Kontent qismiga oʻtish

Antropogen omillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antropogen omillar, muhitning antropogen omillari — odam va uning xoʻjalik faoliyatining oʻsimlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga taʼsiri bilan bogʻliq omillar guruhi. Odam tabiatga taʼsir koʻrsatib, uni oʻz ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani oʻzgartiradi, bu esa oʻsimliklarning kamayishi, ayrim oʻsimlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, oʻsimliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi. Odamning tabiatga bilvosita taʼsiri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yerning ustki qatlamini, tuproq strukturasi va boshqalarni oʻzgartirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Qoʻriqerlarni oʻzlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrotsenozlar barpo etish va boshqa tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit oʻzgarishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Atom sanoatining rivojlanishi, ayniqsa atom qurollarini sinash, suv, atmosfera va tuproqni ifloslantiruvchi sanoat chiqindilarining koʻpayib borishi muammolari muhim boʻlib bormoqda. Odam madaniy oʻsimliklar va uy hayvonlari uchun maʼlum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda koʻpaytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda buzilishlarga olib keladigan faoliyat kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ekinlarni notoʻgʻri sugʻorish yerning shoʻrlanishi va eroziyaga olib keladi; yerni ortiqcha quritish oʻsimliklar qoplamini oʻzgartiradi. Hozirgi zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharoitlar yaratib berib, oʻz navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim muammoga aylantirdi. Antropogen omillar inson faoliyatining tabiatga taʼsiri natijasida yuzaga keladi

  • Zikiryoyev, Abdukarim. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.
  • Alibekov L., Qishloq xoʻjaligini ximiyalashtirish va atrof-muhit, Toshkent, 1986
  • Egamberdiyev R., Ekologiya, Toshkent, 1993.



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy