Kontent qismiga oʻtish

Enrico Caruso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Enrico Caruso
Tavalludi 24-fevral 1873 va 25-fevral 1873
Vafoti 2-avgust 1921[1][2][3]
Fuqaroligi Italiya qirolligi
Otasi Marcellino Caruso
Onasi Anna Baldini

Enriko Karuzo (italyancha: Enrico Caruso; 24-fevral 1873-yil, Neapol — 2-avgust 1921-yil) — italyan xonandasi (tenor), belkanto sanʼatining yirik namoyandasi, jahon opera ijrochiligining atoqli vakillaridan. Yoshligida cherkov xoriga qatnashgan. 1894—1901-yillarda Italiya va Qohira opera teatrlarida ishlagan, 1903-yildan „Metropoliten-opera“ (Nyu-York) teatrining yakkaxoni. 1898-yildan Janubiy va Shimoliy Amerika hamda Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.

Ijrosi — dramatik joʻshqinligi, serzavqligi hamda oʻzigagina xos samimiyligi bilan ajralib turadi. Hajmdan keng va kuchli, nihoyatda jozibali ovoz sohibi Karuzo repertuaridan jami 80 dan optiq, opera partiyalari oʻrin olgan. Shu bilan birga Karuzo mumtoz cherkov musiqasi asarlari, mumtoz romanslar, neapolitan va boshqa xalq qoʻshiqlarini nozik did bilan talqin etgan[4].

pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy