Kontent qismiga oʻtish

Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy Fanlar Akademiyasi – AQShdagi ilmiy jamiyat. 1863-yil Vashington shahrida tashkil etilgan. Asosiy maqsadi, mamlakatda fan taraqqiyotiga koʻmaklashishdan iborat. AQSH hukumati va uning bir qancha agentliklari uchun fan va texnika masalalari boʻyicha maslahatchi organ vazifasini bajaradi. Hozirda ushbu jamiyatning 1989 nafar kishi aʼzosi boʻlib, ulardan 80 dan ortigʻi faxriy aʼzo, 271 xorijiy aʼzodir. Ishlarni texnika fanlari milliy akademiyasi (1964) va Tibbiyot instituti (1970) bilan birgalikda muvofiqlashtiradi. Ijrochi organi Milliy tadqiqot kengashi (1916) tashkil qilingan.





pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy