Kontent qismiga oʻtish

Prometiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
61
Прометий
Pm
(145)
4f56s2

Prometiy (Prometium), Pm — Mendeleyev davriy sistemasining III guru-higa mansub radioaktiv kimyoviy element, lantanoidlarga kiradi. Tartib raqami 61, eng uzoq mavjud boʻluvchi izotopining massa soni 145. Suyuqlanish temperaturasi 1080°, zichligi 7,26 g/sm³. 16 ta izotopi maʼlum. Prometiy tabiiy sharo-itda topilmagan, yadro reaksiyalarida olinadi. Ilk bor 1947-yilda amerikalik olimlar Prometiy Marinskiy va Prometiy Glen-denin boshqa elementlarning radioaktiv izotoplari aralashmasidan bir necha mg|47Rt izotopini ajratib olganlar. Prometiy afsonaviy bahodir Prometey nomi bilan atalgan. Kimyoviy xossalariga koʻra neodimga yaqin. Birikmalarida 3 valentli. Oksidlari bor. Atom bombasi portlaganda hosil boʻladigan l47Pm uzoq mavjud boʻluvchi (T1/2=2,7 yil) radioaktiv zaharli modda. Prometiyning oksidi Rt2O3, sariq rangli xloridi PmCIj, qizgʻish rangli nitrati Pm(NO3)3, shuningdek, oksalati Rt2(S2O4)3-10N2O sof holda olingan. Erimaydigan gidroksidi Rt(ON)3 och-jigarrang jelatinasimon qoldiq. 247Rt — katta amaliy ahamiyatga ega. Bu izotopning r - parchalanishi u - nurlanish (yuqori dara-jada kirishuvchan) natijasida roʻy bermaydi. Shu sababli 247Rt bilan ishlaganda himoya ekrani zarur emas. 247Rt lyuminoforlar tayyorlashda, davomli taʼsir etuvchi nur manbalari hosil qilishda qoʻllanadi, radioizotop qalinlik oʻlchagichlarda ishlatiladi. 247Pm asosida bir necha yil ishlaydigan mitti atom batareyalari yasash mumkin.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy