Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Nekrasov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nikolay Alekseyevich Nekrasov [1821.28.11 (10.12), Podolsk gubernyasi, Nemirov-Vinnitskiy uyezdi — 1877.27.12 (1878.8.1), Peterburg] - rus shoiri. Yaroslavl gimnaziyasida taʼlim olgan (1832—37), Peterburg universitetida erkin tinglovchi boʻlgan (1839— 40). "Orzular va sadolar" (1840) nomli ilk sheʼrlar kitobi tanqidchilar tomonidan takdidiy sheʼrlardan iborattoʻplamsifatidabaxrlangan. N. 1841-yilda "Literaturnaya gazeta" va "Otechestvennie zapiski" jurnali bilan hamkorlik qilib, ularda hikoya va qissalardan tashqari tanqidiy maqolalar ham eʼlon qilgan. N.ning "Vatan", "Yoʻlda" (1845) sheʼrlari va "Ayoz" dos-toni (1863) da boylar va kambagʻal deh-qonlar hayoti aks etgan.

V. G. Belinskiy va uning maslakdosh doʻstlari N. dunyoqarashida xalqparvarlik qarashlarining paydo boʻlishida muhim rol oʻynadi. Bu hol N.ning "Sovremennik" jurnali noshiri va muharriri boʻlgan vaqtda (1847—66), ayniq-sa, yorqin namoyon boʻlib, mazkur jurnal inqilobiy-demokratik tafakkur minbariga aylandi. N.ning shu davrda yaratgan sheʼrlarida xalqning ogʻir turmushi manzaralari, ziyolilarning ruhiy qayotidagi charchokdik ohanglari oʻz ifodasini topdi. "Sheʼrlar" toʻplami nashr qilingan (1856). Qishloq mavzuidagi "Oʻy", "Kalistrat" sheʼrlari, "Dehqon bolalari" (1861), "Gazlamafurushlar" (1861) dostonlarida shoirning rus dehqoniga muhabbati aks etgan.

N. hayotining soʻnggi oʻn yili "Otechestvennie zapiski" jurnali bilan bogʻliq. N. shu davrda "Rusiyada kim yaxshi yashaydi" (1866—76) dostoni ustida ishladi, dekabristlar va ularning xotinlari toʻgʻrisida dostonlar yezdi ("Bobo", 1870, "Rus ayollari", 1871—72). N.ning soʻnggi sheʼrlarida doʻst-yorlarining olamdan oʻtishi, rus jamiyatidagi tanazzul va oʻzining ogʻir xastalikka yoʻliqqanligi bilan bogʻliq mungli ohanglar ustuvorlik qiladi. Ammo shu bilan birga uning ayrim sheʼrlarida Rossiyaning kelajagiga umid tuygʻulari ham yoʻq emas.

N. ijodida rus ozodlik harakatining V. G. Belinskiy, A. I. Gersen nomlari bilan bogʻliq inqilobiy-demokratik bosqichi oʻz tajassumini topdi. Xalqning mushkul ahvoli, uning ham ijtimoiy tuzum, ham shafqatsiz mulkdorlar tomonidan ezilib, kaddi dol boʻlgani tas-viri N.ning butun ijodi osha "kizil ip" boʻlib oʻtadi. Uning lirik qahramoni xalqning ayanchli ahvolda turmush kechirayotganini koʻrib iztirob chekadi, bu xalqni baxtsaodat manzillariga olib borishga, milliy taraqqiyot dovonlari sari yetaklashga ojizlik kilishini se-zib, yanada eziladi. Lirik qahramon kechinmalaridagi ana shu ojizlik ohangi shoirning xastaligi ogʻirlashgan sayin tobora kuchayib borgan.

N. rus mumtoz sheʼriyatining boshqa buyuk namoyandalaridan birinchi navbatda xalqchilligi, ijodida xalqning umumlashgan obrazi ustuvorlik kilishi bilan farqlanadi. U xalq deganda dastavval mulkdorlar zulmi tufayli xorzor yashayotgan mujiklarni nazarda tutadi, ular hayotining noxush man-zaralarini tasvirlaydi. Ammo shu bilan birga 19-asr oʻrtalarida shakllana boshlagan ilgʻor rus ziyolilarining ijtimoiy qarashlarini ham asarlariga singdirishga, bu ziyolilarni shu xalqning kamchil, ammo peshqadam qismi ekanligini koʻrsatishga urinadi.

Sovet davrida N. ijodida, bir tomondan, 19-asrdagi rus jamiyati hayotidagi salbiy tamoyillar —"turmush prozasi" tasviri ustuvorlik qilgani, ikkinchi tomondan, dekabristlar va ular xotinlarining obrazi katta mexr bilan yaratilgani uchun shoir hayoti va ijodiy faoliyatini oʻrganishga alohida eʼtibor berildi. Ayni paytda na-faqat rus, balki qardosh xalqlar sheʼriyatida ham N. anʼanalarining davom ettirilishi va rivojlantirilishi talab etildi. Oʻzbek shoirlari shunday sharoitda N. ijodiga xos faqat bir fazilat — xalqchillikdan ibrat olishga harakat qildilar. N. asarlarining oʻzbek tiliga asosiy tarjimoni Mir-temir shu masalada rus shoiri anʼanalarini rivojlantirib, oʻzbek sheʼriyatining milliy oʻziga xosligini taʼminlashga ulkan hissa qoʻshdi.

N. asarlari oʻzbek tiliga Mirtemir, Zulfiya va boshqa shoirlar tomonidan tarjima qilingan.

  • Asarlar [2 j.lik], T., 1971.
  • Jdanov V. V., Jizn Nekrasova, M., 1981.

Naim Karimov.



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy