Jump to content

Yangi Vena maktabi

From Vikipediya

Yangi vena maktabi, Ikkinchi Vena maktabi — A. Shyonberg va uning shogirdlari A.Berg, A.Vebern, E.Velles, X.Eysler va boshqalarning hamkorligi natijasida Venada qaror topgan ijodiy yoʻnalish, musiqiy modernizm koʻrinishlaridan biri. 20-asrning 1-yarmida Gʻarbiy Yevropada yuz bergan ijtimoiy va madaniy inqiroz (1 va 2-jahon urushlari, fashizm, maʼnaviymadaniy qiymatlarning qadrsizlanishi va boshqalar) Ya.Yangi vena maktabi kompozitorlari ijodida oʻz aksini topib, asarlarida "kichik odam"ning fojiasi, insonga achinish hissi, fashizmga qarshi norozilik kabi badiiy mavzu va obrazlar, musiqiy ekspressionizm tamoyillari orqali namoyon boʻldi. Badiiy yangilanish, oʻz navbatida, Ya.Yangi vena maktabi vakillari ijodidagi musiqiy uslub, ifoda vositalarining tubdan oʻzgarishiga, atonallik, dodekafonsh kabi musiqa tizimlarining qaror topishiga olib keldi. 20-asrning qator (I.Stravinskiy, D.Shostakovich, Q.Qorayev va boshqalar) yirik kompozitorlari mazkur maktab anʼanalaridan foydalangan.




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy