Kontent qismiga oʻtish

Georgi Margvelashvili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Georgi Teymurazovich Margvelashvili
Gruziya bayrogʻi Gruziya Prezidenti
Mansab davri
2013-yil 17-noyabr – 2018-yil 16-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Mixail Saakashvili
Vorisi Salome Zurabishvili
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-sentyabr 1969-yil (1969-09-04) (55 yosh)
Gurjiston SSR, Tbilisi

Georgi (Giorgi) Teymurazovich Margvelashvili (gr.Giorgi Teymurazis dze Margvelashvili) - 1969-yil, 4-sentabrda Tbilisida tugʻilgan. Gurjistonlik siyosatchi, sharhlovchi, 2013-yil 17-noyabrdan 2018-yil 16-dekabrgacha Gurjiston Prezidenti boʻlgan.

Georgi Margvelashvili

Siyosiy karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilning oktyabrida Georgi Margvelashvili, Bidzina Ivanishvili hukumatida Gurjiston Taʼlim Vaziri lavozimini egalladi. 2013-yilning 7-fevralida U Gurjiston hukumatining vitse-premyeri etib tayinlandi. 2013-yilning 11-may kuni «Gurjiston Orzusi» koalitsiyasi Giorgi Margvelashvilini oʻz nomidan 2012-yilning 27-oktabrida boʻlib oʻtadigan Gurjiston Prezidenti saylovlariga uning nomzodini qo'ydi. 2013-yil 16-iyulda Margvelashvili saylovoldi kampaniyada aybdorlikni oldini olish uchun Taʼlim Vaziri vakolatidan isteʼfoga chiqdi. Georgi Margvelashvili falsafa, siyosat, madaniyat va xalqaro munosabatlar haqida qator maqolalar va qoʻllanmalar muallifidir. 2013-yil 27-oktabr kuni Gurjiston Prezidenti saylovlarida gʻalaba qozondi va Gurjiston Respublikasi Prezidenti deb e'lon qilindi va 17-noyabrdan Prezidentlik lavozimida rasman ish boshladi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda tugʻilgan Ana ismli qizi bor. Soʻngi yillarda Giorgi Margvelashvili rassom Mako Chichuo bilan yashaydi. Gruzin tilidan tashqari Rus va Ingliz tilini mukammal tarzda biladi.[1]


pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy