Kontent qismiga oʻtish

Logos

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Logos (yun. logos) — yunon falsafasidagi tushunchalardan biri; dastlab — soʻz, nutq, til; keyinchalik koʻchma maʼnoda — fikr, tushuncha, akl, mazmun, olamiy qonun maʼnosini anglatgan. "L." terminini Geraklit joriy qilgan. L.ni borliqni har tomonlama anglash, uning ritmi va uygʻunligi deb, avval-ibtido olov bilan aynan deb tushungan, dunyoning asosi deb bilgan. L. abadiy, umumiy va zaruriy, hamma narsa L. boʻyicha sodir boʻladi. Platon va Aristotel L.ni ham borliqning qonuni, ham mantiqiy prinsip sifatida tushungan. Aristotel fikricha, ichki L. (hali aytilmagan fikr) va tashqi L. (aytilgan soʻz) mavjud. Stoiklar ham ichki L.ni tashqi L.dan farq qilsalarda, lekin ular L.ga birmuncha bo-shqacharoq mazmun beradilar. Ularning fikricha, L. hamma narsaning ibtidosi boʻlib, barcha narsalar L.dan boshlab rivojlanadi. "L." tushunchasi yahudiylik va xristianlik taʼlimotlarida ham bor. Xristianlikka koʻra, L. shaxs sifatida yerdagi tirik xudo (Iso)dir, xudo bilan bu dunyo oʻrtasidagi vositachidir. Yangi zamon falsafasida "L." tushunchasini Gegel ishlatdi, u L.ni obyektiv tushuncha bilan birday qilib koʻrsatdi va uni "mavjudot akli" yoki "olamiy aql" deb hisobladi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy