Kontent qismiga oʻtish

Kongress kutubxonasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kongress kutubxonasi (The Library of congress), AQSH Milliy kutubxonasi — jahondagi eng yirik kutubxonalardan biri. 1800-yilda AQSH kongressi tomonidan Prezident T. Jeffersonning kutubxonasi negizida bunyod etilgan. Jahonning 450 dan ortiq tillaridagi 90 mln.dan ziyod bosma nusxa saqlanadi (2002). Asosan, hokimiyat organlari, tadqiqot muassasalari, ilmiy xodimlar, xususiy firmalar va sanoat kompaniyalariga, shuningdek, keng jamoatchilikka xizmat koʻrsatadi. Kongress kutubxonasi universal fondi kuniga 31 ming bosma birlik bilan toʻldiriladi; jahon boʻyicha eng katta haritalar (3 mln.dan ortiq), 3,5 mln.dan ortiq musiqa — nota adabiyotlari, 30 mln.dan ziyod qoʻlyozma materiallar, katta miqdordagi kinofilmlar, mikrofilmlar fondiga ega. AQSH prezidentlari yiqqan kitob toʻplamlari 5,5 mingdan ortiq, xitoy va yapon adabiyotlari, noyob Amerika nashrlari saqlanadi. Kongress kutubxonasi 1500 mingdan ziyod kitobxonga 20 dan ortiq qiroatxonalari orqali xizmat koʻrsatadi. 20-asr boshidan boshlab Amerikadagi 117000 ga yaqin boshqa kutubxonalarni kataloglar bilan taʼminlaydi.

Oʻtgan asr oxirlarida optik disklar va boshqa yangi texnologiya vositalari yordamida "Amerika xotirasi" turkumi yaratila boshlandi, uning yordamida mahalliy kutubxonalar fondlari qad., nashr qilinmagan musiqa, tasviriy, dramatik asarlar, Amerika tarixiga oid kamyob materiallar bilan toʻldiriladi.

21-asrda Kongress kutubxonasi fondi dunyo ilm ahliga (internet yordamida) ochiq holga keltiriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy