Kontent qismiga oʻtish

Fin qoʻltigʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Fin qoʻltigʻi (inglizcha: Gulf of Finland) - Boltiq dengizining sharqiy qismidagi qoʻltiq. Rossiya Federatsiyasi, Finlandiya, Estoniya sohillari oraligida. Maydoni 30 ming km². Uzunligi 390 km, eni kiraverish qismida 70 km. Qirgʻoqlari shim.da qoyali va shxera tipli, jan. va sharqida past. Qoʻltiqning sharqiy qismi — Neva qoʻltiqchasiga Neva, shuningdek, Narva, Lucha daryolari quyiladi. Chuqurligi gʻarbida 100 m, sharqida 7 m. Orol koʻp. Suvning yuza qismida temperatura qishda 0° dan past, avgustda 15—17°. Noyab. oxiridan attr. oxirigacha muz bilan qoplanadi. Shoʻrligi 2—5‰. Katta kemalarning SanktPeterburg portiga kirish uchun Fin qoʻltigʻida Dengiz kanali qazilgan. Suv sathining balandligi shamollar va atmosfera bosimi taʼsirida oʻzgarib turadi. Natijada Neva qoʻltiqchasida suv koʻtarilib, SanktPeterburgda toshqinlar boʻladi. Fin qoʻltigʻi sohilidagi yirik portlar: SanktPeterburg, Viborg (RF), Tallinn (Estoniya), Helsinki, Kotka (Finlandiya).




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy