Kontent qismiga oʻtish

Al-Qoim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Qoim
Xalifa
Amir al-Moʻminin
Bagʻdod xalifaligining 26-xalifasi
Abbosiy xalifalar Bagʻdodda
Saltanat 1031-yil 29-noyabr – 1075-yil 2-aprel
Oʻtmishdoshi Al-Qodir
Davomchisi Al-Muqtadiy
Tugʻilishi 1001-yil 8-noyabr
Bagʻdod, Bagʻdod xalifaligi (hozirgi Iroq)
Vafoti 1076-yil 3-aprel (74 yoshida)
Bagʻdod, Bagʻdod xalifaligi (hozirgi Iroq)
Turmush oʻrtogʻi Xadicha Arslon xotun
Al-Jiha al-Qamya
Farzandlari
Toʻliq nomi
Abu Jaʼfar Abdalloh ibn Ahmad al-Qodir al-Qoim biamrulloh
Era maʼlumotlar
XI asr
Sulola Abbosiylar
Otasi Al-Qodir
Onasi Qatr an-Nada
Dini Islom, sunniylik

Abu Jaʼfar Abdulloh ibn Ahmad al-Qodir (arabcha: أبو جعفر عبد الله بن أحمد القادر), asosan, al-Qoim biamrulloh (arabcha: القائم بأمر الله) shoh nomi yoki shunchaki al-Qoim (1001-yil 8-noyabr – 1075-yil 3-aprel) nomi bilan mashhur. 1031–1075-yillarda Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiy xalifa. U oʻzidan avvalgi xalifa al-Qodirning oʻgli boʻlgan. Al-Qoim hukmronligi xalifalikda Buhayviylar sulolasi hokimiyatining tugashi va Saljuqiylar sulolasining kuchayish davriga toʻgʻri keladi[1].

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Qoim 1001-yil 8-noyabrda tugʻilgan. Abbosiylar xalifasi al-Qodir (hukmronligi: 991—1031) va uning arman yoki yunon millatiga mansub kanizagi Qatr an-Nadaning (vafoti: 1060) oʻgʻli. Al-Qoim Alam nomi bilan ham tanilgan[2].

Al-Qoimning otasi al-Qodir 1001-yilda oʻzining 9 yoshli oʻgʻli Muhammadni (al-Qoimning katta akasi) al-Gʻolib billoh unvoni bilan oʻziga merosxoʻr deb eʼlon qilgan[3]. Biroq Muhammad otasidan oldin vafot etgan va hech qachon xalifalik taxtiga oʻtirmagan.

1030-yilda al-Qodir oʻgʻli Abu Jaʼfar, boʻlajak xalifa al-Qoimni xalifalik taxtiga merosxoʻr qilib tayinlagan. Bu qaror Buhayviy amirlaridan butunlay mustaqil ravishda qabul qilingan edi[3]. Al-Qodirning oʻzi 1031-yil 29-noyabrda kasallikdan vafot etgan. Xalifa dastlab oʻz saroyida dafn etilgan, keyingi yili qabri tantanali ravishda ar-Rusafaga koʻchirib oʻtkazilgan[4]. Al-Qoim esa 1031-yilning 12-dekabrida xalifa sifatida qasamyod qilgan[5].

Al-Qoim hukmronligining birinchi yarmida poytaxtda deyarli bir kun ham gʻalayonlarsiz oʻtmadi. Shahar koʻpincha hukmdorsiz qolar, Buvayviy amiri tez-tez poytaxtdan qochishga majbur boʻlar edi.

Bu vaqtda xalifaning ixtiyoridagi shaxsiy resurslar juda cheklab qoʻyilgan edi.

Saljuqiylar sulolasining taʼsiri kuchayib borar ekan, 1056-yilda al-Qoim Dovudbekning qizi Xadicha Arslon xotunga[6] uylangan[7].

Saljuqiylar hukmdori Toʻgʻrulbek Suriya va Armanistonni bosib oldi. Undan keyin esa eʼtiborini Bagʻdodga qaratdi. Bu vaqtda shahar zoʻravonlik va aqidaparastlikning soʻnggi azobini boshdan kechirayotgan edi. Togʻrulbek Makkaga qilinadigan haj ziyorati niqobi ostida katta kuch bilan Iroqqa kirib bordi. Xalifani tinchlikni saqlab qolishga va oʻzini uning hokimiyatiga boʻysunishiga ishontirib, poytaxtga tashrif buyurish uchun ruxsat soʻradi. Keyinchalik, Toʻgʻrulbek xalifa tomonidan jamoat namozlarida sulton sifatida tan olindi. Oradan bir necha kun oʻtgach, Toʻgʻrulbekning oʻzi nafaqat xalifaga, balki buvayhiy amiri al-Malik ar-Rahimga ham sodiq boʻlishga qasamyod qilib, poytaxtga kirib bordi. Poytaxtda esa barcha hukumat aʼzolari va shahar xalqi tomonidan yaxshi kutib olindi.

Turkiy sarkarda Arslon al-Basosiriy 1058-yilda qoʻzgʻolon koʻtarib, Bagʻdodni egallab oldi. Bu vaqtda Toʻgʻrulbek ukasi bilan Eronda qoʻzgʻolon koʻtargan edi[8]. Al-Qoim ushbu voqealar vaqtida dastlab Bagʻdodda qoldi, biroq keyinchalik al-Basosiriyning buyrugʻi bilan Anahga surgun qilindi[8]. Taxminan 1 yil davomida al-Basosiriy Toʻgʻrulbek bilan muzokaralarda al-Qoimni garovda ushlab turdi[8]. Toʻgʻrulbek muzokaralarni butunlay chetlab oʻtib, toʻgʻridan-toʻgʻri al-Qoimni qoʻriqlayotgan amirning oldiga bordi va shu orqali uning ozodligini taʼminlashga muvaffaq boʻldi[8].

Al-Basosiriy vafot etib, qoʻzgʻolon barham topgach, saljuqiylar al-Qoim hokimiyati ustidan yagona hukmron kuch boʻlib qoldi[9]. Sunniylik mazhabiga eʼtiqod qiluvchi saljuqiylar diniy masalalarda al-Qoim bilan yaqinroq boʻlishsa-da, ular bu masalada buhayviylarga ko'proq oʻxshardi[9]. Al-Qoim hukmronligining bu davrida mazhablararo mojarolar muhim masala edi[9]. 1067-yilda shofi’iylar huquqiy maktabiga qarashli al-Nizamiyya madrasasining ochilishi diqqatga sazovor voqea boʻldi. Uning ochilishi hanbaliylar bilan oʻrtada keskinlikni kuchaytirib yubordi[9]. Al-Qoim saljuqiylar sultoni bilan maslahatlashmasdan turib harakat qilishni istamadi va oxir-oqibat, vaziyatni nazorat qila olmay qoldi[9].

Faxr ad-Davla Muhammad ibn Muhammad ibn Johir[10] 1062-yilda al-Qoim tomonidan vazir etib tayinlandi. Poytaxtga chaqirilib, unga sovgʻalar, sharaf liboslari va Faxr ad-Davla (sulolaning shon-sharafi) unvoni berildi[10]. Sibt ibn al-Javziyning yozishicha, unga Sharof al-vuzaroʼ unvoni ham berilgan[10].

Faxr ad-Davlaning dastlabki mansab davri 1068-yilga[11] qadar davom etgan. Keyinchalik bir qator huquqbuzarliklar sodir etganligi sababli (zunub) lavozimidan boʻshatilgan[12]. Bunga uning Bob al-Hujrada (Maxfiy xonada) ruxsatsiz boʻlganligi va Adud ad-Davlaning tantanali liboslarini kiyib yurishi ham sabab boʻlgan[12]. Boshqacha qilib aytganda, u oʻz vakolat doirasidan tashqarida boʻlgan harakatlarni ham amalga oshirgan[12]. Abu Ali ibn al-Bannaning maʼlumotlariga koʻra, Faxr ad-Davla 1068-yil 9-sentyabr seshanba kuni lavozimidan ozod etilgan[11][12]. Payshanba kuni (11-sentabr) kechasi Bagʻdoddan chiqarib yuborilgan va oxir-oqibat Banu Mazyod hukmdori Nur ad-Davla Dubays saroyiga yoʻl olgan[11]. Keyinchalik uning ortidan buyumlari ham yuborilgan[11].

Faxr ad-Davlaning oʻrniga xalifalik vaziri lavozimi uchun qizgʻin kurash kechgan[13]. Ular orasida uch kishining nomzodi jiddiy koʻrib chiqilgan, biroq ularning hech biri vazir lavozimini egallamagan[14]. Xalifaning dastlabki tanlovi Abu Shujo al-Ruzravariyning otasi Abu Yaʼla boʻlgan, biroq Abu Yaʼla 11-sentyabr kuni Faxr ad-Davla Bagʻdodni tark etmasidan oldin vafot etgan[14][15]. Yana bir nomzod Ibn Abdurahim boʻlib, unga vazirlikka tayinlanganligi haqida xabar yetkazilgan. Biroq orada kimdir xalifaga uning oʻtmishda qilgan ayanchli qilmishi haqida xabar yetkazgan. Unga koʻra, Ibn Abdurahim 1058-yilda al-Basosiriy qozgʻolon koʻtargan vaqtda uning yonida boʻlgan va xalifa saroyini talon-taroj qilishda, shuningdek, haram ayollariga hujum qilishda ishtirok etgan[13][15]. Shundan soʻng, uning nomzodligi darhol bahsdan olib tashlangan[13]. Ibn al-Bannaning yozishicha, bu vaqtda, taxminan noyabr oyining oʻrtalarida, al-Qoim Faxr ad-Davlani vazirlikka qayta tiklaydi, degan mish-mishlar tarqala boshlagan[14]. Shuningdek, oʻsha vaqtda Abu al-Ala ismli yana bir hanbaliy nomzodi ham vazirlikka tayinlash uchun koʻrib chiqilgan, biroq u ham hech qachon ushbu lavozimga kirishmagan[15].

Bu orada Nur ad-Davla Dubays Faxr ad-Davla nomidan xalifaga iltijolar qilib turgan[16]. Oxir-oqibat, Faxr ad-Davla xalifalik vaziri sifatida shaharga qaytarilgan[16]. Bir guruh maʼmuriy amaldorlar 7-dekabr yakshanba kuni Bagʻdodga qaytishi oldidan u bilan uchrashish uchun chiqishgan[17]. Ibn al-Bannaning kundaligida uning Bagʻdodga qaytib kelgan sanasi 1068-yil 10-dekabr chorshanba kuni etib koʻrsatilgan[17]. Butun olomon, xalifalik qoʻshini, saroy aʼzolari va yuqori mansabli shaxslar uni kutib olish uchun chiqqan[17]. 29-dekabr kuni Faxr ad-Davlaga vazirlik liboslari tayyorlangan va 31-dekabr chorshanba kuni topshirilgan[17]. Ertasi kuni odamlar tabriklash uchun uning oldiga borishgan[17]. 1069-yil 2-yanvar juma kuni Faxr ad-Davla sharaf liboslarida ot minib Jomiy al-Mansurga borgan. Bu safar ham butun olomon uni koʻrgani yigʻilgan, baʼzi joylarda esa uning sharafiga tanga sochilgan[17].

Al-Qoim Faxr ad-Davlaga va uning oʻgʻli Amid ad-Davlaga keng koʻlamli vazifalarni ishonib topshirgan[18]. Taxminan 1071-yilda Faxr ad-Davla va Saljuqiylar maʼmuriyati oʻrtasida faxriy liboslar almashinuvi marosimi kechikishi bilan bogʻliq diplomatik kelishmovchilik yuz bergan[18]. Alp Arslon 1072-yilda vafot etgan vaqtda rasmiy ravishda Banu Johir, shuningdek, al-Qoim va yangi saljuqiy sultoni Malikshoh I oʻrtasida sadoqat va sharaf liboslarini almashishni vazifasi yuklatilgan edi[18]. 1073-yil 26-sentyabrda Faxr ad-Davla hanbaliy olimi (munozarali) Ibn Oqilning xalifalik sudida oʻz eʼtiqodlaridan ochiqchasiga voz kechishi toʻgʻrisidagi hujjat imzolanishini nazorat qilgan[19]. Ushbu hujjat oʻrta asrlardan to hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan yagona hujjat hisoblanadi[19].

Al-Qoim va undan oldingi xalifalar davrida adabiyot, ayniqsa, fors adabiyoti Buvayhiylar homiyligida ravnaq topgan. Mashhur faylasuf al-Forobiy (vafoti: 950), sharqda arab shoirlarining eng buyuki sifatida tan olingan al-Mutanabbiy (vafoti: 965) va fors tib olimi Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino (Avitsenna, 1037-yilda vafot etgan) aynan oʻsha davrda yashab, faoliyat yuritgan.

1058-yilda Bahraynda Abdulqays qabilasining aʼzolari va ming yillik Ismoiliy Qarmatiylar davlati oʻrtasida al-Qoim nomidan xutba oʻqish boʻyicha kelishmovchilik Abu al-Bahlul al-Avvom boshchiligidagi qoʻzgʻolonga turtki boʻldi. Qarmatiylar hukmronligi va nihoyat 1067-yilda al-Hasada qulagan Qarmatiylar davlatining parchalanishiga olib keldi[20].

Al-Qoimning xotinlaridan biri Abu Nasr ibn Buvayhning singlisi boʻlib, u Molik Rahim nomi bilan ham mashhur edi. Molik Rahim 1049—1050-yillarda vafot etgan[21]. Xalifaning yana bir xotini Dovudbekning qizi Xadicha Arslon xotun boʻlgan[22]. Saljuqiylar sulolasi hokimiyati kuchayib borgach, al-Qoimning yagona oʻgʻli Zaxirat al-Mulk Abu al-Abbos Muhammad Xadicha Arslonga uylangan. Biroq Muhammad vafot etgach, 1056-yilda Xadicha Arslon al-Qoimga turmushga chiqqan. 1075-yilda xalifaning vafotidan keyin Ali ibn Faramurz Xadichaga uylangan[23]. Shuningdek, al-Qoimning armanlardan boʻlgan al-Jiha al-Qamya ismli kanizagi ham boʻlgan[24].

Al-Qoimning yagona oʻgʻli Muhammadning al-Muqtadiy ismli farzandi bor edi. Al-Muqtadiy Qurrut al-Ayn nomi bilan ham tanilgan Urjuvan ismli arman kanizagidan[25] tugʻilgan[26].

Al-Qoimning Sayyida ismli qizi ham boʻlgan[27]. 1061-yilda Saljuqiy sultoni Toʻgʻrulbek Ray qozisini Bagʻdodga yuborib, undan Sayyidaning qoʻlini soʻragan[23]. Nikoh shartnomasi 1062-yilning avgust-sentyabr oylarida Tabriz tashqarisida tuzilgan boʻlib, nikoh ulushi yuz ming dinor boʻlgan[23]. Sayyida 1063-yilning mart-aprel oylarida sulton saroyiga keltirilgan[23]. Toʻgʻrulbekning vafotidan keyin uning oʻrniga oʻtirgan sulton Alp Arslon Sayyidani 1064-yili Bagʻdodga qaytarib yuborgan[23]. Sayyida 1102-yil 20-oktyabrda vafot etgan[23][28].

Al-Qoim oʻlimidan oldin nabirasi va vorisi al-Muqtadiyga Banu Johir qabilasini oʻz mavqeida saqlab qolishni maslahat bergan[29].

Al-Qoim 1074-yil 3-aprelda 73 yoshida vafot etgan[30]. Uning oʻrniga nabirasi al-Muqtadiy Bagʻdod xalifaligining 27-xalifasi etib tayinlangan.

  1. Sourdel, D. „AL-ḲĀ'IM BI-AMR ALLĀH“, . The Encyclopaedia of Islam, Volume IV (IRAN-KHA) Van Donzel: . Leiden: E.J. Brill, 1978a — 457–8-bet. ISBN 90-04-05745-5. 
  2. Richards, D.S.. The Annals of the Saljuq Turks: Selections from al-Kamil fi'l-Ta'rikh of Ibn al-Athir, Routledge Studies in the History of Iran and Turkey. Taylor & Francis, 2014 — 185–87-bet. ISBN 978-1-317-83255-3. 
  3. 3,0 3,1 Sourdel 1978b.
  4. Küçükaşcı 2001.
  5. Sourdel, D. „AL-ḲĀ'IM BI-AMR ALLĀH“, . The Encyclopaedia of Islam, Volume IV (IRAN-KHA) Van Donzel: . Leiden: E.J. Brill, 1978a — 457–8-bet. ISBN 90-04-05745-5. 
  6. Bosworth, C. E. „The Political and Dynastic History of the Iranian World“, . The Cambridge History of Iran Boyle: . Cambridge University Press, 1968 — 48-bet. 
  7. Bosworth, C. E. (1970). "Dailamīs in Central Iran: The Kākūyids of Jibāl and Yazd". Iran 8 (1): 73–95 [p. 86]. doi:10.2307/4299634. https://www.tandfonline.com/doi/abs/10.1080/05786967.1970.11834791. 
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 Sourdel, D. „AL-ḲĀ'IM BI-AMR ALLĀH“, . The Encyclopaedia of Islam, Volume IV (IRAN-KHA) Van Donzel: . Leiden: E.J. Brill, 1978a — 457–8-bet. ISBN 90-04-05745-5. 
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 Sourdel, D. „AL-ḲĀ'IM BI-AMR ALLĀH“, . The Encyclopaedia of Islam, Volume IV (IRAN-KHA) Van Donzel: . Leiden: E.J. Brill, 1978a — 457–8-bet. ISBN 90-04-05745-5. 
  10. 10,0 10,1 10,2 Hanne, Eric (2008). "The Banu Jahir and Their Role in the Abbasid and Saljuq Administrations". Al-Masaq 20 (1): 29–45. doi:10.1080/09503110701823536. https://www.academia.edu/10968481. Qaraldi: 22 March 2022. Al-Qoim]]
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 Makdisi, George (1956). "Autograph Diary of an Eleventh-Century Historian of Baghdād--II". Bulletin of the School of Oriental and African Studies, University of London 18 (2): 239–60. doi:10.1017/S0041977X00106834. https://www.jstor.org/stable/609982. Qaraldi: 27 March 2022. Al-Qoim]]
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 Hanne, Eric (2008). "The Banu Jahir and Their Role in the Abbasid and Saljuq Administrations". Al-Masaq 20 (1): 29–45. doi:10.1080/09503110701823536. https://www.academia.edu/10968481. Qaraldi: 22 March 2022. Al-Qoim]]
  13. 13,0 13,1 13,2 Hanne, Eric (2008). "The Banu Jahir and Their Role in the Abbasid and Saljuq Administrations". Al-Masaq 20 (1): 29–45. doi:10.1080/09503110701823536. https://www.academia.edu/10968481. Qaraldi: 22 March 2022. Al-Qoim]]
  14. 14,0 14,1 14,2 Makdisi, George (1956). "Autograph Diary of an Eleventh-Century Historian of Baghdād--II". Bulletin of the School of Oriental and African Studies, University of London 18 (2): 239–60. doi:10.1017/S0041977X00106834. https://www.jstor.org/stable/609982. Qaraldi: 27 March 2022. Al-Qoim]]
  15. 15,0 15,1 15,2 Makdisi, George (1957). "Autograph Diary of an Eleventh-Century Historian of Baghdād--III". Bulletin of the School of Oriental and African Studies, University of London 19 (1): 13–48. doi:10.1017/S0041977X00119184. https://www.jstor.org/stable/609630. Qaraldi: 27 March 2022. Al-Qoim]]
  16. 16,0 16,1 Hanne, Eric (2008). "The Banu Jahir and Their Role in the Abbasid and Saljuq Administrations". Al-Masaq 20 (1): 29–45. doi:10.1080/09503110701823536. https://www.academia.edu/10968481. Qaraldi: 22 March 2022. Al-Qoim]]
  17. 17,0 17,1 17,2 17,3 17,4 17,5 Makdisi, George (1957). "Autograph Diary of an Eleventh-Century Historian of Baghdād--III". Bulletin of the School of Oriental and African Studies, University of London 19 (1): 13–48. doi:10.1017/S0041977X00119184. https://www.jstor.org/stable/609630. Qaraldi: 27 March 2022. Al-Qoim]]
  18. 18,0 18,1 18,2 Hanne, Eric (2008). "The Banu Jahir and Their Role in the Abbasid and Saljuq Administrations". Al-Masaq 20 (1): 29–45. doi:10.1080/09503110701823536. https://www.academia.edu/10968481. Qaraldi: 22 March 2022. Al-Qoim]]
  19. 19,0 19,1 Makdisi, George. Ibn 'Aqil: Religion and Culture in Classical Islam. Edinburgh University Press, 1997 — 3–5-bet. ISBN 0-7486-0960-1. Qaraldi: 2022-yil 28-mart. 
  20. Larsen, Curtis E.. Life and Land Use on the Bahrain Islands: The Geoarchaeology of an Ancient Society. University Of Chicago Press, 1984 — 65-bet. ISBN 0-226-46906-9. 
  21. Massignon, L.. The Passion of Al-Hallaj, Mystic and Martyr of Islam, Volume 2: The Survival of Al-Hallaj, Bollingen Series. Princeton University Press, 2019 — 142-bet. ISBN 978-0-691-65721-9. 
  22. Massignon, L.. The Passion of Al-Hallaj, Mystic and Martyr of Islam, Volume 2: The Survival of Al-Hallaj, Online access with JISC subscription agreement: ACLS Humanities E-Books. Princeton University Press, 2019 — 162-bet. ISBN 978-0-691-65721-9. 
  23. 23,0 23,1 23,2 23,3 23,4 23,5 Lambton 1988.
  24. Rudainy. „The Role of Women in the Būyid and Saljūq Periods of the Abbasid Caliphate (339-447/9501055&447-547/1055-1152): The Case of Iraq“. University of Exeter (2015-yil 12-iyun). Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
  25. Bennison, Amira K. (2009) The Great Caliphs: The Golden Age of the 'Abbasid Empire. Princeton: Yale University Press, p. 47. ISBN 0300167989
  26. Richards, D.S.. The Annals of the Saljuq Turks: Selections from al-Kamil fi'l-Ta'rikh of Ibn al-Athir, Routledge Studies in the History of Iran and Turkey. Taylor & Francis, 2014 — 185–87-bet. ISBN 978-1-317-83255-3. 
  27. Rudainy. „The Role of Women in the Būyid and Saljūq Periods of the Abbasid Caliphate (339-447/9501055&447-547/1055-1152): The Case of Iraq“. University of Exeter (2015-yil 12-iyun). Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
  28. al-Athīr, I.D.I.. The Chronicle of Ibn Al-Athīr for the Crusading Period from Al-Kāmil Fīʼl-taʼrīkh, Crusade texts in translation. Ashgate, 2006 — 74-bet. ISBN 978-0-7546-4077-6. 
  29. Hanne, Eric (2008). "The Banu Jahir and Their Role in the Abbasid and Saljuq Administrations". Al-Masaq 20 (1): 29–45. doi:10.1080/09503110701823536. https://www.academia.edu/10968481. Qaraldi: 22 March 2022. Al-Qoim]]
  30. Richards, D.S.. The Annals of the Saljuq Turks: Selections from al-Kamil fi'l-Ta'rikh of Ibn al-Athir, Routledge Studies in the History of Iran and Turkey. Taylor & Francis, 2014 — 185–87-bet. ISBN 978-1-317-83255-3. 
Al-Qoim
Tavalludi: 1001 Vafoti: 1075-yil 2-aprel
Sunniylik unvonlari
Oldingisi Abbosiylar xalifasi
1031-yil 29-noyabr – 1075-yil 2-aprel
Keyingisi
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy