Kontent qismiga oʻtish

Antoninlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Antoninlar — Rim imperatorlari sulolasi (96 — 192); sulolaning asoschisi imperator Nerva (96 — 98). Nerva, Trayan, Adrian, Antonin Piy, Mark Avreliy (Lutsiy Ver bilan birgalikda) va Kommodlar Antoninlar sulolasidan. Antoninlar hukmronligida Italiya tushkunlikka uchradi. Bu davrda qulchilik tanazzulga uchrab, kolonlar mehnatidan keng foy-dalanildi. Pastki tabaqalarning behad ekspluatatsiya qilinishi viloyatlarda norozilik harakatlarining avj olishiga sabab buladi. Shulardan eng yirigi Bar-Koxba, Bukollar harakatlari edi. Antoninlar davrida imperiya chegarasiga varvarlar bostirib kira boshladi. Kommod hukmronligi davridan boshlab Antoninlar imperiyasi inqirozga uchraydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy