Kontent qismiga oʻtish

Д (kirill)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Д, д — oʻzbek kirill alifbosining beshinchi harfi. Til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovush. Soʻz boshi (dara, dovon), oʻrtasi (bugʻdoy, madat), oxiri (obod, ozod)da kela oladi. Soʻz oxirida kelganda "d" tovushi jarangsizlashadi va "t" tarzida talaffuz etiladi (mas, obod-obot, ozod-ozot va hokazo). Bundan tashqari, soʻz oxirida kelgan yondosh undoshlardan biri (keyingisi) "d" boʻlsa, u tushib qoladi (mas, baland-balan, Samarqand-Samarqan va b.). Lekin bu hodisa imlo qoidalarida aks etmaydi. 1929—39 yillarda amalda boʻlgan oʻzbek lotin alifbosida ham beshinchi oʻrinda. 1995 yilda qabul qilingan keyingi oʻzbek lotin alifbosish uchinchi oʻrinda boʻlib Dd koʻrinishiga ega. Turkiy xalqlar, jumladan, oʻzbek xalqi uchun umumiy bulgan yozuvlarda bu harf oʻziga xos shaklga ega.



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy