Kontent qismiga oʻtish

Avtomat (qurol)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Avtomat Kalashnikova 74

Avtomat qurol – oʻq otish quroli. U oʻq (snaryad) otilganda hosil boʻlgan porox gazining quvvati bilan oʻz-oʻzidan oʻqlanib otilgani uchun shunday ataladi. U uzluksiz va yakka olish imkonini beradi. Avtomat qurol XIX asrning 2-yarmida paydo boʻlgan.

Quyidagi turlarga boʻlinadi:

  • Avtomat pistoletlar – yaqin masofa (50 m)ga oʻq otadigan qurollar;
  • Pistolet-pulemyotlar – 300 m gacha masofadagi noshonga zarba beruvchi qurollar;
  • Oʻzi oʻqlanuvchi va oʻzi otiluchi avtomat miltiqlar – 600 m ga qadar masofadagi nishonga bittalab otish uchun moʻljallangan. Oʻq bittalab otilganda minutiga 25-30 ta oʻq otish mumkin;
  • Qoʻl pulemyotlari – 800 m masofadagi nishonga otishga muljallangan qurollar. Bittalab minutiga 120 donaga qadar oʻq otish mumkin;
  • Stanokli pulemyotlar – 1000 m va undan uzoq, (2-2,5 km) masofadagi nishonga zarba berish uchun ishlatiladigan kuchli qurollar. Minutiga 250 ga qadar oʻq otadi. Stanokli pulemyotlar pastroq uchuvchi dushman samolyotlarga zarba bera oladi;
  • Yirik kalibrli pulemyot (odatda, kalibri 12,7-15 mm) – tank va samolyotlarga oʻrnatiladigan qurol, havodagi nishonlarga zarba berish, yengil zirh bilan qoplangan nishonlarga qarshi kurashish uchun moʻljallangan qurol;
  • Avtomat toʻp (kalibri 20 mm va undan katta) – asosan havodagi nishonlarga zarba berish uchun tank va samolyotlarga oʻrnatiladigan qurol.
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy