Kontent qismiga oʻtish

Pan Gi Mun

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Pan Gi Mun
반기문
BMTning 8-bosh kotibi
Mansab davri
2007-yil 1-yanvardan – 2016-yil 31-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Kofi Annan
Vorisi António Guterres
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 13-iyun 1944-yil (1944-06-13) (80 yosh)
Chxonjin, Janubiy Koreya
Mukofotlari
Hurmatli legion ordeni
Hurmatli legion ordeni
Fuqarolik xizmatlari uchun ordeni (Ispaniya)1-darajali Doʻstiq ordeni

Pan Gi Mun (hangul: 반기문, hanja: 潘基文; 13-iyun, 1944) Birlashgan Millatlar Tashkilotining sakkizinchi bosh kotibi. Bu mansabga Kofi Annandan soʻng, 2007-yili saylangan. Bungacha u Koreya Respublikasi Tashqi Ishlar va Savdo Vazirligida diplomat boʻlib ishlagan. Diplomatlik karyerasini universitetni bitirgan yiliyoq Hindistonda boshlagan. 2004–2006-yillarda Pan Tashqi Ishlar Vaziri boʻlgan.

2006-yil 13-oktyabrda Pan Gi Mun BMT Bosh Assambleyasida bosh kotib etib saylandi. 2007-yil yanvarida Annan mansabdan ketdi, uning oʻrnini Pan egalladi. Pan bu mansabda Darfur ziddiyatini hal qilishga harakat qildi, Umar al-Bashirni mintaqaga tinchlikparvar qoʻshinlar kirgizishga koʻndirdi; global issiqlashuv muammosini yechish ustida ishladi, bunda u AQShning sobiq prezidenti George W. Bush'ga muntazam ravishda bosim oʻtkazishga harakat qildi. Biroq Pan Gi Mun tanqid ham qilindi: BMT Ichki Nazorat Xizmati uni BMT ahamiyatining susayishida aybladi.[1]

2011-yili Pan bosh kotib martabasiga ikkinchi marotaba nomzodini qoʻydi. 2011-yil 21-iyunida u bir ovozdan bosh kotib etib qayta saylandi, u bu mansabda 2016-yil 31-dekabrigacha qoladi.[2][3]

  1. „Ahlenius End of Assignment Report“. Foreign_Policy (2010-yil 14-iyun). Qaraldi: 2011-yil 16-yanvar.
  2. „General Assembly appoints Ban Ki-moon to second term as UN Secretary-General“. UN News Service (21-iyun 2011-yil). Qaraldi: 21-iyun 2011-yil.
  3. Louis Charbonneau.. „U.N. assembly approves second term for U.N. chief Ban“. Reuters (21-iyun 2011-yil). 2011-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2011-yil.


pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy