Kontent qismiga oʻtish

Parij milliy kutubxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Parij milliy kutubxonasi — jahondagi eng qad. va yirik kutubxonalardan biri; Parij shahrida joylashgan. 1480-yilda Qirollik kutubxonasi sifatida asos solingan; 1795-yilda Konvent tomonidan milliy kutubxona deb eʼlon qilingan. Parij milliy kutubxonasik.da 12 boʻlim va 5 milliy markaz (bibliografiya, kitob ayirboshlash va boshqalar) faoliyat koʻrsatadi. Fondida koʻp qismi noyob va nodir nashrlar boʻlgan 300 mingdan ziyod qoʻlyozmalar saqlanadi, 6 mln. gravyura va estamplar, 500 ming nomdan ortiq davriy nashrlar, 800 ming kartinalar, 450 ming medal va tangalar va boshqa bor. Fransiya tarixi bilan bogʻliq koʻp sonli adabiyotlar va hujjatlar, taniqli fransuz siyosiy arboblari, olim va yozuvchilari dastxatlarining nodir toʻplami, 19-asr fransuz ensiklopedistlarining boy toʻplamlari mashhur.

Parij milliy kutubxonasik. fondidagi Vatan nashrlari 1537-yildan kutubxona oladigan mamlakat bosma nashrining majburiy nusxasi asosida yigʻiladi, xorijiy nashrlar bilimlarning barcha sohalari boʻyicha (koʻp qismi adabiyot, tarix va sanʼat boʻyicha ixtisoslashgan) umumiy xusu-siyatga ega boʻlgan ishlardan iborat.

Parij milliy kutubxonasik. 1839-yildan sistemali katalogni muntazam yuritadi, 1850-yildan uning alohida qismlari bosma kataloglar koʻrinishida chiqa boshlagan.

Jumladan, 1897-yildan "Milliy kutubxona bosma kitoblarining bosh katalogi. Mualliflik turkumi" nashr etiladi. Mualliflarning ismi, familiyasi, ular yashagan sanalar, asarlari nashr qilingan tillari boʻyicha tuzilgan avtomatlashtirilgan maʼlumotlar bazasini ishlab chiqqan.

1996-yilda Fransua Mitteran saydi tuzilgan, unda 200 mingdan ortiqjild ensiklopediyalar toʻplami yigʻilgan; 1998-yilda audio-video hamda bosma asarlar zamonaviy elektron saydga kiritilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy