Kontent qismiga oʻtish

Cheklangan trafik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Cheklangan trafik[1] (inglizcha: bandwidth cap, data cap — „trafik qopqogʻi“, „maʼlumot qopqogʻi“) yoki trafik limiti[2] deb veb trafikka qoʻyilgan cheklovga aytiladi. Internet-provayderlar trafik limitini koʻp foydalanuvchilari bor kanalga bosimni kamaytirish uchun qoʻyishadi. Xorijda shuningdek Fair Access Policy („odil foydalanish siyosati“) yoki Usage-based billing („isteʼmolga asoslangan hisob“) deb ham ataladi.

Cheklangan trafik internet ommalashayotgan paytlarda kiritilgan edi, hozirda aksariyat mamlakatlarda bekor qilingan. Biroq trafik limiti ayrim mamlakatlarda, jumladan Oʻzbekiston,[1][2] Indoneziya,[3] AQSh[4] va Avstraliyada[5] u yoki bu shaklda saqlanib qolgan.


pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy