Kontent qismiga oʻtish

Pxenyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

PxenyanKoreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) poytaxti. Tedongan daryosi boʻyida, 300 m balandlikda. Iqlimi mussonli moʻʼtadil iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —8,2°, iyulniki 24°. Yillik yogʻin 922 mm. Axrlisi 2,6 mln. (1990-yillar oxiri). Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan.

P. — Koreyaning qad. shaharlaridan. 4-asrda shahar oʻrnida qalʼa boʻlgan. 427— 668 yillarda Koguryo davlatining poytaxti. 10—14-asrlarda P. Sogyon deb atalgan. 1905—45 yillarda yaponlar qoʻl os-tida boʻlgan. 1948-yil 9-sentabrda P.da KXDR tuzilganligi eʼlon qilingan. 1950—53 yillardagi urush vaqtida bu-tunlay vayron boʻlgan. Urushdan keyin qayta tiklanib, zamonaviy shaharga aylangan.

P. mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Atrofidagi shaharlar bilan yirik sanoat rayonini tashkil qiladi. Qora va rangli metallurgiya, koʻp tarmoqli mashinasozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik (KXDR da eng yirik kombinat), oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Poyabzal, farmatsevtika, chinni-fayans, yogʻochsozlik korxonalari ishlab turibdi. Is-siqlik elektr styasi, metropoliten qurilgan. Fanlar akademiyasi, universitet, teatrlar, konservatoriya, muzeylar, badiiy galereya bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan minora, qalʼa darvozalari, maqbaralar, pago-dalar saqlangan, bogʻ koʻp.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy