Artashes Avetyan
Artashes Vaganovich Avetyan | |
---|---|
Tavalludi |
14-avgust 1942-yil |
Janrlar | pop, klassik musiqa |
Kasbi | musiqachi, qoʻshiqchi |
Fuqaroligi | Eron SSSR AQSh |
Turmush oʻrtogʻi | Lola Xomyants, Juliet Gevorkyan |
Artashes Vaganovich Avetyan (armancha: Արտաշես Ավետյան; 1942-yil 14-avgust) – kelib chiqishi eronlik boʻlgan arman qoʻshiqchisi va musiqachisi, folklorshunos. Armaniston SSRda xizmat koʻrsatgan artist.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avetyan Eronning Tehron shahrida tugʻilgan. Yoshligida Avetyan Tehronning „Taj“ (keyinchalik Esteghlal nomi bilan mashhur boʻlgan) futbol jamoasida oʻynagan. 14 yoshida nemis musiqachisi Erwin More yordamida gitara chalishni oʻrgangan. Maktab yillarida qoʻshiqchi musiqiy guruh tarkibida Eron shaharlari boʻylab tez-tez gastrolga chiqqan. Ashula boʻyicha ustozi tenor Aram Sarkisyan boʻlib, ustozi bir vaqtlar Fyodor Shalyapin bilan birga kuylagan[1].
1963-yilda Artashesning oilasi Sovet Armanistoni poytaxti Yerevanga koʻchib oʻtdi. 23 yil davomida Avetyan Melik Mavisakalyan rahbarligidagi Armaniston radio va televideniyesining simfonik orkestri solisti boʻlgan. 5 yil davomida Avetyan Sovet Ittifoqi va Armaniston SSR xalq artisti Konstantin Orbelyan[2] boshchiligidagi Armaniston davlat estrada orkestrida faoliyat koʻrsatgan.
Avetyan 250 ga yaqin qoʻshiq yozgan, jumladan: „Sirun axchik ayastani“ („Goʻzal arman qizi“); „Ov sirun sirun“ („Oh, goʻzal, goʻzal“); „Yeh Negah“ („Bir qarash“), „Sluchaynost“ va „Yerevan“. Avetyan nafaqat arman, balki rus[3] va fors tillarida qoʻshiqlar ham kuylagan[4]
Arman qoʻshiqchisi Lola Xomyantsga uylangan. Er-xotin 1990-yilgacha, yaʼni ajrashguncha duet sifatida qoʻshiqlar ijro etishgan[5] . Oʻsha yilning oxirida Avetyan Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtdi[6] va u yerda klublarda qoʻshiq kuylay boshladi. Ikkinchi rafiqasi Juliet Gevorkyan bilan birga kitob nashr etish bilan shugʻullangan. Bu kitoblar arman maktablarida foydalanilgan[1][7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „ԱՐՏԱՇԵՍ ԱՎԵՏՅԱՆ“. zarkfoundation.com.
- ↑ „Armenian State Variety Orchestra [Archive 1987“]. www.1tv.am/en/. 2021-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-may.
- ↑ „Арташес Аветян - Случайность“. discogs.com. 2021-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-dekabr.
- ↑ „Shahkare Artoosh“. iranian.com. 2021-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-dekabr.
- ↑ „ЛОЛА ХОМЯНЦ И АРТАШЕС АВЕТЯН БИОГРАФИЯ“. trackerclubshows.mywibes.com. 2019-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-may.
- ↑ „Аветян Арташес Ваганович. Avetyan Artashez. Автор: Ивасив Александр Иванович“. rexstar.ru. 2021-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-may.
- ↑ „Արտաշես Ավետյան | Music of Armenia“. www.musicofarmenia.com. 2021-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-may.