Kontent qismiga oʻtish

Etnonimika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Etnonimika (etno... va yun. oputa — ism, nom) — leksikologiyaning etnonimlarnn oʻrganuvchi boʻlimi. Etnonimika tilshunoslikning onomastika sohasi tarkibiga kiradi. E. maʼlum etnos tilidagi urugʻ, qabila, elat, millat va boshqalar xil etnik birliklar nomini toʻplash, ularning paydo boʻlishi, nomlanishidagi asosiy motivlar, nomlarning lugʻaviy tarkibi, undagi subtrat va adstrat materialning oʻrni, etnonimlarning maʼno va etimologiyasi, yasalishi, etnonimik lugʻatlarni tuzish tartibqoidalari kabi muammolar bilan shugʻullanadi. Oʻzbek tili etnonimlarga boy boʻlib, ular negizida xalqning qadimiy totemistik tasavvurlari (bahrin, toyloq, lochin, qargʻa, qoraqush, ilonli, kaltatoy), tamgʻa, maxsus belgilarga asoslanish (taroqli, toʻgʻali, qaychili, qoʻshtamgʻali, oʻroqli, bolgʻali), son, miqdor tushunchalariga tayanib nomlash (ming, qirq, mangʻit, nayman, oltioʻgʻil, beshbola, toʻrtuyli, beshuyli), hajm, shakl tushunchalari (kattajuz, kichikjuz, parchayuz), rangtus bilan bogʻliq tushunchalar (oqmangʻit, oqtana, oqtelpak, oqtoʻnli, qoratelpak, qoramangʻit, qoranayman, olakoʻylak, olatoʻn), etnosning ijtimoiy-siyosiy ahvoli, mavqei (beklar, beklartoʻpi, boylartoʻp, mirzatoʻp, malikbachcha), etnosning kasbkori (ayronchi, kiyikchi, iyarchi, baydoqchi, tevachi, toʻnchi, tugʻchi, shotirchi, ovchi, mergan, mirishkor), etnosning yashash joyi, urugʻ, qabila boshliqlarining nomlari yotishini koʻrsatadi.

Turkiy E.ni, jumladan, oʻzbek E.ni oʻrganish ishiga taniqli turkiyshunoslar N.Aristov, V.V.Radlov, V.V.Bartold, S.P.Tolstov, S.M.Abramzon, L.V.Gumilyov, D.Ye.Yeremeyev, N.A.Baskakov, L.V.Zuyev, A.N.Xanikov, B.A.Jdanko, B.X.Karmisheva, A.A.Valitova, S.Ataniyozov, D.Aytmurodov, R.G.Kuzeyev; oʻzbek olimlaridan Yahyo Gʻulomov, B.Ahmedov, K.Shoniyozov, A.Muhammadjonov, X.Doniyorov, S.Gubayeva, T.Nafasov, A.Otajonova va boshqalar munosib hissa qoʻshdilar.

E. oʻz tahlillarida tilshunoslikdan tashqari tarix, etnografiya, geografiya, psixologiya, dinshunoslik va boshqalar fanlarning ilmiy usullaridan ham foydalanadi.

  • D oniyoro v X., Oʻzbek xalqiningshajara va shevalari, T., 1968; Etnonimn, M., 1970; Yeremeyev D.Ye., Etnonimm tyurok, M., 1971; Shaniyazov K., K etnicheskoy istorii uzbekskogo naroda, T, 1974; Aytmuradov A., Tyurkskiye etnonimm, Nukus, 1986; Hasan Ato Abushiy, Turkiy qavmlar tarixi, T, 1995.

Ernst Begmatov.




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy