Celso Borges
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Celso Borges Mora[1] | ||
Tavallud sanasi | 27-may 1988-yil | ||
Tavallud joyi | San José, Kosta-Rika | ||
Boʻyi | 1.87 m[2] | ||
Ampluasi | Yarim Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Alajuelense | ||
Raqami | 32 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Saprissa | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2009 | Saprissa | 86 | (7) |
2009—2012 | Fredrikstad FK | 76 | (29) |
2012—2015 | AIK | 79 | (22) |
2015 | → Deportivo La Coruña (Ijara) | 17 | (3) |
2015—2018 | Deportivo La Coruña | 107 | (15) |
2018—2020 | Göztepe | 53 | (2) |
2020—2021 | Deportivo La Coruña | 20 | (2) |
2021- | Alajuelense | 10 | (1) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2005 | Kosta-Rika U17 | 4 | (1) |
2007 | Kosta-Rika U20 | 3 | (0) |
2008- | Kosta-Rika | 153 | (27) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (26-yanvar uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 14-iyun uchun) |
Celso Borges Mora (talaffuzi: Selso Borxes) (1988-yil 27-mayda tugʻilgan) — Kosta-Rikalik professional futbolchi, Liga FPD klubi "Alajuelense" va Kosta-Rika terma jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi
Dastlabki yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning otasi Aleksandr Gimaras[3] asli braziliyalik, Kosta- Rikada taʼlim olgan sobiq futbolchi va murabbiy. U Kosta-Rikaning poytaxti San-Jose shahrida tugʻilgan va oʻrta maktab yillarida Sistema Educativo Saint Clare oʻrta maktabida oʻqigan, u yerda maktab jamoasida ishtirok etgan va Kosta-Rika futboli afsonasi don Juan Varela tomonidan futbol haqida hamma narsani oʻrgatilgan. Uning oʻqishi koʻpincha uning futbol mashgʻulotlari va mamlakat tashqarisida oʻynashi tufayli toʻxtatilgan.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saprissa
[tahrir | manbasini tahrirlash]18 yoshida Borges 2006-yilning 15-yanvarida Saprissa safida professional debyut qilgan[4]. U Saprissa bilan beshta martta milliy chempionatda gʻolib chiqqan.
Fredrikstad FK
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yilning 18-yanvarida Fredrikstad FK sport direktori Tor-Kristian Karlsen Borges ular bilan shartnoma imzolaganini tasdiqlagan va 1-iyulda Borgesning Saprissa bilan shartnomasi tugagach, kelib qoʻshilgan. Keyinchalik Fredrikstad " Deportivo Saprissa "ga 1 million kron (125 000 evro) toʻlashga rozi boʻlgan, shunda Borges zudlik bilan jamoaga qoʻshilib, Fredrikstadda mavsum boshlanganida, 14-aprelda sobiq liga chempioni Stabekka qarshi oʻynay olgan[5]. 2011-yilning mart oyida Borges 2011-yilgi mavsum davomida yoki undan keyin Fredrikstadni tark etishini aytgan[6].
AIK
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil 1-yanvarda Borges erkin agent sifatida Fredrikstad FKni tark etishi va Shvetsiyaning AIK Stokgolm futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolashi tasdiqlagan[7].
U oxirgi marta Martin Kayongo-Mutumba kiygan boʻsh 10-raqamli libosni olgan.
2012-yil 1-aprelda Borges AIK uchun birinchi oʻyinini Mjällby AIFga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U klub uchun oʻzining birinchi golini keyingi oʻyinda kiritgan. Kalmar FFga qarshi oʻyinda gʻalaba keltirgan golni urgan. Mavsumning birinchi yarmida u murabbiy Andreas Alm tomonidan hujumchi sifatida foydalanilgan. Ammo yozgi taʼtildan soʻng u hujumni tashlab, markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynay boshlagan va keyinchalik markaziy yarim himoyada jamoaning birinchi raqamli oʻyinchisi boʻlgan. U mavsumni jamoaning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlagan.
Deportivo La Coruña
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilning 14-yanvarida Borges " Deportivo La Coruña "ga qoʻshilgan va ular bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan, u ikki yilga uzaytirish huquqiga ega boʻlgan[8]. U „Deportivo“ safidagi ilk rasmiy oʻyinida ikkita gol urgan. 30-yanvar kuni " Rayo Vallecano "ga qarshi safarda 1:2 hisobida gʻalaba qozonib, La Ligadagi debyutini ham nishonlgan[9].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Borges ayni damda Kosta-Rika milliy futbol jamoasi safida 153 ta oʻyin oʻtkazib, 27 ta gol urgan holda rekordchi hisoblanadi[10]. U oʻz mamlakatini FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi 50 dan ortiq oʻyinda va 2014 va 2018 FIFA Jahon chempionati finallarida himoya qilgan. U 2011 va 2013-yilgi Copa Centroamericana[11] hamda 2009, 2011, 2013[12] 2015, 2019 va 2021 KONKAKAF Oltin Kubogi va Copa Amerika musobaqalarida oʻynagan.
U Kosta-Rika terma jamoasi uchun debyutini 2008-yil iyun oyida FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida Grenadaga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[10] va oʻsha yilning sentyabr oyida Surinam darvozasiga birinchi xalqaro golini urgan.
Jamoaning 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi omadsiz ishtirokida koʻzga koʻringanidan soʻng, Borges jamoaga 2011-yilgi Amerika Kubogida ikkinchi oʻrinni egallashga yordam bergan, shuningdek, oʻsha yilning oxirida KONKAKAF Oltin kubogining chorak finalida ham qaatnashgan[10].
2014-yil iyun oyida Borges Kosta-Rika terma jamoasining 2014-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatiga chaqiruviga kiritilgan[13]. 1/8 finalda Borges Gretsiya ustidan penaltilar seriyasida gol urgan beshta Kosta-Rika oʻyinchisidan birinchisi boʻlgan[14].
2018-yilning may oyida u Kosta-Rikaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan[15].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Division | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Saprissa | 2005—2006 | Kota-Rika premier Divizioni | 2 | 0 | — | 2 | 0 | |||
2006—2007 | 35 | 2 | — | 35 | 2 | |||||
2007—2008 | 25 | 0 | — | 6 | 1 | 31 | 1 | |||
2008—2009 | 24 | 5 | — | 5 | 1 | 29 | 6 | |||
Jami | 86 | 7 | — | 11 | 2 | 97 | 9 | |||
Fredrikstad FK | 2009 | Tippeligaen | 22 | 7 | 2 | 1 | 1 | 1 | 25 | 9 |
2010 | Adeccoligaen | 29 | 14 | 2 | 1 | — | 31 | 15 | ||
2011 | Tippeligaen | 25 | 8 | 5 | 7 | — | 30 | 15 | ||
Jami | 76 | 29 | 9 | 9 | 1 | 1 | 86 | 39 | ||
AIK | 2012 | Allsvenskan | 29 | 8 | — | 12 | 1 | 41 | 9 | |
2013 | 24 | 8 | 3 | 0 | — | 27 | 8 | |||
2014 | 26 | 6 | — | 3 | 0 | 29 | 6 | |||
Jami | 79 | 22 | 3 | 0 | 15 | 1 | 97 | 23 | ||
Deportivo La Coruña | 2014—2015 | La Liga | 17 | 3 | — | 17 | 3 | |||
2015—2016 | 24 | 3 | — | — | 24 | 3 | ||||
2016—2017 | 34 | 6 | 4 | 0 | — | 38 | 6 | |||
2017—2018 | 32 | 3 | — | — | 32 | 3 | ||||
Jami | 107 | 15 | 4 | 0 | — | 111 | 15 | |||
Göztepe | 2018—2019 | Süper Lig | 32 | 1 | 3 | 1 | — | 35 | 2 | |
2019—2020 | 21 | 1 | 6 | 0 | — | 27 | 1 | |||
Jami | 53 | 2 | 9 | 1 | — | 62 | 3 | |||
Deportivo La Coruña | 2020—2021 | Segunda División B | 20 | 2 | 2 | 0 | — | 22 | 2 | |
Deportivo jami | 127 | 17 | 6 | 0 | — | 133 | 17 | |||
Karyerada jami | 421 | 77 | 27 | 10 | 27 | 4 | 475 | 91 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gollar |
---|---|---|---|
Kosta-Rika | 2008 | 7 | 2 |
2009 | 15 | 5 | |
2010 | 3 | 0 | |
2011 | 10 | 1 | |
2012 | 5 | 1 | |
2013 | 20 | 5 | |
2014 | 13 | 5 | |
2015 | 14 | 0 | |
2016 | 11 | 2 | |
2017 | 10 | 0 | |
2018 | 10 | 0 | |
2019 | 12 | 2 | |
2020 | 1 | 0 | |
2021 | 15 | 3 | |
2022 | 7 | 1 | |
Jami | 153 | 27 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Deportivo Saprissa
- Primera División de Kosta Rica : Apertura 2005, Clausura 2006, Apertura 2006, Clausura 2007, Apertura 2007, Clausura 2008, Apertura 2008
Kosta-Rika
- Markaziy Amerika kubogi : 2013-yil
Shaxsiy yutuqlar
- KONKAKAF Oltin kubogi barcha turnirlar jamoasi: 2009-yil
- KONKAKAF Oltin kubogi eng yaxshi 11lik: 2021[16]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Costa Rica“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
- ↑ „Celso Borges, new Tico idol“. FIFA.com (10-fevral 2009-yil). 4-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2011-yil.
- ↑ „Celso Borges“. Saprissa. 22-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2011-yil.
- ↑ „Fredrikstad sign "young ballack"“ (no). VG.no (18-yanvar 2009-yil). Qaraldi: 1-iyul 2011-yil.
- ↑ „Borges to leave FFK“ (no). TV2.no (14-mart 2011-yil). Qaraldi: 1-iyul 2011-yil.
- ↑ „Bekräftat: AIK värvar landslagsstjärna“ (sv). aftonbladet.se (1-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 1-yanvar 2012-yil.
- ↑ „Celso Borges nuevo jugador del Deportivo“ (es). Deportivo's official website (14-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2015-yil.
- ↑ „Celso Borges da pura vida al Dépor en Vallecas (1-2)“ (es). Deportivo's official website (30-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2015-yil.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 „Celso BORGES“. FIFA. 16-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2014-yil.
- ↑ Copa Centroamericana 2013 (UNCAF Nations Cup) — RSSSF
- ↑ CONCACAF Championship, Gold Cup 2013 — Full Details — RSSSF
- ↑ „Costa Rica World Cup 2014 squad“. The Telegraph (2-iyun 2014-yil). Qaraldi: 30-iyun 2014-yil.
- ↑ „Costa Rica 1-1 Greece“. BBC (29-iyun 2014-yil). Qaraldi: 30-iyun 2014-yil.
- ↑ „Costa Rica national team World Cup squad: Oscar Ramirez names 23-man roster featuring Keylor Navas, six MLS players | Goal.com“.
- ↑ „Turner, Funes Mori named to Best XI“. CONCACAF (3-avgust 2021-yil). Qaraldi: 3-avgust 2021-yil.