Kontent qismiga oʻtish

Choʻl

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Eng katta qutbmas choʻllar.
  Choʻl

Sahro — 1) Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida, xususan, arab va fors tillarida chul maʼnosida ishlatiladigan atama. Joy nomlari sifatida ham qoʻllanadi, mas, Sahroi Kabir. Oʻzbek tilida, xususan, badiiy adabiyotlarda baʼzan choʻl soʻzining sinonimi sifatida ham ishlatiladi; 2) Arktika va Antarktikadagi sovuq, qor va muz qoplagan yerlar[1].

Choʻl yoki sahro deb juda oz miqdorda yogʻin sodir boʻladigan mintaqaga aytiladi. Aksariyat choʻllarda yogʻin yiliga 400 mm dan kam boʻladi[2]. Yiliga 250 mm dan kam yogʻinli choʻllar haqiqiy, 250—400 mm orasida yogʻin oladigan choʻllar esa yarimchoʻl yoki dasht, deyiladi[2][3].

Choʻllar shuningdek „issiq“ va „sovuq“ tiplarga ajratiladi. Issiq choʻllar qum-tuproq bilan qoplangan boʻlsa (masalan, Qoraqum), sovuq choʻllar qor va muz bilan qoplangan boʻladi (masalan, Antarktida).

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 „desert“. Encyclopædia Britannica online. Qaraldi: 28-avgust 2011-yil.
  3. „What is a desert?“. Pubs.usgs.gov. Qaraldi: 2010-yil 16-oktyabr.



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy