Kontent qismiga oʻtish

Agar-agar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agar-agar — ayrim dengizlarning qizil va qoʻngʻir rangli oʻsimliklaridan alohida usulda qaynatib olinadigan shilimshiq modda. Tarkibida 50 — 80% gacha agaroza boʻladi. Agaroza bilan birga Agar-agar tarkibiga nordon polisaharid fraksiya — „agaropektin“ ham kiradi. Agar-agar sovuq suvda deyarli erimaydi, qaynoq suvda yaxshi eriydi. 0,5 — 1,5% li suvli eritmalari 32 — 39° gacha sovitilganda 85° da eruvchi mustahkam gellar hosil qiladi. Agar-agar mikrobiologiyada mikroorganizmlarni oʻstirish uchun oziqli muhit sifatida, shuningdek oziq-ovqat, qandolatchilik sanoatida, dori tayyorlashda va boshqa sohalarda ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy