Content-Length: 60006 | pFad | http://uz.wikipedia.org/wiki/Badaviya

Badaviya - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Badaviya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Badaviya, al-badaviya (yoxud ahmadiya) – sufiylik tariqati boʻlib unga Misrda Ahmad Badaviy asos solgan.

Tariqat amaliyotda qodiriylar va rifoiylarga yaqin turadi. Baʼzi manbalarda rifoiya yoki shoziliyaning bir qismi sifatida qayd etilgan. Tariqat qarorgohi, asosiy ziyoratgoh – Tanto shahrida joylashgan. Badaviya tariqati tarafdorlari oʻziga xos qizil rangli kiyim, qizil xirqa va 12 shokilali uzun qalpoq kiyib yurgan, ularning bayroqlari ham qizil rangda boʻlgan. Ular odatda chorshanba kunlari Tantodagi markaziy ziyoratgohda, maxsus xonalarda va Qohiradagi Husayn masjidida jamoa boʻlib maxsus qoʻshiqchi xonishi hamda nogʻora sadosi ostida davra boʻlib zikr tushganlar. Davra boʻylab aylanayotgan zikr ishtirokchilari vaqti-vaqti bilan qoʻllarini oldinga choʻzib chuqur taʼzim bajo keltirib turishgan.

Badaviya tariqatida Misr xalqining qadimiy islom va xristianlikdan avvalgi diniy eʼtiqodlari, urf-odatlari qorishib ketgan. Tarqalishi jihatidan shoziliyadan keyingi oʻrinda turadigan ushbu tariqot Misr diniy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan hamda uzoq vaqt mobaynida (XX asrning 50-yillarigacha) Misr xalqi orasida oʻz taʼsirini saqlab kelgan. Ammo, Misrdan tashqarida keng tarqala olmagan. Faqatgina Istanbulda bir necha badaviy takyaxonasi saqlanib qolgan. Badaviya tariqatining boshqaruv asoslari aniq chegaralanmagan. Joylardagi mahalliy xonaqoh va jamoa rahbarlari tariqat rahbariga itoat etib, bazi hollarda undan fatvo olganlar. 1333 yil tariqat asoschisining vorisi Solih Abdu-l-Ol vafotidan soʻng badaviyaga rahbarlik qilish meros boʻlib oʻta boshlagan. Badaviyadan kamida 15ta tarmoq ajralib chiqqan, ularning ayrimlari (mas., dasuqiya-burhoniya) mustaqil tariqatga aylangan. Tariqotda „ilohiy choʻqintirish“ kuni hamda Nil daryosi suvining koʻtarilishi muddati bilan bogʻliq yaʼni hosildorlikka bagʻishlangan marosimlar shtkazib turilgan. Bayram sanalari qadimiy qibtiy quyosh taqvimiga qarab belgilangan. Bayramlar vaqtidagi tartib ustidan badaviya aʼzolaridan tuzilgan maxsus qoʻriqchilar – Nuh avlodlari nazorat yurgizishgan. Ularning belida yogʻoch qilich, qoʻllarida arqon qamchin, boʻyinlarida turli rangdagi koʻkrakkacha tushib turuvchi munchoq shodalari boʻlgan. Bosh kiyimlarining tepasida rangli tizimchalardan qilingan tutama (oʻram) boʻlgan. Badaviya tariqotidan quyidagi shoxobchalar ajralib chiqqan: salamiya, inbaiya, munaviya, sutuhiya va bayyumiya, matlubiya va boshqalar [1].

  1. Usmonov, Olimov, Yo'ldashxo'djayev, Faxriddinov, To'ychiyeva, Jabborov, Cho'tmamatov, Rahimov, Komiljonova, Karimova, Nurmuhammedov, Erkaboyeva, Jurayev 2015, s. 29.
  • Usmonov I, Olimov S, Yo'ldashxo'djayev H, Faxriddinov Z, To'ychiyeva N, Jabborov N, Cho'tmatov J, Rahimov K, Komiljonova Z, Karimova S, Nurmuhammedov D, Erkaboyeva F, Jurayev O Turdiyeva D.. Tasavvuf atamalari. Movarounnahr nashriyoti, 2015 — 360-bet. ISBN 978-9943-12-346-5. 








ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: http://uz.wikipedia.org/wiki/Badaviya

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy