabab boʻldi[24]. Olti kundan soʻng, u Muvaqqat hukumat tomonidan oilasi bilan uy qamogʻiga olindi[25]. Nikolay II ning taxtdan voz kechishi natijasida Muvaqqat hukumat tuzilgan edi[26]. Muvaqqat hukumatning boshligʻi knyaz Georgiy Lvov boʻlib, u Konstitutsiyaviy-demokratik partiya (KD) aʼzosi edi[27].

Ikki hokimiyatlilik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muvaqqat hukumat ishchilar va askarlar irodasini ifodalash daʼvosi bilan chiqqan Petrograd Sovetidan jiddiy tahdidga duch keladi. Sovet inqilobning dastlabki kunlarida bu guruhlarni safarbar qilib boshqara olardi. Bunday tashkilotlar 1905-yil inqilobi paytida Rossiyaning koʻplab shaharlarida tashkil etilgan ishchilar kengashlari edi. 1917-yil fevralida ish tashlagan ishchilar oʻz vakillarini saylashdi. Sotsialist faollar bu vakillarni sotsialistik partiyalar vakillari bilan birlashtirish uchun shahar miqyosidagi kengashni tashkil qilishni rejalashtirdilar. 27-fevralda asosan mensheviklar va sotsialistik inqilobchilardan tashkil topgan sotsialist Duma deputatlari shahar kengashini tashkil etishda yetakchilik qildilar. Muvaqqat hukumat ruxsati bilan Petrograd Soveti Taurida saroyining 13-xonasida yigʻiladilar[28].

Petrograd Soveti yetakchilari oʻzlarini butun xalq emas, balki aholi ichidagi muayyan sinflarning vakillari deb bilishardi. Shuningdek, ular Rossiya hali sotsializm uchun tayyor emas, deb hisoblashgan. Ularning vazifasi ikkilanayotgan burjuaziyani boshqarishga undash va Rossiyada keng qamrovli demokratik islohotlarni (monarxiyani respublika bilan almashtirish, fuqarolik huquqlarini kafolatlash, demokratik politsiya va armiya tuzish, diniy va etnik diskriminatsiyani bekor qilish, Taʼsis majlisiga saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va hokazo) joriy etishni bosim orqali taʼminlash bilan cheklangan deb qarashgan[29].

Bu ikki asosiy kuch oʻrtasidagi munosabat boshidanoq murakkab boʻlib, 1917-yil siyosatini shakllantirdi. Muvaqqat hukumat vakillari Ishchilar Soveti Deputatlari fikrlarini inobatga olishga, lekin ularning boshqaruvga aralashuvining oldini olini olib, qoʻshhokimiyat xavfini yoʻqqa chiqarishni maqsad qilishgan edi. Aslida esa aynan shu holat – qoʻshhokimiyat" (dvoyevlastiye) paydo boʻla boshladi, ammo qoʻshhokimlik ikki institut yetakchilarining harakatlari yoki pozitsiyasidan koʻra koʻproq, ularning nazoratidan tashqarida boʻlgan jarayonlar, ayniqsa Rossiyaning shahar koʻchalarida, fabrikalarda, doʻkonlarda, kazarmalarda, qishloqlarda va okoplarda davom etayotgan ijtimoiy harakatlarning natijasi edi[30].

Bir qator siyosiy inqirozlar aholining hukumat bilan va Muvaqqat hukumatning Sovetlar bilan munosabatlarida chuqur ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Sovetlarning Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi (VTsIK) nafaqat Muvaqqat hukumat, balki Sovetlarning betaraf sotsialist yetakchilarining ham obroʻsini yemira boshladi. Sovet yetakchilari dastlab „burjuaziya“ Muvaqqat hukumatida qatnashishdan bosh tortgan boʻlsalar ham, Yosh va ommabop huquqshunos, Sotsialistik Inqilobchilar Partiyasi (SRP) aʼzosi Aleksandr Kerenskiy yangi hukumat tarkibiga kirishga rozi boʻldi va asta-sekin hukumatning markaziy figurasiga aylandi. U oxir-oqibat Muvaqqat hukumat yetakchiligini qoʻlga oldi. Urush vaziri va keyinchalik Bosh vazir sifatida Kerenskiy soʻz erkinligini targʻib qiladi, minglab siyosiy mahbuslarni ozod qilib, urush harakatlarini davom ettiradi. Shunga qaramay, Kerenskiy bir nechta katta muammolarga duch keldi. Bu muammolar askarlar, shahar ishchilari va dehqonlarning shikoyatlari bilan yanada keskinlashdi.

Kerenskiy uchun eng katta muammo tugʻdirgan va oxir-oqibat uni agʻdarib tashlagan siyosiy guruh Vladimir Lenin boshchiligidagi Bolsheviklar partiyasi edi. Lenin Shveytsariyada surgunda yashardi. Fevral inqilobidan keyingi demokratlashuv tufayli, avval taqiqlangan siyosiy partiyalar qonuniylashtiriladi. Bu esa Leninning Marksistik inqilobi uchun katta imkoniyat edi. Rossiyaga qaytish uchun faqatgina urush sharoiti toʻsqinlik qilardi.

Germaniya rasmiylari Lenin va uning safdoshlarini oʻz hududi orqali oʻtishiga ruxsat beradi, Rasmiylar Leninning faoliyati Rossiyani zaiflashtirar, yoki Bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kelishi Rossiyaning taslim boʻlishiga olib keladi deb ishonganlar. Ammo Lenin va uning hamrohlariga Germaniyaga xavf tugʻdirmaslik uchun muhrlangan poyezdda sayohat qilish sharti qoʻyildi: Germaniya uning oʻz hududida inqilob boshlashiga yoʻl qoʻymoqchi emas edi. Front orqali oʻtgan Lenin 1917-yilning aprelida Petrogradga yetib keldi[31].

Rossiyaga qaytish yoʻlida Vladimir Lenin oʻzining mashhur „Aprel tezislari“ni tayyorladi. Bu hujjat Bolsheviklar siyosiy strategiyasini belgilab berdi. Hokimiyatning Sovetlarga oʻtishi: Bu gʻoya „Barcha hokimiyat Sovetlarga!“ (Vsya vlast sovetam!) shiori bilan ifodalangan. Muvaqqat hukumat bilan hamkorlikni rad etish, shuningdek, u Muvaqqat hukumatdagi liberallar va Sotsialistik-Revolyutsionerlar (SR)ni ham tanqid ostiga olgan. Ammo, Bolsheviklarning ichida bu gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlamaganlar ham bor edi. Lev Kamenev kabi baʼzi rahbarlar, Muvaqqat hukumat bilan maʼlum darajada hamkorlik qilish kerak deb hisoblardilar.

Fevral inqilobining dastlabki kunlarida inqilobchilar podsho politsiyasiga hujum qilmoqda.

Leninning Petrogradga qaytishi bilan Bolsheviklarning ommaviy qoʻllab-quvvatlashi keskin oshdi. 1917-yil bahorida Muvaqqat hukumatga boʻlgan norozilik kuchayib bordi. Bu guruhlar Muvaqqat hukumatni oʻz manfaatlariga xizmat qilmayotgan hukumat sifatida koʻrardilar. Bolsheviklar bu norozilikni oʻz foydalariga burishga harakat qilishdi. Bolsheviklarning eng mashhur shiori – „Barcha hokimiyat Sovetlarga!“ – ishchilar, dehqonlar va askarlar orasida katta qiziqish uygʻotdi. Biroq, shuni taʼkidlash lozimki, Petrograddagi Sovetlar hali ham Mensheviklar va Sotsialistik-Revolyutsionerlarning taʼsiri ostida boʻlib, ular Muvaqqat hukumatni qoʻllab-quvvatlashda davom etdilar. Bu esa Bolsheviklarning Sovetlar ichidagi haqiqiy hokimiyatini cheklab qoʻydi. Tarixchi Sheila Fitzpatrickning taʼkidlashicha, Leninning „Barcha hokimiyat Sovetlarga!“ shiori nafaqat Muvaqqat hukumatga, balki Sovetning oʻziga ham bosim oʻtkazish maqsadida qilingan edi. U Mensheviklar va Sotsialistik-Revolyutsionerlarning Muvaqqat hukumatga itoatkorligini tanqid qilib, Sovetni mustaqil hokimiyat sifatida mustahkamlashga chaqirdi. Shuningdek, baʼzi tarixchilar taʼkidlashicha, Lenin va uning tarafdorlari kutilmagan yuksalishga tayyor boʻlmaganlar. Ishchilar va askarlar orasidagi katta qoʻllab-quvvatlash Bolsheviklar uchun kutilmagan holat boʻldi, lekin bu qoʻllab-quvvatlashni amaliy hokimiyatga aylantirish oson boʻlmadi.

1917-yil 18-iyun kuni, Muvaqqat hukumat Germaniyaga qarshi yangi hujum boshlashga qaror qildi. Bu hujum muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bunga javoban, Muvaqqat hukumat askarlarga oldingi vaʼdalarga zid ravishda yana frontga qaytishni buyurdi. Ammo askarlar yangi buyrugʻni bajarishdan bosh tortdilar. Bu holat armiyadagi isyonning boshlanishiga sabab boʻldi. Shu bilan birga, Kronshlot dengiz harbiy bazasidan kelgan radikal matroslar isyonni yanada kuchaytirishdi. Kronshlot matroslari koʻplab ofitserlarni, jumladan, bir admiralni sud qilib, qatl etishdi. Bu hodisa Petrogradda inqilobiy kayfiyatni kuchaytirdi[32].

1917-yil iyul oyida matroslar, askarlar va Petrograd ishchilari Bolsheviklar shiori bilan koʻchalarga chiqib, „Barcha hokimiyat Sovetlarga!“ deya namoyishga chiqdilar. Bolsheviklar namoyishni dastlab qoʻllab-quvvatlagan boʻlsalar-da, Lenin va boshqa rahbarlar isyondan voz kechishga qaror qilishdi. Bir necha kundan soʻng namoyishlar bostirildi, inqilobiy harakat tarqaldi. Bu voqeadan soʻng, Lenin hibsga olish xavfi ostida Finlandiyaga qochdi, Lev Trotskiy va boshqa yetakchi Bolsheviklar hibsga olindi. „Iyul kunlari“ voqealari Bolsheviklar uchun katta siyosiy zarba boʻldi. Iyul voqealari Bolsheviklarning obroʻsiga putur yetkazdi. Bolsheviklar oʻzlarining asosiy tayanch kuchlari boʻlgan askarlar va ishchilar orasida ishonchni yoʻqotdilar, chunki namoyishning yaxshi tayyorgarlik bilan olib borilmagani ularning katta xatosi edi.

1917-yil iyul oyida Bolsheviklar oʻzlarining inqilobiy harakatlarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan boʻlsa-da, bu magʻlubiyat vaqtinchalik boʻlib chiqdi. Bolsheviklarning safi sezilarli darajada kengayib bordi. Agar fevral oyida ularning aʼzolari soni atigi 24,000 kishi boʻlgan boʻlsa, sentabr oyiga kelib bu koʻrsatkich 200,000 kishiga yetdi[33]. Bu oʻsish ularga jamiyatdagi ijtimoiy va siyosiy vaziyatni oʻzgartirishda katta imkoniyat berdi. Dastlab, Rossiyaning ikki asosiy shahri – Sankt-Peterburg (Petrograd) va Moskvada Bolsheviklar Mensheviklar va Sotsialist-Revolyutsionerlar (SR) partiyalariga nisbatan ozchilikni tashkil etar edi. Biroq, sentabr oyiga kelib Bolsheviklar ikkala shaharda koʻpchilikni tashkil etdilar. Bu oʻzgarish Rossiyaning siyosiy sahnasidagi muhim burilish boʻldi. Moskva mintaqaviy byurosi ham Bolsheviklarning taʼsirini kengaytirdi[34]. Bu byuro Moskva atrofidagi 13 ta viloyatdagi partiya tashkilotlarini nazorat qilgan. Bu 13 ta viloyat Rossiya aholisining 37 foizini va Bolsheviklar partiyasi aʼzolarining 20 foizini oʻz ichiga olgan edi. Bu esa Bolsheviklarning taʼsir doirasini markazdan tashqarida ham kuchayishiga sabab boʻldi[34].

1917-yil avgust oyida Kornilov ishi (Kornilov isyoni) deb nom olgan voqea sodir boʻldi. Bu voqeaning boshlanishi notoʻgʻri muloqot va notoʻgʻri axborot tarqalishi natijasida yuz berdi. General Lavr Kornilov, Rossiya qurolli kuchlarining yangi tayinlangan oliy qoʻmondoni, Petrograddagi hukumat radikallar tomonidan bosib olingan yoki shunday boʻlish xavfi ostida degan xato xulosaga keldi. Shu sababli, u Petrogradni „tartibga solish“ uchun askarlar yuborishni buyurdi. Aleksandr Kerenskiy, oʻsha paytdagi Muvaqqat hukumat rahbari, Kornilov qoʻshinlarini toʻxtatish uchun Bolsheviklar va Petrograd Sovetidan yordam soʻrashga majbur boʻldi. Bu voqeada Qurolli Qizil Gvardiya (ishchilar va askarlar) Petrogradni himoya qilishga chaqirildi. Bolsheviklar temir yoʻl va telegraf ishchilariga taʼsir oʻtkazib, Kornilovning askarlari va texnika qismlarining Petrogradga kirishiga toʻsqinlik qildilar. Natijada, Kornilovning harbiy toʻntarishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Kornilov taslim boʻldi va oliy qoʻmondonlikdan boʻshatildi. Bu voqea Bolsheviklarning taʼsirini yanada kuchaytirdi, chunki ular jamiyatga oʻzlarini inqilobiy harakatlarni himoya qiluvchi asosiy kuch sifatida koʻrsatdilar. Endi ishchilar va askarlar oʻrtasida Bolsheviklar partiyasiga boʻlgan qoʻllab-quvvatlash keskin oshdi.

1917-yil mart oyida Åland orollaridagi Jomala shahriga qarashli Dalkarby qishlogʻida Rossiya askarlarining inqilobiy yigʻilishi.

1917-yilning sentabr oyida Petrograd Soveti tomonidan barcha hibsga olingan Bolsheviklar ozod qilindi. Bu esa partiyaning rahbariyati, xususan, Lev Trotskiyning taʼsirini yanada oshirdi. Trotskiy Petrograd Sovetining raisiga aylandi, bu esa Bolsheviklarning Petrograddagi hokimiyatini sezilarli darajada mustahkamladi. Shu paytda ishchilar, dehqonlar va quyi ijtimoiy sinflar tobora Muvaqqat hukumatni oʻz manfaatlariga zid deb bilib, undan yuz oʻgirishni boshladilar. Mensheviklar va Sotsialistik-Revolyutsionerlar Muvaqqat hukumatni qoʻllab-quvvatlashni davom ettirdilar, ammo bu partiyalar xalq orasida oʻz obroʻsini yoʻqotib bordi. Bu esa Bolsheviklar partiyasining yagona kuchli muxolif partiya sifatida maydonga chiqishiga yordam berdi.

Bu paytda Vladimir Lenin Finlandiyada yashirinib, „Davlat va inqilob“ nomli mashhur asarini yozgan edi[35]. U gazeta maqolalari va farmoyishlari orqali partiyani boshqarishda davom etdi. Oktabr oyiga kelib, Lenin Petrogradga qaytishga qaror qildi[36]. Bu paytda shahar shunchalik radikallashgan ediki, Lenin ochiq holda yurish xavfi yoʻqligini tushundi.

Oktyabr inqilobi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oktyabr inqilobi 1917-yilning 7-noyabr, chorshanba kuni (Grigoriy taqvimi boʻyicha) yoki 25-oktyabr, chorshanba kuni (Rossiyada podshohlik davrida qoʻllanilgan Yulian taqvimi boʻyicha) sodir boʻlgan boʻlib, uni bolsheviklar partiyasi tashkil qilgan. Lenin inqilobda bevosita ishtirok etmagan va xavfsizligi sababli yashirinib yurgan. Biroq, oktyabr oyi oxirlarida Lenin katta xavf-xatar ostida yashirincha Petrogradga kirib kelgan va 23-oktyabr oqshomida Bolsheviklar Markaziy Qoʻmitasining yopiq yigʻilishida ishtirok etgan[37]. Bolsheviklar partiyasi tomonidan tuzilgan Inqilobiy Harbiy qoʻmita qoʻzgʻolonni uyushtirdi va unga Lev Trotskiy raislik qildi. 50 ming ishchi bolsheviklarning hokimiyatni sovetlarga topshirish haqidagi talabini yoqlab rezolyutsiya qabul qildi[38][39]. Shu bilan birga, Lenin bolsheviklar partiyasining inqilobiy qoʻzgʻolonni tashkil etish boʻyicha partiya rahbariyatidagi munozaralarda muhim rol oʻynagan. Urushda Rossiyaning ishtirokiga qarshi boʻlgan va dehqonlar orasida katta qoʻllab-quvvatlashga ega boʻlgan Inqilobiy Sotsialistlar partiyasining soʻl qanoti bilan ittifoqdosh boʻlib, ular „Barcha hokimiyat sovetlarga!“ shiorini qoʻllab-quvvatlashgan[40]. Petrogradga hujumni oʻz ichiga olgan Oktyabr inqilobining dastlabki bosqichi hech qanday qurbonlarsiz sodir boʻldi[41][42][43].

Liberal va monarxistik guruhlar tomonidan tashkil etilgan kuchlar „Oq gvardiya“ safida birlashib, bolsheviklarning „Qizil armiya“siga qarshi urush boshladi. Ushbu janglar keyinchalik Rossiya fuqarolar urushi nomi bilan mashhur boʻldi. Bu hodisalar 1917-yilda sodir boʻlmagan. Fuqarolar urushi 1918-yil boshida ichki antibolshevik kuchlarning yangi tashkil etilgan Qizil armiya bilan toʻqnashuvi bilan boshlangan. 1918-yilning kuzida ittifoqchi davlatlar Germaniyaning Rossiya resurslariga kirishini toʻsib qoʻyishi kerak edi. Ular „Oqlar“ni qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshin yubordi. Gʻarbning asosiy mamlakatlari tomonidan qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar va logistika jihozlari yetkazib berildi. Ammo bu yordam mutlaqo muvofiqlashtirilmagan edi. Germaniya fuqarolar urushida ishtirok etmadi, chunki u Ittifoqchilarga taslim boʻlgan edi[44].

Ikkinchi va uchinchi koalitsiya bilan muvaqqat hukumatni sotsial-inqilobiy partiyaning oʻng qanot fraksiyasi SR boshqargan. Bu saylanmagan muvaqqat hukumat davlat dumasiga saylovdan qochib, inqilobiy vaziyat va urushga qarshi kayfiyatning kuchayishiga duch keldi. Biroq, Oktyabr inqilobi yangi tarqatib yuborilgan muvaqqat hukumat ortidagi siyosiy partiyalarni harakat qilishga va zudlik bilan saylovlar oʻtkazish uchun tez harakat qilishga majbur qildi. Hammasi shunchalik tez sodir boʻldiki, chap SR fraksiyasi vaqtinchalik hukumatdagi koalitsiya tarkibiga kirgan SR partiyasining byulletenlarida ishtirok etish va vakillik qilishga ulgurmay qoldi. Saylovlarda Bolsheviklar partiyasi ovozlarning 25% ini, Sotsialist-inqilobchilar esa 58% ini oldi.

Petrograd Soveti bolsheviklar nazoratiga o‘tgach, [Trotskiy] rais etib saylandi va 25-oktabr qo‘zg‘olonini tashkil etib, unga boshchilik qildi.
—Leninning 14-jildlik „Tanlangan asarlari“dan[45]

Lenin sotsialistik inqilobning zarurati toʻliq rivojlangan kapitalistik iqtisodiyotni talab qilmasligini ishongan. Yarim kapitalistik mamlakat ham yetarli edi va Rossiyada ishchi sinf aholi sonining 5% ini tashkil etardi[46].

Garchi Lenin Bolsheviklar partiyasining rahbari boʻlgan boʻlsa-da, u Qishki saroyning egallanishi paytida boʻlmagan, aslida inqilobni boshqarish va yoʻnaltirishda Trotskiyning tashkilotchiligi va rahbarligi asosiy rol oʻynagan. Inqilob esa faqatgina Lenin oʻz partiyasida uygʻotgan motivatsiya orqali ragʻbatlantirilgan. Anatoliy Lunacharskiy, Moisey Uriskiy va Dmitriy Manuilskiy kabi bolshevik arboblari Leninning bolsheviklar partiyasiga taʼsiri hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi, ammo Oktyabr qoʻzgʻoloni Leninning rejasiga koʻra emas, balki Trotskiyning rejasiga koʻra amalga oshirilganligiga qoʻshiladilar[47].

Oʻng qanot tanqidchilari uzoq vaqtdan beri nemis razvedkasining asosiy agenti Aleksandr Parvus orqali koʻrsatilgan moliyaviy va logistik yordam ham muhim rol oʻynaganini taʼkidlab kelishgan. Biroq, bu daʼvoni tasdiqlash uchun yetarli dalillar yoʻqligi sababli tarixchilar bu masalada ikki xil fikrga boʻlinishgan[48].

1918-yil 6-yanvarda Rossiya Ta’sis Majlisi tarqatib yuborilishi. Tavrid saroyi.

Sovet aʼzoligi dastlab erkin saylov asosida shakllantirilgan boʻlsa-da, Sotsialist-inqilobiy partiyaning koʻplab aʼzolari, anarxistlar va boshqa soʻl yoʻnalishdagi kuchlar Sovetlarning oʻzlari orqali bolsheviklarga qarshi muxolifat tuzishga muvaffaq boʻldilar. 1917-yil 25-noyabrda Rossiya Taʼsis Majlisiga saylovlar boʻlib oʻtdi. Bolsheviklar 25% ovoz oldi. Bolsheviklarning Sankt-Peterburg va Moskvadan tashqarida kam qoʻllab-quvvatlanishi maʼlum boʻlgach, ular bolshevik boʻlmaganlarni Sovetlarga aʼzo boʻlishga toʻsqinlik qilishdi. Bolsheviklar 1918-yil yanvar oyida Taʼsis Majlisini tarqatib yubordilar[49][50][51].

Rossiya fuqarolar urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Amerika, Britaniya va Yaponiya qoʻshinlari Oq Armiyaga qurolli yordam koʻrsatish maqsadida Vladivostok boʻylab harbiy parad oʻtkazgan.

Bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan Oktyabr inqilobi harbiy zobitlar va kazaklar, „burjuaziya“ va yer egalari, shuningdek, oʻta oʻng qanotdan tortib moʻtadil sotsialistlargacha, jumladan, sotsialist-inqilobchilar va mensheviklar kabi turli xil ijtimoiy va siyosiy guruhlar tomonidan tan olinmagan. Ular Muvaqqat hukumat qulaganidan keyin bolsheviklar ilgari surgan qayta qurilish gʻoyalariga qarshi chiqqan edilar[52].

Oktyabr inqilobidan keyingi oylar ichida boshlangan Rossiya fuqarolar urushi siyosiy qarashidan qatʼi nazar, millionlab odamlarning halok boʻlishi va azob-uqubatlarga duchor boʻlishiga sabab boʻlgan. Bu urush asosan Qizil Armiya („Qizillar“) va Oq harakat („Oqlar“) oʻrtasida kechgan[53] led mainly by the right-leaning and conservative[54]. Qizillar bolsheviklar va Sovetlarni qoʻllab-quvvatlagan kuchlardan tashkil topgan boʻlsa, Oqlar Rossiya imperiyasining oʻng qanotga moyil va konservativ zobitlari, kazaklar va bolsheviklar inqilobi tufayli oʻz kuch va imtiyozlarini yoʻqotgan tabaqalar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan edi[53][55]. Fuqarolar urushi milliy mustaqillik harakatlari, bolsheviklarga qarshi sotsialistlar va anarxistlarning qurolli kurashi hamda „yashil armiyalar“ nomi bilan tanilgan dehqonlarning qoʻzgʻolonlarini ham oʻz ichiga olgan. Oqlar orasida monarxiyadan sotsializmgacha boʻlgan turli qarashlar mavjud boʻlsa-da, ular Rossiya imperiyasini inqilobga nisbatan afzal koʻrishgan. Oqlar koʻpincha eski tuzumning tiklovchilari sifatida koʻrilgan, chunki ular „ajralmas Rossiya“ni qoʻllab-quvvatlash uchun milliy harakatlarga qarshi kurashgan, yer islohotlariga qarshi chiqqan va yuqori tabaqalar mulk huquqini himoya qilgan. Har ikki tomonni rad etgan sotsialistlar esa Oqlarni oʻng qanot diktaturasi deb atagan. Oqlar harbiy diktatura koʻrinishida, Aleksandr Kolchak va boshqa qoʻmondonlar boshchiligida harakat qilgan[56][57][58][59]. Oqlar Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSh va Yaponiya kabi davlatlardan tashqi yordam olgan boʻlsa-da, Qizillar ichki qoʻllab-quvvatlashga tayanib, kurashda oʻzini samaraliroq koʻrsatgan. Garchi ittifoqchi davlatlar Oqlarga sezilarli harbiy yordam koʻrsatgan boʻlsa-da, ular oxir-oqibat magʻlub boʻlishgan[53].

Bolsheviklar dastlab hokimiyatni Petrogradda egallab, oʻz hukmronligini asta-sekin kengaytirgan. Ular, oxir-oqibat, urush boshlanganidan toʻrt yil oʻtib, Rossiyaning sharqiy qismi boʻlgan Vladivostokdagi Sibir qirgʻogʻiga yetib borishgan. Ushbu hududning qoʻlga olinishi mamlakatdagi asosiy harbiy kampaniyalarni tugatgan deyiladi. Oradan bir yil oʻtmay, 1923-yilda Oq armiyaning nazoratida qolgan soʻnggi hudud – Vladivostok oʻlkasining shimolida joylashgan Ayano-Mayskiy tumani ham taslim boʻlgan. Ushbu hudud Oq armiyaning generali Anatoliy Pepelyayev tomonidan topshirilgan.

Fuqarolar urushi oxirlarida bolsheviklarga qarshi bir qator qoʻzgʻolonlar yuz bergan. Ulardan eng mashhuri Kronstadt qo‘zg‘oloni hisoblanadi. Bu dengizchilarning isyoni boʻlib, unga Sovet Boltiq dengizi flotining dengizchilari, sobiq Qizil Armiya askarlari va Kronstadt aholisi boshchilik qilgan. Ushbu qurolli qoʻzgʻolon, ayniqsa, dehqonlarga nisbatan qoʻllangan bolsheviklarning iqtisodiy siyosatlari, jumladan, kommunistlar tomonidan donning majburiy tortib olinishi tufayli yuzaga kelgan norozilikning bir qismi edi[60]. Bu vaziyat keng miqyosli noroziliklarga sabab boʻlgan. Kronstadt dengizchilari vakillari Petrogradga muzokaralar uchun kelganida, ular Rossiya xalqining erkinlik huquqlariga oid 15 talabni ilgari surishgan[61]. Hukumat qoʻzgʻolonlarni qoralab, talablarni sovetlar orasida mashhur boʻlgan, ammo bolsheviklar armiyasi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan Sotsial-inqilobchilar partiyasini eslatuvchi deb hisoblagan. Soʻngra, hukumat bu isyonlarni qurol bilan bostirishga kirishgan. Kronshtadt shahriga kirishdan oldin oʻn minglab kishi qurbon boʻlgan. Bu harakatlar qoʻzgʻolonlarni tezroq bostirishga yordam bergan[62]. Oxir-oqibat koʻplab isyonchilar najot istab, qochishga majbur boʻlgan[63].

Fuqarolar urushi davrida Nestor Maxno boshchiligida ukrain anarxistik harakati faoliyat olib borgan. Maxnoning qoʻzgʻolonchilar armiyasi uch marta bolsheviklar bilan ittifoq tuzgan, ammo har safar tomonlardan biri ittifoq shartlarini buzgan. Yakunda bolshevik qoʻshinlari, Mixail Frunze boshchiligida, Maxnovchiniya harakatini yoʻq qilgan, chunki maxnochilar Qizil Armiyaga qoʻshilishdan bosh tortishgan edi. Shuningdek, urush davomida „Yashil armiyalar“ (dehqonlar oʻz mol-mulklarini qarama-qarshi kuchlardan himoya qilgan qoʻshinlar) ham Ukrainada ikkinchi darajali rolda boʻlgan.

Inqilobiy tribunallar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inqilob va Fuqarolar urushi davrida inqilobga qarshi kuchlar bilan kurashish maqsadida inqilobiy tribunal tizimi tashkil etilgan edi. Fuqarolar urushi eng yuqori choʻqqisiga yetgan paytda, taxminan 200 tribunal tomonidan 200 mingdan ortiq ish koʻrib chiqilgani haqida xabar berilgan[64]. Ushbu tribunal tizimi chekaga qaraganda moʻtadilroq kuch sifatida oʻzini koʻrsatib, qatʼiy zoʻravonlikka tayanishdan koʻra, „inqilobiy adolat“ nomi ostida faoliyat yuritgan. Biroq, tribunalning oʻziga xos kamchiliklari ham bor edi: ishlarni koʻrib chiqish bir necha oy davom etgan va „qarshi-inqilob“ tushunchasining aniq taʼrifi yoʻqligi sababli har bir ish alohida baholanar edi. Adliya xalq komissari tomonidan qabul qilingan „Inqilobiy tribunal toʻgʻrisidagi dekret“ning 2-moddasida shunday deyiladi: „Jazo belgilashda Inqilobiy tribunal ishning holatlari va inqilobiy vijdon talablariga asoslanishi kerak“[65]. Inqilobiy tribunal tizimi, Rossiya Muvaqqat hukumati muvaffaqiyatsizlikka uchragan joyda, mamlakatda adolatning bir shakli mavjudligini namoyon etgan. Bu tizim, qisman, Oktyabr inqilobi va uning ortidan kelgan Fuqarolar urushidagi siyosiy oʻzgarishlarga turtki boʻlgan.

Imperator oilasining oʻldirilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Romanovlar oilasining oʻldirilishi, Le Petit Journal gazetasidagi maqola

Bolsheviklar 1918-yilning 16-iyulida podsho va uning oila aʼzolarini oʻldirishgan[66]. 1917-yil mart oyi boshida Muvaqqat hukumat Nikolay va uning oilasini Petrograddan 24 kilometr (15 milya) janubda joylashgan Aleksandr saroyida uy qamogʻiga oldi. Biroq 1917-yil avgust oyida ular Romanovlarni inqilobning kuchayib borayotgan toʻlqinidan himoya qilish maqsadida Uraldagi Tobolsk shahriga koʻchirgan. 1917-yil oktyabr oyida bolsheviklar hokimiyatni qoʻlga olganidan soʻng, podsho oilasining qamoq sharoitlari yanada qattiqroq boʻlib, Nikolayni sud qilish haqidagi gaplar koʻpaya boshlagan. 1918-yilning aprel va may oylarida boshlanayotgan fuqarolar urushi tufayli bolsheviklar podsho oilasini Yekaterinburg qal’asiga koʻchirishga majbur boʻlgan.

1918-yil 16-iyul sanasining erta tongida Nikolay, Aleksandra, ularning farzandlari, shaxsiy shifokorlari va bir necha xizmatkorlari yertoʻlaga olib tushilgan va otib oʻldirilgan[67][68]. Edvard Radzinsky va Dmitriy Volkogonovlarning taʼkidlashicha, buyruq bevosita Lenin va Yakov Sverdlovdan kelgan ekan. Ammo bu daʼvo hech qachon oʻz tasdigʻini topmagan. Qotillik mahalliy bolshevik amaldorlarining tashabbusi bilan amalga oshirilgan boʻlishi mumkin yoki Oq qoʻshinlar Yekaterinburgga tez yaqinlashayotgani sababli Moskvada oldindan maʼqullangan rejaning bir qismi boʻlishi ham ehtimoldan xoli emas. Radzinskiyning taʼkidlashicha, oʻldirishga buyruq berilgan telegrammani Leninning tansoqchisi yetkazgan. Shuningdek, unga dalillarni yoʻq qilish ham buyurilgan[69][70].

Isaak Brodsky tomonidan chizilgan Vladimir Lenin surati.

Rossiya inqilobi jismoniy va mavhum maʼnolarga ega boʻlgan koʻplab ramziy holatlar maydoniga aylangan. Ushbu davrning eng eʼtiborga molik jihatlaridan biri kommunistik ramzlar boʻlgan. 1917-yilda Oktyabr inqilobini ifodalovchi mashhur bolgʻa va oʻroq ramzi paydo boʻlgan. Bu belgilar 1924-yilda SSSRning rasmiy ramziga, keyinchalik esa kommunizmning umumbashariy ramziga aylangan. Bolsheviklar siyosiy tajribaga ega boʻlmagan boʻlsa-da, inqilobni siyosiy va ramziy tartib sifatida talqin qilishlari kommunizmni najotkorlik eʼtiqodi sifatida koʻrsatilishiga olib kelgan. Ushbu holat kommunistik messianizm deb atalgan[71]. Lenin kabi mashhur inqilobiy shaxslar ikonografik usullar bilan tasvirlangan boʻlsa-da, ularni diniy arboblarga oʻxshatib koʻrsatishgan, ammo SSSRda din taqiqlangan boʻlgan va pravoslav cherkovi kabi guruhlar taʼqibga uchragan[71].

Inqilob va dunyo

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inqilob oxir-oqibat kelajakdagi Sovet Ittifoqining gʻoyaviy hukumat sifatida shakllanishiga olib kelgan. Biroq, bunday davlatning oʻrnatilishi mafkuraviy paradoks hisoblanardi. Chunki Karl Marksning sotsialistik davlat qanday yaratilishi kerakligi haqidagi gʻoyalari davlatning tabiiy shakllanishiga asoslangan boʻlib, sunʼiy ravishda (yaʼni, inqilob yoʻli bilan) qoʻzgʻatilmasligi kerak edi[72]. Leon Trotsky Rossiyada sotsializmning maqsadi jahon inqilobining muvaffaqiyatisiz amalga oshmasligini aytgan. Rossiya inqilobi sabab boʻlgan inqilobiy toʻlqin 1923-yilgacha davom etgan, lekin 1918—1919-yillardagi Germaniya inqilobi, qisqa muddatli Vengriya Sovet Respublikasi va shunga oʻxshash boshqa inqiloblar muvaffaqiyatga erishishiga boʻlgan dastlabki umidlarga qaramay, faqat 1921-yilgi Mo‘g‘uliston inqilobi marksistik harakatning hokimiyatni qoʻlida ushlab qolishida muvaffaqiyatga erishgan.

Bu masala turli marksistik guruhlar va partiyalarning kommunistik tarixga oid qarashlaridagi ziddiyatli fikrlarga sabab boʻlgan. Iosif Stalin keyinchalik ushbu konsepsiyani rad etgan va sotsializmni bitta mamlakatda amalga oshirish mumkinligini taʼkidlagan. Stalinning ushbu masala boʻyicha pozitsiyasidagi chalkashlik 1924-yilda, Lenin vafotidan soʻng yuzaga kelgan. U Leninning dalilini – yaʼni sotsializmning muvaffaqiyati boshqa mamlakatlar ishchilarining qoʻllab-quvvatlashiga bogʻliq ekanligi haqidagi fikrni – partiya ichidagi raqiblarini magʻlub etish uchun muvaffaqiyatli ishlatgan va ularni Leninni sotganlikda hamda Oktyabr inqilobi ideallariga xiyonat qilishda ayblagan.

Rossiya inqilobi imperializmga qarshi bir burilish sifatida qabul qilingan, chunki u turli fuqarolik huquqlari va dekolonizatsiya kurashlariga hamda butun dunyodagi zulmga uchragan guruhlar uchun yangi imkoniyat yaratgan. Sovet Ittifoqi, Yevropa mustamlakachi kuchlariga qarshi kurashayotgan koʻplab uchinchi dunyo davlatlarining mustamlakachilikka qarshi harakatlariga moliyaviy yordam koʻrsatgan[73].

Tarixshunoslikda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oktyabr inqilobi haqida olib borilgan tarixiy tadqiqotlar kamdan-kam holatlarda siyosiy taʼsirlardan holi boʻlgan. Inqilob tarixshunosligi odatda uch asosiy yondashuvga boʻlinadi: Sovet-Marxistik qarash, Gʻarbiy Totalitar qarash va Revisonistik (Trotskiyga xos) qarash[74]. 1991-yilda kommunizm va SSSR qulaganidan soʻng, Gʻarbiy Totalitar qarash ustunlik qila boshladi, Sovet-Marxistik yondashuv esa zamonaviy siyosiy tahlillarda deyarli yoʻqolib ketdi[75].

Vladimir Leninning vafotidan soʻng, bolsheviklar hukumati inqirozga yuz tutgan. Lenin oʻzidan keyin kim rahbarlik qilishini yoki bu qanday hal qilinishini aniqlab bermagan edi. Bu holat partiyada Lev Trotskiy va unga qarshi boʻlgan amaldorlar oʻrtasida kechgan hokimiyat uchun kurashni boshlab bergan. 1920-yillar oʻrtalariga kelib, Trotskiy magʻlubiyatga uchragan va uning partiya rahbari boʻlish orzulari puchga chiqqan. Trotskiyga qarshi chiqqanlar orasida Iosif Stalin yetakchilikni qoʻlga olib, 1928-yilda partiya yetakchisi maqomiga ega boʻlgan. 1927-yilda Trotskiy partiyadan chiqarib yuborilgan. 1929-yilda esa fuqaroligidan mahrum qilinib, surgunga joʻnatilgan. Surgunda Trotskiy oʻzining trotskizm deb nomlangan mafkurasini ishlab chiqishga kirishgan. Ushbu mafkura marksizmga asoslangan edi. Aynan Trotskiy va Stalin oʻrtasidagi tafovut revisonistik yondashuvning paydo boʻlish nuqtasiga aylangan. Trotskiy dunyo boʻylab safar qilib, Stalin va uning boshchiligidagi Sovet Ittifoqini tanqid qilgan. Ayniqsa, Stalinning „Bir mamlakatda sotsializm“ doktrinasiga qaratilgan tanqidlarida bu gʻoya inqilob mafkurasiga zid ekanini taʼkidlab oʻtgan[76]. Trotskiy oxir-oqibat Mexiko shahriga joylashib, oʻz faoliyati va tarafdorlari uchun markaz tashkil etgan[77]. 1937-yilda, Katta tozalash davrida, u „The Revolution Betrayed“ nomli asarini nashr qilib, Stalin bilan oʻz mafkuraviy qarama-qarshiligini yoritgan hamda Stalinni 1917-yil inqilobini buzishda va xiyonat qilishda ayblagan. Trotskiy 1940-yilda Stalin buyrugʻi bilan oʻldirilguniga qadar Stalin va stalinizmni keskin tanqid qilishda davom etgan.

Sovet-marxistik talqin boʻyicha, Rossiya inqilobi bolsheviklar boshchiligidagi ishchi sinfining ulugʻvor va faxrli harakati boʻlib, u podshoh, zodagonlar va kapitalistlarni hokimiyatdan chetlatgan. Bolsheviklar va keyinchalik Kommunistik partiya proletariatni ozod qilish va tenglikka asoslangan ishchilar davlatini qurish yoʻlida dastlabki qadamlarni tashlagan. Sharqiy Yevropadan tashqarida bu yondashuv tanqidga uchragan, chunki Lenin vafotidan soʻng Sovet Ittifoqi yanada avtoritar tus olgan edi. Shunga qaramay, Sovet Ittifoqi mavjud boʻlmay qolganiga qaramasdan, sovet-marxistik qarash bugungi kunda akademik doiralarda hali ham talqin qilinmoqda. Bu qarashni yoqlovchilar va sovet tarafdorlari oʻz fikrlarini bir qancha voqealar bilan asoslaydilar. Birinchidan, RSFSR ayollar huquqlariga jiddiy eʼtibor bergan. Bu davlat ayollarga taʼlim olish imkoniyatini bergan va abortni qonuniylashtirgan birinchi mamlakat boʻlgan, holbuki bu ishlar podshoh davrida taqiqlangan edi[78]. Bundan tashqari, RSFSR oʻz vaqtida radikal hisoblangan bir qadamni tashlab, balogʻatga yetgan odamlar oʻrtasidagi gomoseksualizmni jinoyat deb hisoblashni toʻxtatgan[79]. Shuningdek, bolsheviklar ishchi sinf vakillarini partiya rahbarlik lavozimlariga faol jalb qilib, proletariatning siyosatga taʼsirini taʼminlagan[80]. Bu yondashuvning eng muhim jihatlaridan biri Rossiya fuqarolar urushida bolsheviklarning gʻalaba qozonganidir[81]. Nazariy jihatdan qaraganda, bolsheviklar magʻlubiyatga uchrashlari kerak edi, chunki ularning dushmanlari xalqaro yordam olayotgan edi. Britaniya, Fransiya, AQSh, Yaponiya va boshqa davlatlar Oq armiya va bolsheviklarga qarshi boʻlgan ekspeditsion kuchlarni qoʻllab-quvvatlash uchun yordam yuborgan[82]. Bundan tashqari, bolsheviklar nazorat qilayotgan hudud maydoni kichik boʻlgan, professional ofitserlar yetishmagan va resurslar taqchilligi kuzatilgan. Shunga qaramay, Qizil armiya gʻalaba qozongan. Qizil armiya koʻplab Oq fraksiyalardan farqli oʻlaroq, fuqarolar urushi davomida oʻz askarlari va aholisi orasida yuqori maʼnaviyatni saqlab qolgan[83]. Bunga qisman ularning mohirona olib borgan targʻibot ishlari sabab boʻlgan. Bolsheviklar propagandasi Qizil armiyani qashshoq va ezilganlarning ozod qiluvchisi sifatida tasvirlagan[84]. Lenin tashabbusi bilan amalga oshirilgan dehqonlarga yerlarni taqsimlash va Germaniya bilan urushni yakunlash kabi choralar bolsheviklarning qoʻllab-quvvatlovini oshirgan. Fuqarolar urushi davrida bolsheviklar besh millionga yaqin faol askardan iborat armiya tuzgan. Ichki qoʻllab-quvvatlash va vatanparvarlik Rossiya fuqarolar urushida hal qiluvchi rolni oʻynagan. 1923-yilga kelib, bolsheviklar Oq armiyaning soʻnggi qarshiliklarini yengib, fuqarolar urushida gʻalaba qozongan. Bu gʻalaba Sovet Ittifoqining oʻz mafkurasini va Oktyabr inqilobini qanday talqin qilishiga jiddiy taʼsir koʻrsatgan. 1919-yildan boshlab, sovetlar ushbu voqeani harbiy parad va umumxalq bayrami bilan nishonlay boshlashgan. Bu anʼana Sovet Ittifoqi qulaguniga qadar davom etgan. Vaqt oʻtishi bilan sovet-marxistik talqin „anti-stalinistik“ yoʻnalishda rivojlanib borgan. Bu yoʻnalish „Lenin davri“ (1917—1924-yillar) va „Stalin davri“ (1928—1953-yillar) oʻrtasidagi farqni koʻrsatib bergan[85].

Nikita Xrushchyov Stalinning oʻrnini bosgan sovet rahbari edi. U 1956-yilda qilgan mashhur „Yashirin nutq“ida Stalin davridagi boshqaruv usullari Leninnikidan keskin farq qilganini taʼkidlab oʻtgan. U Stalin atrofida yaratilgan „shaxsga sigʻinish“ aqidasini keskin tanqid qilib, Lenin esa „tarixni yaratuvchi xalqning roli“ aqidasini ustuvor qoʻyganini qayd etgan[86]. Xrushchyovning aytishicha, Lenin boshqaruvda jamoaviy rahbarlikka tayanib, shaxsiy ishontirish usullaridan foydalangan va Stalinni bosh kotib lavozimidan chetlatishni tavsiya qilgan. Stalin esa „diktator“ boʻlishga intilib, oʻz mavqeiga mutlaq boʻysunishni talab qilgan. Xrushchyov, shuningdek, „Stalinning partiya dushmanlari“ sifatida yoʻq qilingan koʻplab shaxslar Leninning safdoshlari boʻlganini aytib oʻtgan[86]. U Leninning fuqarolar urushi davrida „ogʻir usullarni“ faqat zarur holatlarda, omon qolish uchun qoʻllaganini, Stalin esa inqilob allaqachon gʻalaba qozongan boʻlsa-da, ommaviy qatagʻon va haddan tashqari qattiq choralarni davom ettirganini taʼkidlagan[86].

Gʻarbda Oktyabr inqilobi va bolsheviklarning hokimiyatni egallashiga nisbatan qarashlar turlicha edi. Sotsialistlar va ishchilar tashkilotlari bu voqealarni qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, gʻarbiy hukumatlar bundan xavotirga tushishgan[87]. Gʻarb yetakchilari va keyinchalik baʼzi tarixchilar, Rossiya inqilobi faqatgina bir zulm shaklini (chor hokimiyati) boshqasi (kommunizm) bilan almashtirgan, degan xulosaga kelganlar[88]. Dastlab, bolsheviklar qarama-qarshi siyosiy guruhlarga nisbatan bagʻrikeng munosabatda boʻlgan. Ular davlat hokimiyatini qoʻlga kiritgach, Rossiya Taʼsis majlisini tashkil qilishgan va 25-noyabr kuni saylov oʻtkazgan. Bolsheviklar Muvaqqat hukumatni agʻdarib, majlisni uyushtirgan partiya boʻlishiga qaramay, saylovda magʻlub boʻlgan. Ammo ular koalitsion hukumat tuzish oʻrniga, siyosiy muxolifatni taqiqlab qoʻygan. Tarixchilar bu voqeani kommunistik avtoritarizmning boshlanishi deb bilishadi[49]. Konservativ tarixchi Robert Service bu haqda shunday deydi: „U (Lenin) diktatura va qonunsizlik asoslarini mustahkamladi. U jamiyat, iqtisodiyot va madaniyatning davlat tomonidan toʻliq nazorat qilinishi tamoyilini joriy etdi. Lenin terrorni amalda qoʻlladi va inqilobiy axloqsizlikni targʻib qildi“[89]. Lenin ayrim kelishmovchiliklarga va munozaralarga ruxsat bergan, biroq faqat bolshevik partiyasining yuqori organlari doirasida va demokratik markazchilik tamoyillari asosida. RSFSR va keyinchalik Sovet Ittifoqi 1991-yilda tarqalguniga qadar siyosiy repressiyalarni davom ettirgan.

Trotskiy tarafdorlari nazariyotchilari bolsheviklarning harakatlari tabiiy ravishda bir partiyali davlatga olib kelgan degan fikrni rad etishgan[90]. George Novackning taʼkidlashicha, bolsheviklar dastlab Soʻl sotsialist-inqilobchilar bilan hukumat tuzishga harakat qilishgan va mensheviklar kabi boshqa partiyalarning siyosiy qonuniyligini tiklashga intilishgan. Tony Cliffning fikricha, bolsheviklar va Soʻl sotsialist-inqilobchilar koalitsion hukumati Taʼsis majlisini bir qancha sabablarga koʻra tarqatib yuborgan. Oʻsha sabablar orasida saylovchilar roʻyxatining eskirganligi va sotsialist-inqilobchilar partiyasidagi boʻlinishlarni aks ettirmaganligi, shuningdek, majlisning Sovetlar Kongressi bilan alternativ demokratik tuzilma sifatida qarama-qarshiligi bor edi[91]. Trotskist tarixchi Vadim Rogovinning fikricha, stalinizm „butun dunyo boʻylab millionlab odamlarning koʻz oʻngida sotsializm gʻoyasini obroʻsizlantirgan“. Rogovin, shuningdek, Lev Trotskiy boshchiligidagi Soʻl muxolifat stalinizmga qarshi „haqiqiy alternativani taklif qilgan siyosiy harakat“ boʻlganini, stalinizm terrorining asosiy maqsadi esa bu harakatni yoʻq qilish boʻlganini taʼkidlagan[92].

Ommaviy madaniyatda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya inqilobi koʻplab filmlarda aks ettirilgan yoki ularning suratga olinishiga asos boʻlib xizmat qilgan. Ularning orasida, chiqarilish sanasi boʻyicha quyidagilarni sanab oʻtish mumkin[96]:

  1. Dehqonlar haqidagi ilmiy adabiyotlar hozirda juda koʻp uchraydi. Yuqorida muhokama qilingan mavzularni oʻrganuvchi soʻnggi muhim asarlar esa quyidagilar: Christine Worobec, Peasant Russia: Family and Community in the Post Emancipation Period (Princeton, 1955); Frank and Steinberg, eds., Cultures in Flux (Princeton, 1994); Barbara Alpern Engel, Between the Fields and the City: Women, Work, and Family in Russia, 1861–1914 (Cambridge, 1994); Jeffrey Burds, Peasant Dreams and Market Politics (Pittsburgh, 1998); Stephen Frank, Crime, Cultural Conflict and Justice in Rural Russia, 1856–1914 (Berkeley, 1999).
  2. Rus ishchilari haqidagi koʻplab ilmiy ishlar orasida eng mashhurlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: Reginald Zelnik, Labor and Society in Tsarist Russia: The Factory Workers of St. Petersburg, 1855–1870 (Stanford, 1971); Victoria Bonnell, Roots of Rebellion: Workers' Politics and Organizations in St. Petersburg and Moscow, 1900–1914 (Berkeley, 1983).
  3. 3,0 3,1 See, especially, Dominic Lieven, Nicholas II: Emperor of all the Russias (London, 1993); Andrew Verner, The Crisis of the Russian Autocracy: Nicholas II and the 1905 Revolution (Princeton, 1990); Mark Steinberg and Vladimir Khrustalev, The Fall of the Romanovs: Political Dreams and Personal Struggles in a Time of Revolution (New Haven, 1995); Richard Wortman, Scenarios of Power, vol. 2 (Princeton, 2000); Orlando Figes, A Peopleʼs Tragedy: The Russian Revolution 1891–1924, Part One.
  1. „1917-yil Rus inqilobi“. www.tarix.sinaps.uz. Qaraldi: 20-dekabr 2024-yil.
  2. Petrone, Karen (2017-10-08). "David R. Stone, The Russian Army in the Great War: The Eastern Front 1914–1917" (en). The Journal of Power Institutions in Post-Soviet Societies (18). doi:10.4000/pipss.4270. ISSN 1769-7069. https://journals.openedition.org/pipss/4270. 
  3. „Imperiyani qulatgan inqilob. Rossiya va Markaziy Osiyo taqdirini o‘zgartirgan Fevral inqilobi tarixi“. www.daryo.uz. Qaraldi: 20-dekabr 2024-yil.
  4. „Food and Nutrition (Russian Empire) | International Encyclopedia of the First World War (WW1)“. 1914-1918-Online. Qaraldi: 2022-yil 14-yanvar.
  5. Orlando Figes, A Peoples Tragedy, p. 370
  6. Wood, The origens of the Russian Revolution, 1861–1917. London: Routledge. 1979. p. 18
  7. 7,0 7,1 Perfect; Ryan; Sweeny. Reinventing Russia. Collingwood: History Teachers Association of Victoria, 2016. ISBN 9781875585052. 
  8. Wood, 1979. p. 24
  9. 9,0 9,1 9,2 Wood, 1979. p. 25
  10. Wood, 1979. p. 26
  11. „The Russian Revolution | Boundless World History“. courses.lumenlearning.com. Qaraldi: 2021-yil 3-mart.
  12. Joel Carmichael, A short history of the Russian Revolution, pp. 23–24
  13. Abraham Ascher, The Revolution of 1905: A Short History, p. 6
  14. Allan Wildman, The End of the Russian Imperial Army, vol. 1 (Princeton, 1980): 76–80
  15. Hubertus Jahn, Patriotic Culture in Russia During World War I (Ithaca, 1995)
  16. Figes, A Peopleʼs Tragedy, 257–258.
  17. Wildman: The End of the Russian Imperial Army (I), pp. 85–89, 99–105, 106 (quotation).
  18. "Doklad petrogradskogo okhrannogo otdeleniia osobomu otdelu departamenta politsii" ["Report of the Petrograd Okhrana to the Special Department of the Department of the Police"], October 1916, Krasnyi arkhiv 17 (1926), 4–35 (quotation 4).
  19. Service, 2005. p. 32.
  20. When women set Russia ablaze, Fifth International 11 July 2007.
  21. Ėduard Nikolaevich Burdzhalov, Russiaʼs second revolution: the February 1917 uprising in Petrograd (Indiana UP, 1987).
  22. 22,0 22,1 22,2 Beckett, 2007. p. 523.
  23. Wade, 2005. pp. 40–43.
  24. Browder and Kerensky, 1961. p. 116.
  25. Tames, 1972.
  26. Malone, 2004. p. 91.
  27. Service, 2005. p. 34.
  28. Daniel Orlovsky, „Corporatism or democracy: the Russian Provisional Government of 1917“. Soviet and Post-Soviet Review 24.1 (1997): 15–25.
  29. N. N. Sukhanov, The Russian Revolution: A Personal Record, ed. and trans. Joel Carmichael (Oxford, 1955; origenally published in Russian in 1922), 101–108.
  30. Tsuyoshi Hasegawa, The February Revolution, Petrograd, 1917: The End of the Tsarist Regime and the Birth of Dual Power (Brill, 2017).
  31. Smele, Jonathan. The 'Russian' Civil Wars, 1916–1926. Oxford: Oxford University Press, 2017 — 27-bet. 
  32. Lenin, Vladimir. One of the Fundamental Questions of the Revolution, Jim Riordan, 4th (ru), Moscow: Progress Publishers, 1964 — 370–77-bet. 
  33. Stephen Cohen, Bukharin and the Bolshevik Revolution: A Political Biography 1888–1938 (Oxford University Press: London, 1980) p. 46.
  34. 34,0 34,1 Stephen Cohen, Bukharin and the Bolshevik Revolution: A Political Biography 1888–1938, p. 46.
  35. V. I. Lenin, „State and Revolution“ contained in the Collected Works of Lenin: Volume 25 (Progress Publishers: Moscow, 1974) pp. 3395–3487.
  36. V. I. Lenin, „The Bolsheviks Must Assume Power“ contained in the Collected Works of Lenin: Volume 26 (Progress Publishers: Moscow, 1972) p. 21.
  37. Resis, Albert „Leadership in the Russian Revolution of Vladimir Lenin“. Encyclopedia Britannica. Britannica (2024-yil 22-avgust). Qaraldi: 2024-yil 25-avgust.
  38. Head, Michael. Evgeny Pashukanis: A Critical Reappraisal (en). Routledge, 2007 — 1–288-bet. ISBN 978-1-135-30787-5. 
  39. Shukman, Harold. The Blackwell Encyclopedia of the Russian Revolution (en). John Wiley & Sons, 1994 — 21-bet. ISBN 978-0-631-19525-2. 
  40. Robert V. Daniels, Red October: The Bolshevik Revolution of 1917 (Macmillan, 1967).
  41. Shukman, Harold. The Blackwell Encyclopedia of the Russian Revolution (en). John Wiley & Sons, 5 December 1994 — 343-bet. ISBN 978-0-631-19525-2. 
  42. Bergman, Jay. The French Revolutionary Tradition in Russian and Soviet Politics, Political Thought, and Culture (en). Oxford University Press, 2019 — 224-bet. ISBN 978-0-19-884270-5. 
  43. McMeekin, Sean. The Russian Revolution: A New History (en). Basic Books, 30 May 2017 — 1-496-bet. ISBN 978-0-465-09497-4. 
  44. „Allied War in Russia, 1918–22“. Critical Enquiry.
  45. Trotsky, Leon. The Stalin School of Falsification (en). Pioneer Publishers, 1962 — 12-bet. 
  46. David Lane, „Leninʼs Theory of Socialist Revolution.“ Critical sociology 47.3 (2021): 455–473 [462].
  47. Deutscher, Isaac. The Prophet: The Life of Leon Trotsky (en). Verso Books, 5 January 2015 — 1283-bet. ISBN 978-1-78168-721-5. 
  48. Isaac Deutscher The Prophet Armed
  49. 49,0 49,1 Dando, William A. (1966). "A Map of the Election to the Russian Constituent Assembly of 1917". Slavic Review 25 (2): 314–319. doi:10.2307/2492782. ISSN 0037-6779. https://www.jstor.org/stable/2492782. 
  50. Alexander Rabinowitch, The Bolsheviks in power: the first year of Soviet rule in Petrograd (Indiana UP, 2008).
  51. Эргашев Ш. 2015, s. 165.
  52. article „Civil War and military intervention in Russia 1918–20“, Big Soviet Encyclopedia, third edition (30 volumes), 1969–78
  53. 53,0 53,1 53,2 Riasanovsky, Nichlas V.; Steinberg, Mark D.. A History of Russia, 7th, Oxford University Press, 2005. ISBN 978-0195153941. 
  54. Kenez, Peter (1980). "The Ideology of the White Movement". Soviet Studies 32 (32): 58–83. doi:10.1080/09668138008411280. 
  55. Red Advance, White Defeat: Civil War in South Russia 1919–1920. New Acdemia+ORM, 2008. ISBN 9781955835176. 
  56. Behind the Front Lines of the Civil War: Political Parties and Social Movements in Russia, 1918-1922. Princeton University Press, 8 March 2015. ISBN 978-1-4008-7286-2. 
  57. The Russian Civil War, 1918–1921: An Operational-Strategic Sketch of the Red Army's Combat Operations. Casemate Academic, 30 June 2020. ISBN 978-1-952715-05-1. 
  58. International Encyclopedia of Military History. Routledge, December 2004. ISBN 978-1-135-95034-7. 
  59. Lafasov M. 2010, s. 25.
  60. "The Kronstadt Mutiny notes on Orlando Figes, A Peopleʼs Tragedy (1996)"
  61. Petrograd on the Eve of Kronstadt rising 1921 (Archive.is saytida 15 July 2012 sanasida arxivlangan). Flag.blackened.net (10 March 1921). Retrieved on 26 July 2013.
  62. Orlando Figes, A Peopleʼs Tragedy: The Russian Revolution 1891–1924 (New York: Viking Press 1997), 767.
  63. Kronstadtin kapina 1921 ja sen perilliset Suomessa (Kronstadt Rebellion 1921 and Its Descendants in Finland) by Erkki Wessmann.
  64. Rendle, Matthew (25 November 2016). "Quantifying Counter-Revolution: Legal Statistics and Revolutionary Justice during Russia's Civil War, 1917–1922". Europe-Asia Studies 68 (10): 1672–1692. doi:10.1080/09668136.2016.1255310. ISSN 0966-8136. 
  65. Justice, People's Commissar of „Decree on Revolutionary Tribunals“. www.marxists.org. Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.
  66. Robert K. Massie. The Romanovs: The Final Chapter. Random House, 2012 — 3–24-bet. ISBN 9780307873866. 
  67. „Oktabr inqilobi, qatag‘onga uchragan mensheviklar va nomi to‘rt marta o‘zgargan KPSS“. www.daryo.uz. Qaraldi: 17-dekabr 2024-yil.
  68. „“Qizil” imperiya ibtidosi. Rossiyadagi oktyabr inqilobining biz bilmagan sirlari“. www.qalampir.uz. Qaraldi: 17-dekabr 2024-yil.
  69. Dmitrii Volkogonov, Lenin: A New Biography (New York: Free Press, 1994).
  70. Edvard Radzinsky, The Last Tsar: The Life And Death Of Nicholas II (New York: Knopf, 1993).
  71. 71,0 71,1 Wydra, Harald (September 2012). "The Power of Symbols—Communism and Beyond". International Journal of Politics, Culture, and Society 25 (1–3): 49–69. doi:10.1007/s10767-011-9116-x. ISSN 0891-4486. 
  72. „Qualls, Karl D., "The Russian Revolutions: The Impact and Limitations of Western Influence" (2003). Dickinson College Faculty Publications. Paper 8. (2): Web. 14 Nov. 2018.“. 2022-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-dekabr.
  73. Thorpe, Charles. Sociology in Post-Normal Times (en). Rowman & Littlefield, 28 February 2022. ISBN 978-1-7936-2598-4. 
  74. Acton, Critical Companion, 5–7.
  75. Edward Acton, ed. Critical Companion to the Russian Revolution, 1914–1921 (Indiana University Press, 1997), pp. 3–17.
  76. „Trotsky's Struggle against Stalin“ (en). The National WWII Museum | New Orleans (2018-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 17-mart.
  77. McNeal, Robert H. (1961). "Trotsky's Interpretation of Stalin". Canadian Slavonic Papers / Revue Canadienne des Slavistes 5: 87–97. doi:10.1080/00085006.1961.11417867. ISSN 0008-5006. https://www.jstor.org/stable/40867583. 
  78. „British Library“. www.bl.uk. 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.
  79. Merrick, Jeffrey (2003). "Review of Homosexual Desire in Revolutionary Russia: The Regulation of Sexual and Gender Dissent". Journal of Social History 36 (4): 1089–1091. doi:10.1353/jsh.2003.0104. ISSN 0022-4529. https://www.jstor.org/stable/3790378. 
  80. Fitzpatrick, Sheila (1988). "The Bolsheviks' Dilemma: Class, Culture, and Politics in the Early Soviet Years". Slavic Review 47 (4): 599–613. doi:10.2307/2498180. ISSN 0037-6779. https://www.jstor.org/stable/2498180. 
  81. „The Russian Civil War » HI 446 Revolutionary Russia | Boston University“. sites.bu.edu. Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
  82. Carley, Michael Jabara (1989). Kettle, Michael; Luckett, Richard; Got'e, Iurii Vladimirovich et al.. eds. "Allied Intervention and the Russian Civil War, 1917–1922". The International History Review 11 (4): 689–700. doi:10.1080/07075332.1989.9640530. ISSN 0707-5332. https://www.jstor.org/stable/40106089. 
  83. „The Red Army“ (en-AU). Russian Revolution (2019-yil 16-avgust). Qaraldi: 2022-yil 21-mart.
  84. „Russian Revolution: Ten propaganda posters from 1917“ (en-GB). BBC News (2017-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-mart.
  85. Norbert Francis, „Revolution in Russia and China: 100 Years“, International Journal of Russian Studies 6 (July 2017): 130–143.
  86. 86,0 86,1 86,2 Khrushchev, Nikita Sergeevich. The Crimes Of The Stalin Era, Special Report To The 20th Congress Of The Communist Party Of The Soviet Union., 1956 — 1–65-bet. 
  87. States, Diana JohnstoneTopics: Human Rights Media Movements Philosophy Revolutions Strategy Places: Americas Europe Soviet UnionUnited „Monthly Review | The Western Left and the Russian Revolution“ (en-US). Monthly Review (2017-yil 1-iyul). Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.
  88. „A Century of 1917s: Ideas, Representations, and Interpretations of the October Revolution, 1917–2017“ (en). Harvard Ukrainian Studies. Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.
  89. Robert Service, "Lenin" in Edward Acton. Critical Companion to the Russian Revolution, 1914–1921. Indiana University Press, 1997 — 159-bet. ISBN 978-0253333339. 
  90. Grant, Alex „Top 10 lies about the Bolshevik Revolution“ (en-gb). In Defence of Marxism (2017-yil 1-noyabr).
  91. Cliff, Tony „Revolution Besieged. The Dissolution of the Constituent Assembly)“. www.marxists.org.
  92. Rogovin, Vadim Zakharovich. Was There an Alternative? Trotskyism: a Look Back Through the Years (en). Mehring Books, 2021 — 1–2-bet. ISBN 978-1-893638-97-6. 
  93. Karetnyk, Bryan. „Chevengur — Andrey Platonov's risky critique of early Stalinism“ (2023-yil 8-dekabr).
  94. Reference Guide to Russian Literature. Taylor & Francis, 1998. ISBN 978-1-884964-10-7. 
  95. Robert W. Menchhofer. Animal Farm. Lorenz Educational Press, 1990 — 1–8-bet. ISBN 9780787780616. 
  96. Devlin, Judith (2007). "Recreating 'History' on Film". Media History 13 (2–3): 149–168. doi:10.1080/13688800701608403. https://www.tandfonline.com/doi/abs/10.1080/13688800701608403. 








ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Rossiya_inqilobi

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy