Kontent qismiga oʻtish

Limon kislota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 21-may, 20:55 dagi MalikxanBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Limon kislota, 2-gidroksi-1,2,3, (Kimyoviy formulasi - C6H8O7) — propantrikarbon kislota HOOC-CH2-C(OH)COOH-CH2COOH yoki (HOOCCH2)2C(OH)COOH - uch asosli organik kislota; tiniq kristallardan iborat rangeiz, hidsiz modda. Mol.m. 192,12, zichligi 1,665 kg/m3, suyuqlanish t-rsi 153,5°. Suv va spirtda yaxshi, koʻpchilik organik erituvchilarda yomon eriydi. 175° da bir molekula suv ajralib, akonit va 3-ketoglutar kislotalar aralashmasi hosil boʻladi. Limon kislota hujayra nafasini yuzaga chiqaradigan biokimyoviy reaksiyalar sistemasida zarur komponentdir (qarang Trikarbon kislotalar sikli). Limon kislotaning boshqa funksiyalaridan biri organizmda kislota-ishqor muvozanatini saqlashdan iborat. Limon, krijovnik, malina, uzum va boshqa mevalarda uchraydi. Sitrus mevalarida 6—8%, tamaki barglarida 8—14%, gʻoʻzapoyada, baʼzi madaniylashtirilgan bakteriyalar suyukliklarida 10% gacha Limon kislota boʻladi. Sanoatda shakarni Aspergillus niger shtammi bilan bij-gʻitib, shuningdek, tamaki barglaridan (nikotinni ajratib olingandan soʻng) olinadi. Limon kislota va uning tuzlari oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda, metallar yuzalarini qurum va zangdan tozalashda va organik sintezda qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy