Kontent qismiga oʻtish

Crete Cage

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Crete Cage
Tavalludi
Lucretia Harvey

1881-yil 4-sentyabr
Vafoti 1968-yil 22-dekabr
New Jersey, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Jurnalist
Bolalari John Cage

Lucretia Harvey Cage (1881-yil 4-sentabr – 1968-yil 22-dekabr) amerikalik jurnalist va yozuvchi. U Crete Cage nomi bilan tanilgan. "Los-Angeles Times" gazetasida jurnalist sifatida faoliyat olib borgan. Uning oʻgʻli bastakor John Cage.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lucretianin otasig James Cary Harvey va onasi Minnie Puriton Harvey[1]. (Baʼzi manbalarda uning tugʻilgan yili 1885-yil deb koʻrsatiladi)[2][3].

Crete Cage yoshligida Koloradodagi protestant cherkovida pianino chalgan[4]. U 1920-yillarda „professional klub ayoli“, Kaliforniya ayollar klublari federatsiyasining matbuot va reklama boʻlimi boshligʻi, 1931-yil nafaqaga chiqqunga qadar styuardessalar klubi prezidenti boʻlgan[5]. 1935-yilda u „ Ayollar fuqarolik konferensiyasi ijroiya qoʻmitasi“ga aʼzo boʻldi[6]. Crete Janubiy Kaliforniyadagi ayollar klubi faoliyati haqida hisobot berib, radio orqali eshitirishlar qilardi[7][8]. Cage davlatning inqiroz davrida ishsiz hunarmandlarga oʻz ishlarini sotishda yordam berish uchun Los Angeles shahar markazida „sanʼat va hunarmandchilik“ kooperativ doʻkonini ochgan ayollar guruhining aʼzosi edi[9]. U Ebell klubida faol rahbarlik qilgan va Detroyt va Los Angelesdagi Linkoln Study Club boʻlimlarining asoschisi[5][10].

Cage 1934-yildan 1939-yilgacha Los Angeles Times gazetasida ayollar klublarini yorituvchi gazeta muharriri sifatida faoliyat yuritgan[11][12][13]. Timesdagi hamkasbi, musiqa tanqidchisi Isabel Morse Jones bilan u Los Angeles Times filarmoniyasi uchun yangi kontsert zalida ishlagan[14].

Uning oʻgʻli John Cage yakkaxon fortepiano uchun „Crete“ (1944 – 1945) nomli kompozitsiyani yozgan[15].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lucretia Harvey 1908-yilda John Milton Cagega uylanishidan oldin ikki marta turmushga chiqqan. Soʻng ularning 1912-yilda Los Angelesda bastakor oʻgʻli John Cage tugʻilgan. Ular Los-Angelesning Eagle Rock mahallasida ota-onasi va opalari Margaret, Jozefina va Fibi bilan yashar edilar. Cage 1968-yilda Nyu-Jersi shtatining Upper Montclair shahrida 87 yoshida vafot etgan. Oʻgʻlining 1916-yildan 1954-yilgacha boʻlgan onasining hayotini aks ettiruvchi albomlari Shimoliy-Gʻarbiy Universitetdagi maxsus toʻplamlar kutubxonasida arxivlangan[16].

  1. „Minnie Puriton Harvey (death notice)“. The Los Angeles Times (1946-yil 18-noyabr), s. 20. Qaraldi: 2020-yil 26-aprel.
  2. Cage, John. The Selected Letters of John Cage (en). Wesleyan University Press, 2016-03-15 — 15, note 14-bet. ISBN 978-0-8195-7592-0. 
  3. „Lucretia Cage in Social Security Death Index“. Fold3. Qaraldi: 2020-yil 26-aprel.
  4. Liu, Gerald C.. Music and the Generosity of God (en). Springer, 2017-11-16 — 18, note 8-bet. ISBN 978-3-319-69493-1. 
  5. 5,0 5,1 „Mrs. Cage Lauded for Club Work“. Los Angeles Evening Express (1931-yil 2-iyun), s. 12. Qaraldi: 2020-yil 26-aprel.
  6. „Mrs. Thayer to Advise Civic Group“. The Los Angeles Times (1938-yil 20-fevral), s. 63. Qaraldi: 2020-yil 26-aprel.
  7. „The Dial“. The Los Angeles Times (1935-yil 4-iyun), s. 12. Qaraldi: 2020-yil 26-aprel.
  8. „Crete Cage Takes Air Waves Today“. The Los Angeles Times (1935-yil 22-iyul), s. 29. Qaraldi: 2020-yil 26-aprel.
  9. Perloff, Professor Marjorie. John Cage: Composed in America (en). University of Chicago Press, 1994 — 67–72, 86-bet. ISBN 978-0-226-66057-8. 
  10. „The Lincoln Study Club“. The Los Angeles Times (1924-yil 18-mart), s. 27. Qaraldi: 2020-yil 26-aprel.
  11. Swed. „John Cage's genius an L.A. story“ (en-US). Los Angeles Times (2012-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 25-aprel.
  12. „Club Editor of Times at Confab“. The Los Angeles Times (1935-yil 12-may), s. 46. Qaraldi: 2020-yil 26-aprel.
  13. Cage, Crete. „Clubs Plan Ousting of Radicals“. The Los Angeles Times (1938-yil 20-fevral), s. 63. Qaraldi: 2020-yil 26-aprel.
  14. Swed, Mark. „City Leaders, Then and Now“. The Los Angeles Times (2014-yil 21-dekabr), s. 56. Qaraldi: 2020-yil 26-aprel.
  15. „John Cage Complete Works“. John Cage Trust. Qaraldi: 2020-yil 25-aprel.
  16. „Cage, Lucretia, 1881-1968 | Archival and Manuscript Collections“. Library, Northwestern University. Qaraldi: 2020-yil 25-aprel.
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy