Kontent qismiga oʻtish

Echmiadzin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Echmiadzin (1945-yilgacha Vagarshapat) — Armanistondagi shahar, Ararat tekisligida, Echmiadzin temir yoʻl stansiyasidan 15 km, Yerevandan 20 km. Aholisi 60,5 ming kishi (1998). Shahar miloddan avvalgi II asrdan Vardkesavan nomi bilan maʼlum. II asrning 2-yarmi — IV asrlarda Armanistonning poytaxti. Mashinasozlik, kimyo (plastmassa zavodi), oziq-ovqat (vino kti, konserva zavodi) sanoatlari mavjud. Oʻlkashunoslik muzeyi, Armaniston davlat kartinalar galereyasining filiali, arman shoiri I.M.Ioannisyan uymuzeyi va boshqalar muzeylar bor. Meʼmoriy va tarixiy yodgorliklardan Sobor (303 yil, V va VII asrlarda qayta qurilgan) va uning qoʻngʻiroqxonasi (XVII asr), cherkovlar saqlangan. Echmiadzin yonida armangrigorian cherkovi markazi hamda katolikos rezidensiyasi joylashgan. Monastir majmuasida mehmonxona (XVIII asr), katolikos uyi (XVIII asrning 1-yarmi), maktab (1813), tosh hovuz (1846) va boshqalar bor. Echmiadzin yonida Zvartnots ibodatxonasi xarobalari (641—661) mavjud. Sobor ichida oʻrta asr dekorativ sanʼatining noyob kolleksiyasi asarlari namoyish etilgan muzey bor. Turizm rivojlangan.




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy