Kontent qismiga oʻtish

Don (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Don
Tavsif
Uzunligi 1 870
Maydoni 422 000 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Don (daryo)

Don (yun. nomi Tanais) — Rossiya Federatsiyasining Yevropa qismidagi daryo. Uzunligi 1870 km. Havzasining mayd. 422 ming km2. Oʻrta Rossiya qirlarining sharqiy yon bagʻridan boshlanib, Azov dengizining Taganrog qoʻltigʻiga quyiladi. Yuqori qismi tor vodiydan oqadi; oʻng qirgʻogʻi baland (90 m gacha), sohilida jar koʻp. Chuq. 20 m gacha. Donga oʻngdan Severskiy Donets, chapdan Medveditsa, Sal irmoqlari quyiladi. Donning quyi qismida Simlyansk suv ombori va GES bor. Rostov-Don sh.dan quyida Donning deltasi (mayd. 340 km2) boshlanadi. Oʻrtacha suv sarfi 935 m3/sek. Don kema qatnaydigan Volga-Don kanali orqali Volga bilan bogʻlangan. Asosan qor va yomgʻirdan suv oladi. Noyabr va dekabrda muz bilan qoplanib, martda muzdan boʻshaydi. Donda Sosna daryosi quyilish yeridan 1604 km gacha, Liski sh.dan 1355 km masofada muntazam kema qatnaydi. Bal i k, ovlanadi. Don boʻyida Kalach-Don, Rostov-Don, Azov shaharlari joylashgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy