Kontent qismiga oʻtish

Katatoniya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ushbu maqola tibbiy atama haqidadir. Musiqiy guruh uchun Katatonia maqolasiga qarang.

Katatoniya (yun. κατατείνω – taranglashish) ruhiy va tayanch-harakat kasalliklari guruhidir.

Katatoniya (yun. katatonos – tarang), katatonik sindrom – kishi ruhiyatining buzilishi, katatoniyaning 2 shakli farq qilinadi: muskullar taranglashib, qotib qolish (katatonik karaxtlik, stupor) hamda harakat va nutq qoʻzgʻaluvchanligi qolati (bunda bemor ashula aytadi, raqsga tushadi, oʻzini har xil alfozga soladi, goh shodlanadi, goh vahimaga tushadi va hokazo). Katatoniya shizofreniya va psixoz sindromi boʻlib, intoksikatsiya, infeksiya yoki bosh miyaning organik zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Katatoniyada es-hush saqlansada unda gallyusinatsiya va alahlash holati kuzatiladi[1].

Katatonik qoʻzgʻolish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bemorda bemaʼni, stereotipli harakatlar bilan qoʻzgaluvchanlik, negativizm va nutq aloqasizligi, ayrim paytlarda esa kutilmagan achchiqligi, buzgʻunchanlik harakatlar, maʼnosiz jahllik, oʻziga shikast yetkazish bilan motorli qoʻzgʻolish kuzatiladi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy