Kontent qismiga oʻtish

Kalvinizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kalvinizm — protestantizmdagi yoʻnalishlardan biri. Asoschisi J. Kalvin. Reformatsiya natijasida 16-asrda Jenevada vujudga kelib, Fransiya, Niderlandiya, Shotlandiya, Angliya va boshqa mamlakatlarga tarqalgan. Kalvinizm taʼlimotiga faqat Muqaddas yozuvni tan olish, ilohiy qismatga ishonish, odamlarning najot topishida ruhoniylarning yordami zarurligini inkor etish, xoch va ikonaga sajda qilishni rad etish, cherkov marosimlarini soddalashtirish (ibodat paytida diniy musiqa chalmaslik, sham yoqmaslik, cherkov devorlarida tasvirlar boʻlmasligi) xos. Kalvinizm bir necha tarmoqlarga boʻlinib ketgan. Kalvinizmning hozirgi zamon tarafdorlari — kalvinistlar, reformatlar, presviterianlar, kongregatsionalistlar[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy