Kontent qismiga oʻtish

Korall poliplar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Octocorallia

Korall poliplar, marjon poliplar (lot. Anthozoa)dengiz boʻshliqichlilari sinfi. Koloniya boʻlib, ayrim turlari yakka yashaydi; medoʻza hosil qilmaydi. Koʻpchiligi ohak yoki muguz skeletli. Yakka yashovchi Korall poliplar skeletsiz. Koloniyadagi ayrim individlar silindr shaklida; tanasi asosi bilan koloniyaga yopishib oʻsadi. Yakka yashovchi Korall poliplar tovoni yordamida substratga yopishib oladi. Tovonining qarama-qarshi tomonida joylashgan ogʻzi paypaslagichlar bilan oʻralgan. Gastral boʻshligʻi radial toʻsiklar (mezenteriylar) yordamida kameralarga boʻlingan; ektodermal halqumi ogʻzidan kameralar boʻshligʻiga osilib toʻshadi. Jinsiy va jinssiz koʻpayadi. Jinsiy hujayralari mezenteriy toʻsiqlar endodermasida rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan planula lichinkasi bir oz suzib yurgach dengiz tubiga yopishib, voyaga yetgan polipga aylanadi. Yakka yashovchi aktiniyalar boʻyiga boʻlinib koʻpayadi. Korall poliplar 6 nurlilar va 8 nurlilar kenja sinflariga boʻlinadi. 6000 ga yaqin turi maʼlum. Koloniya boʻlib yashovchi kizil qorall va yakka yashovchi aktiniyalar koʻpchilikka maʼlum.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy