Kontent qismiga oʻtish

Furfurol

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Furfurol (lotincha furfur — kepak, qipiq va oleum — moy), C5H4O2 — yangi yopilgan javdari non xidi keladigan geterotsiklik aldegid; sargʻish moysimon suyuklik. Suyuqlanish temperaturasi — 36,5°, qaynash temperaturasi 161,7°, zichligi 1159 kg/m3; suvda oz, spirt va efirda yaxshi eriydi. F.ning kimyoviy xossalari benzoat aldegidnikiga oʻxshaydi. Oʻsimlik materiallari (mosh, makkajoʻxori oʻzagi, sholi qipigʻi)ni gidrolizlab olinadi. F. furfuril spirt, tetragidrofurfuril spirt, tetragidrofuran, furan smolalari, divinil, sanoat yelimlari olishda ishlatiladi. F.ning baʼzi hosilalari tibbiyotda furatsillin sifatida qoʻllanadi.




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy